calendar 27 Jun 20:29
eye 88
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Sirdaryoda 3 kishi gazdan zaharlandi. Qurbon bor

image

“Sirdaryo suv ta’minoti” AJ Guliston shahar filialining 3 nafar xodimlarida noma’lum zaharlanish holati kuzatildi. Bu haqda “O‘zsuvta’minot” AJ xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 27 iyun kuni soat 10:00 da Sirdaryo viloyatining Guliston shahri “Bog‘ishamol” MFY Guliston ko‘chasida joylashgan 5-oqova suv haydash nasosining stansiyasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga tezkor murojaat  kelib tushgan. Unga ko‘ra, mazkur ob’ektda “Sirdaryo suv ta’minoti” AJ Guliston shahar filialining 3 nafar xodimlarida noma’lum zaharlanish holati kuzatilgani va ahvoli og‘irlashgani haqida xabar berilgan. 

Olib borilgan o‘rganishlar natijasida ularning biri H.I. vafot etgan va qolgan ikki nafar xodim Z.B. hamda X.A. viloyat shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Shifokorlarga ko‘ra, ularning ahvoli o‘ta og‘ir darajada.

“Holat yuzasidan tegishli idoralar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganish yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi. “O‘zsuvta’minot” AJ jamoasi marhumning yaqinlariga chuqur hamdardligini bildiradi”, deyilgan xabarda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jul 16:55
 
58
0
qalampir.uz

Fuqarolarni noqonuniy yo‘llar bilan AQSHga jo‘natmoqchi bo‘lganlar ushlandi

O‘zbekistonning turli hududlarida o‘tkazilgan tadbirlarda AQSHga noqonuniy yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Namangan shahrida yashovchi 32 yoshli shaxs Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida istiqomat qiluvchi 1997 yilda tug‘ilgan fuqaroni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali “Toshkent-Istanbul-Madrid-Tixuana” yo‘nalishida AQSHga yuboris

17 Jul 17:35
 
83
0
xs.uz

Yangi tegirmon bloki ishga tushirildi

'Kokpatas va Dovgistov oltin konlarida maʼdan qazib olish (III navbati)' investitsion loyihasi ishlab chiqarish hajmini oshirishda katta ahamiyatga ega. Uning umumiy qiymati 281 million dollarni tashkil etadi. Ushbu loyihani amalga oshirishda Shimoliy kon boshqarmasiga qarashli 3-gidrometallurgiya zavodida yiliga 1million tonna oltin tarkibli maʼdanni qayta ishlash quvvatiga ega yangi tegirmon bloki ishga tushirildi.' Mazkur loyiha doirasida flotatsiya, biooksidlash, filtrlash, quritish va kuy

27 Jul 17:40
 
93
0
qalampir.uz

“Qamchiq”da Mercedes-Benz Sprinter va 3 ta yuk avtomobili ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Bugun, 27 iyul kuni “Vodiy-Toshkent” yo‘lida Mercedes-Benz Sprinter va 3 ta yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, voqea soat 05:00 larda “Qamchiq” dovoni hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining 247-kilometrida yuz bergan. 1983 yilda tug‘ilgan haydovchi A.K. CAMC rusumli yuk avtomobilida harakatlanayotib, ehtiyotsizlik sabab o‘zi bilan bir yo‘nalis

26 Jul 10:21
 
24
0
xs.uz

Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali'muloqot qildi.Turkmaniston milliy yetakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, mustahkam sogʻlik va farovonlik, qardosh Oʻzbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.Oʻzbekiston bilan Turkmaniston oʻrtasidagi koʻp qirrali, doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik