calendar 27 Jun 15:57
eye 62
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Begona ayolning belidan ushlab, tegajog‘lik qilgan tarvuz sotuvchisi qamaldi

image

Toshkent shahrida xaridor ayolning tanasidan ushlab, unga tegajog‘lik qilgan erkak qamaldi. Bu haqda Oliy sud portalida ma’lum qilindi.

Keltirilishicha, holat joriy yilning 25 iyun kuni poytaxtning Chilonzor tumani Algoritm mavzesi Zargarlik ko‘chasida sodir bo‘lgan. Tarvuz sotuvchisi 33 yoshli U.I. mast holatda o‘ziga notanish bo‘lgan xaridor ayolning belidan past qismini qo‘li bilan ushlab, shahvoniy shilqimlik harakatlarini qilgan.

O‘tkazilgan sud jarayonida huquqbuzar erkak o‘zining yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan holatdagi aybiga iqrorligini, hozirda qilmishidan pushaymonligini, bundan keyin bu kabi harakatlarni sodir etmasligini bildirib, suddan unga nisbatan yengillik berishni so‘ragan.

Sud  U.I.ga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 41-1-moddasining 1-qismiga asosan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi va 194-moddasining 1-qismiga asosan BHMning 10 baravari miqdorida, ya’ni 3,4 million so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlangan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jan 00:53
 
32
0
xs.uz

Gazni uy isitish va ovqat pishirishga ishlatib yuboradigan xalqning kosasi oqarmaydi – Alisher Qodirov

Deputat Alisher Qodirov yashil energetikaning istiqbollari haqidagi postida gazni uy isitish va ovqat pishirishga ishlatib yuboradigan xalqning kosasi oqarmasligini bildirdi. 'Milliy tiklanish' partiyasi rahbari bu haqda oʻzining 'Telegram' kanalida yozib qoldirgan.'Gaz qimmat resurs, 1 kub gazdan 10 ga yaqin yuqori qiymatli, eksportbop mahsulot ishlab chiqarish, xorijga sotish va uning puliga millionlab qorakoʻzlarimizga ish oʻrni yaratish mumkin', ' deydi deputat.Bundan tashqari, partiya ra

31 Jan 15:20
 
33
0
xs.uz

Intiluvchan yigit qay tariqa niyatiga yetdi?

Istam IBROHIMOV/'Xalq soʻzi'. Vobkentdagi kasb-hunar kollejini tugatgan Abdurahmon Ahmedov zarurat yuzasidan savdo doʻkonlariga kirar ekan, peshtaxtalar xorijiy mahsulotlar bilan toʻlaligini koʻrib, oʻz-oʻziga 'Nahotki, bolalar oʻyinchoqlari, qoʻyingki, oddiy paypoqni ham oʻzimizda ishlab chiqarish imkoni boʻlmasa?' deya savol berardi.Unda shu tariqa qishloqda paypoq ishlab chiqaradigan chogʻroq korxona ochish niyati tugʻildi. Maqsad-ku yaxshi. Ammo uni roʻyobga chiqarish anoyi ish

27 Jan 00:53
 
39
0
xs.uz

270,3 million yoʻlovchi… Toshkent metropolitenidan foydalanish 57 foizga oshdi

2024-yilda Toshkent metropolitenida jami 270,3 million nafar yoʻlovchi tashildi. Bu haqda Statistika agentligi maʼlumot berdi. Ushbu koʻrsatkich 2023-yil bilan solishtirilganda 98,3 million nafar yoki 57,2 foizga oshgani qayd etilgan.Metropolitenda yoʻlovchilar oqimi oxirgi yillarda izchil oʻsish tendensiyasini koʻrsatmoqda. Agar 2020-yilda faqat 38,8 million nafar yoʻlovchi tashilgan boʻlsa, 2021-yilda bu raqam 101,8 millionga yetdi. 2022-yilda esa 136,7 million yoʻlovchi xizmatdan foy

31 Jan 15:20
 
48
0
xs.uz

Andijonda fevral oyi “Zahiriddin Muhammad Bobur oyligi” deb eʼlon qilindi

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov viloyatda yashab ijod qilayotgan bir guruh ijodkorlar, maʼnaviyat maʼnaviyat va maʼrifat fidoyilari bilan uchrashdi. Unda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542'yilligini munosib nishonlash, shu bilan birga viloyatda maʼnaviyat, maʼrifat, ayniqsa, adabiyot sohasida keng koʻlamdagi ishlarni amalga oshirish yuzasidan fikrlar almashildi.' Maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu bo