calendar 28 Jun 17:07
eye 78
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Chet tilidan sertifikat olgan yoshlar qo‘shimcha moddiy rag‘batlantiriladi

image

Xorijiy tillardan kamida C1 yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi sertifikat olgan yoshlar 1 mln 20 ming so‘m miqdorida qo‘shimcha moddiy rag‘batlantiriladi. Bu haqda kecha, 27 iyun kuni qabul qilingan “Yoshlarni xorijiy tillarga o‘qitish tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarorida so‘z boradi. 

Qarorga ko‘ra, imtihon topshirish xarajati qoplanadigan xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha ingliz, nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillaridan kamida C1 yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi sertifikat olgan yoshlarni imtihon topshirish xarajatlarini kompensatsiya qilishga qo‘shimcha ravishda o‘qish xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari (1 mln 20 ming so‘m) miqdorida bir martalik moddiy rag‘batlantirish tizimi joriy etiladi.

Shuningdek, 2024 yil 1 sentyabrdan 2027 yil 1 yanvargacha yoshlarning nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillari bo‘yicha xalqaro imtihon tizimlarida imtihon topshirish xarajatlari qoplab berilishi uchun ular tomonidan to‘planishi lozim bo‘lgan ballning (sertifikat darajasining) minimal ko‘rsatkichi bir pog‘ona pasaytiriladi.

Bundan tashqari, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining sinf xonalarini ta’lim jarayonidan bo‘sh vaqtda kasb-hunar va xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini amalga oshirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida tekin foydalanish huquqi bilan xususiy o‘quv markazlariga berishga ruxsat etiladi. Bunda tegishli umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ro‘yxati Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jul 15:59
 
90
0
qalampir.uz

Farg‘onadagi YTHda 74 yoshli haydovchi vafot etdi

Kecha, 26 iyun kuni Farg‘ona viloyatida “Vaz-2106” rusumli avtomobil haydovchisi Cobalt’ga urilishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi xabar berdi. Qayd etilishicha, soat 14:30 larda 1950 yilda tug‘ilgan haydovchi N.E. “Vaz-2106” rusumli avtomobilida 4R-112 “Farg‘ona halqasi” avtomobil yo‘lining 228-kilometrida qayrilib olish joyida o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan 1987 yilda tug‘ilgan hayd

15 Jul 12:03
 
130
0
xs.uz

Toshkentda ayrim koʻchalar yopildi

Qoʻyidagi yoʻllarda qurilish taʼmirlash ishlari olib borilishi sababli transport vositalarining harakati cheklanadi:'

19 Jul 15:51
 
56
0
qalampir.uz

Yil boshidan beri o‘tkazilgan tender savdolarining yarmidan ko‘pida raqobatga zid harakatlar aniqlandi

2024 yilning yanvar-iyun oylari davomida davlat buyurtmachilari tomonidan  tovar, ish, xizmat va qurilish sohalarida o‘tkazilgan boshlang‘ich qiymati 6,065 trln so‘mlik bo‘lgan 9 322 ta tanlov (tender) savdolari yuzasidan olib borgan tahlillar natijasida 5 153 ta (55,2 %) savdo jarayonida 6 611 ta raqobatga zid harakatlar aniqlandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi ma’lum qildi. B

24 Aug 17:26
 
9
0
xs.uz

Oʻzbekistonda sholi yetishtiruvchilarga imtiyozli kreditlar ajratiladi

Oʻzbekistonda 2024-yil 1-sentyabrdan fermer, dehqon xoʻjaliklari hamda boshqa mahsulot yetishtiruvchilarga sholi yetishtirish va xarid qilish xarajatlarini moliyalashtirish uchun prezident qarorida belgilangan shartlarda imtiyozli kreditlar ajratiladi. Bu haqda 'Sholi yetishtiruvchilar faoliyatini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi prezident qarorida belgilandi.Qarorga koʻra, 2025'2026-yillarda sholi ekish uchun xarid qilingan va ishlab chiqarilganiga bir yi