calendar 25 Sep 13:14
eye 47
comments 0
comments Manba: xs.uz

Urganchda texnopark qurilishiga start berildi

image
Odilbek ODAMBOYEV/'Xalq soʻzi'. Xorazm viloyatining Urganch tumanida elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan texnoparkda dastlabki investitsiya loyihalari qurilishiga start berildi. Shu munosabat bilan oʻtkazilgan tadbirda Xorazm viloyati hokimligi, 'Oʻzeltexsanoat' uyushmasi rahbariyati, 'Eltech Industrial' texnoparki, loyiha tashabbuskorlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

' Hududlarda ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish, xorijiy kompaniyalarni keng jalb etish, eksport salohiyatini oshirish, yangi ish oʻrinlari tashkil etishga qaratilgan bu kabi yirik sanoat majmualari bugun mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim 'drayveri'ga aylanib bormoqda, ' deydi 'Eltexsanoat' uyushmasi raisi oʻrinbosari Jahongir Jamalov. ' Prezidentimizning 2024-yil 10-yanvar kuni qabul qilingan 'Elektrotexnika sanoatining ishlab chiqarish va eksport salohiyatini yanada oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi qarori asosida 'Eltech Industrial' texnoparki faoliyati kengaytirilib, Fargʻona va Xorazm viloyatlarida uning alohida filiallari tashkil etildi va bugungi kunda ushbu loyihalarning qurilish-montaj ishlari davom etmoqda.

Shuningdek, Prezidentimiz raisligida joriy yil 5-sentyabr kuni oʻtkazilgan elektrotexnika sohasida ishlab chiqarish, eksport va investitsiya hajmini koʻpaytirish masalalari muhokamasiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida texnoparklarning yondosh yoʻnalishlardagi korxonalar bilan sanoat kooperatsiyasi asosida rivojlantirilishi taʼkidlangan edi. Buning uchun Ohangaron, Fargʻona, Qarshi va Urganch shaharlaridagi texnoparklarda kompozit materiallar, metall va plastmassaga ishlov berish, qoliplar ishlab chiqarish, qadoqlash kabi yondosh soha korxonalariga 10 gektargacha joy ajratilishi va bu yoʻnalishdagi aniq loyihalar uchun 'tayyor bino' qurilib, sanoat ipotekasi shartlarida kredit hisobiga tadbirkorlarga berilishi belgilab qoʻyildi. Endilikda ushbu korxonalarga elektrotexnika korxonalari kabi mol-mulk va foyda soligʻidan 50 foizgacha imtiyoz berilishi ham koʻzda tutilgan.



' Urganch tumanida barpo etilayotgan texnoparkning umumiy maydoni 4 gektarni tashkil qilib, uni infratuzilma bilan taʼminlash boʻyicha manzilli dastur tasdiqlangan va dastlabki 2 ta loyihaning qurilishiga start berildi, ' deydi Xorazm viloyati hokimining oʻrinbosari Anvar Davletov. ' Jumladan, loyiha qiymati 4,5 mln dollar boʻlgan 'Mega Elektro apparat elektroshit' korxonasi tomonidan yiliga 10 ming tonna kabel-sim mahsulotlari ishlab chiqarilib, 60 ta yangi ish oʻrinlari yaratiladi, 2 mln dollarlik mahsulot ekosportga yoʻnaltiriladi. Qiymati 2 mln dollarlik 'Har xil turdagi suv tozalash filtrlarini ishlab chiqarish' loyihasi 'Eko Qoʻmpani Ilmiy Ishlab-Chiqarish' MCHJ tomonidan amalga oshiriladi. Uning yillik quvvati 1 mln dona hisoblanib, qoʻshimcha 70 ta ish oʻrni yaratiladi, qariyb 1 mln dollarlik mahsulot xorijga eksport qilinishi koʻzda tutilgan. Ushbu loyihalar 'Oʻzeltexsanoat' uyushmasi tomonidan loyiha tashabbuskorlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Tasdiqlangan bosh rejaga koʻra, texnopark hududida ijtimoiy infratuzilma obyektlari davlat-xususiy sherikchilik asosida joylashtirilishi ham koʻzda tutilgan. Albatta, bu ishlarni amalga oshirishda kadrlar masalasiga ham alohida ahamiyat beriladi. Bunda, birinchi navbatda, Texnopark hududida dual taʼlim asosida mutaxassislar tayyorlash, malakasini oshirish uchun monomarkazlar va oʻquv xonalari, laboratoriyalar tashkil etilishi rejalashtirilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

10 Oct 10:27
 
38
0
xs.uz

Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni roʻyxatga olish boshlandi

2025-2026-oʻquv yilida Amir Temur nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga bakalavriat taʼlim yoʻnalishi kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha nomzodlarni saralab olish uchun talabgorlarni roʻyxatga olish boshlandi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar my.uzbmb.uz sayti orqali joriy

09 Oct 12:39
 
44
0
xs.uz

“Oʻzgidromet” 9-oktyabr kuni qanday ob-havo kutilayotganini maʼlum qildi

Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-14 daraja, kunduzi 26-28 daraja boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Ustyurtda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 24-29 daraja boʻladi.Buxoro va Navoiy viloyatla

10 Oct 08:14
 
34
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Buxoro aeroporti qurilishiga oid taqdimot bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-oktyabr kuni Buxoro xalqaro aeroporti qurilishiga oid taqdimot bilan tanishdi.Mamlakatimizda aeroportlarni modernizatsiya qilish boʻyicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. Shu yilning oʻzida Shahrisabz, Qoʻqon va Zomin aeroportlari ishga tushirildi, Namangan va Andijonda esa modernizatsiya boshlandi.Aeroportlar boshqaruviga xususiy sektor jalb qilinayotgani ham oʻz samarasini berayapti. Xususan, Samarqand xalqaro aeroporti xususiy boshqaruvga berilib, moderniza

01 Nov 21:29
 
18
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyevga Navoiyda rejalashtirilgan 12 ta yangi investitsiya loyihalari taqdimot qilindi

Davlatimiz rahbari Navoiy viloyatida rejalashtirilgan yangi investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.Keyingi yetti yilda viloyatga 3 milliard 500 million dollardan ortiq investitsiyalar jalb etilgan. Ularning natijasida 64 ming 700 ta ish o'rni va yiliga 1 milliard 200 million dollarlik eksport imkoniyati yaratilgan. Bu yil 2 milliard 100 million dollarlik 577 ta loyiha amalga oshirilmoqda.Bu ishlar izchil davom ettirilib, xorijiy investor va mahalliy tadbirkorlar tomonidan umumiy qiymat