calendar 27 Jun 12:33
eye 135
comments 0
comments Manba: postda.uz

Muomala madaniyati – xodimning ma’naviy qiyofasi

image

Muomaladan inson, avvalo, qurol sifatida foydalanadi. Agar kishi xushmuomala bo‘lsa, u doimo qurollangan kishidek shasht bilan shaxdam yuradi. Xushmuomalalik to‘nini kiyib, xasisni pul bilan, takabburni sipolik bilan, ahmoqni tantilik bilan, dononi esa haqiqat bilan yengib ketaveradi.

Muomala – qalqon. Undan qalqon sifatida foydalanish uchun oldin aqlga ishora qilish kerak bo‘ladi. Adovatni adovat bilan bartaraf qilib bo‘lmaydi, uni faqat adovatsizlik bilan bartaraf etish mumkin. 

Nodonlik alomati besabab janjalkashlik: aqlli, dono odam nodon bilan adi-badi aytishmaydi. Bosiqlik, vazminlik va xushmuomalalik bilan vaziyatdan chiqish muomaladan qalqon sifatida foydalanish bo‘ladi. 

Muomala – kalit. Oqil-u donolik bilan qilingan muomala yopiq eshiklarni ochadi. Yaxshi gapga ilon inidan chiqadi, deydi xalqimiz.  

Muomala – odob. Agar inson odob bilan muomala qilsa, boshqalarda yaxshi taassurot qoldiradi. Yoqimli so‘zlang, lekin xusho­madgo‘ylik qilmang, qahramon bo‘ling, lekin maqtanmang, saxiy va hotam bo‘ling, lekin nomunosib benomuslarga emas, dadil bo‘ling, ammo qo‘pol va surbet bo‘lmang. 

Muomala – do‘st. Yaxshi muomalada bo‘lgan kishining albatta do‘stlari ko‘p bo‘ladi.

Muomala – yaxshilik. Ichki ishlar xodimida birovlarga yaxshilik qilish imkoniyati ko‘p. Albatta bundan noqonuniy ishlar mustasno bo‘lishi kerak. Qancha yaxshilik qilsam, birontasi buni bilmayapti-ya, deb nolimang. Chunki buyam savob. Xayr-ehsonga teng savob yo‘q. Osmonda qushning, suvda baliqning izi ko‘rinmaydi. Yaxshilik qiling suvga tashlang, bilsa baliq, bilmasa Xoliq biladi, degani shundan.

Muomala – til. Boyning ham, hukmdorning ham, bolami, keksami, zohid-u donomi, ayol kishimi yo tentakmi hammasining «tili»ni topa bilgan odam chinakam oqildir.

Muomala – so‘z. Inson ruhini hech bir narsa so‘zchalik ko‘tara olmaydi. Bu dunyoda odam ikkita fazilati bilan go‘zal ko‘rinadi: qo‘pol so‘zlamasa va arzimagan narsaga ortiqcha baho bermasa. Bilingki, odamzodning nomayi a’molini so‘zi belgilaydi, uning asosi so‘zdir, so‘zdan yaralgan. So‘zda aldagan odam hamma sohada va har qanday yo‘l bilan aldaydi. 

Muomala – tadbir. Xushmuomala kishining ishi tez bitadi. Muomala durust bo‘lmasa, bitayot­gan ish ham teskari ketadi. Ilojsiz ishlarning iloji yo‘q, imkoni bor narsaning iloji bor. Arava suvda suzmaydi, kema quruqlikda yurmaydi.  

Muomala – taqdir. Biling, ichki ishlar organlari xizmatida xavf bor, xatar bor. Ammo siz bundan sira cho‘chimang. Agar mingta o‘q tegsa ham, ajali yetmagan odam o‘lmaydi. Vaqti soati yetgan bo‘lsa, cho‘pga qoqilib ham jon berish mumkin. Yaxshi muomalali kishilarning ishga kirayotgan paytda suhbat jarayonida rahbariyatga ma’qul kelishi, yomon muomalada bo‘lganlarning ostonadan qaytib ketayotgani haqida ijtimoiy tarmoqda misollar juda ko‘p.

Muomala – ko‘zgu. Ko‘zgudan yuzingiz ko‘rinadi. Lekin muomala ko‘zgusidan fe’lingizdagi nuqsonlarniyam ko‘rasiz.

Bir turli insonlar borki, ular yuqori mansabdagilarga yetti bukilib salom beradi-yu, ammo o‘zidan past lavozimdagilarni nazar-pisand qilmaydi. Ularga g‘o‘ddayib, qo‘pol muomala qiladi. 

Yana bir toifa kishilar (afsuski, xodimlar orasidayam uchrab turadi) borki, kichik bo‘lsa-da, o‘zidan yoshi kattalarga salom bermay o‘tib ketaveradi. Ularga tanbeh ham kor qilmaydi. Albatta bunday beadablar, avvalo, oilasida tarbiya ko‘rmagan bo‘lishadi. Shuning uchun ular fe’lini bilgan tarbiyali kishilar ularga salom berib o‘ti­shadi. 

Qadimda bir insonning darvozasi oldiga qo‘shnisi har kuni bir chelak chiqindisini qo‘yib ketar ekan. Bu odam esa, evaziga bir chelak olmani qo‘shnising darvozasi oldiga qo‘yib kelaveribdi.

Bu hol bir oydan ziyod davom etgach, axlatchi qo‘shni jahl bilan kelib, «Ey, siz qanaqa odamsiz, men sizni yomon ko‘rganimdan har kuni darvozangiz oldiga chiqindi qo‘yib ketsam, siz olma qo‘yib kelasiz, bu nima, ustimdan kulyapsizmi?», debdi. Shunda «Nima qilay, qo‘shni, har kim o‘zida borini beradi-da», deb javob bergan ekan.

Qissadan hissa shuki, egnidagi formasigami yoki o‘tkinchi lavozimiga mahliyo bo‘lgan ayrim xodimlar hamkasblariga salom bermay, fuqarolarga o‘dag‘aylab, balki o‘zida borini ko‘rsatayotgandir. O‘z navbatida ma’naviyatli, ma’rifatli xodimlar odob-axloqi, xushmuomalasi va xushfe’lligi bilan avvalo, ota-­onasiga, xizmat qilayotgan idorasiga rahmatlar olib kelishyapti. 

Xushmuomalalik to‘g‘risida xalqimizda «Bug‘doy noning bo‘lmasayam, bug‘doy so‘zing bo‘lsin», «Tosh otganga osh ot» kabi maqollar bor.

Albatta, bugun internet asri, g‘arb tarbiyasi eshiklardan emas, quloqchinlardan yoshlar ongiga kirib kelayotgan bir paytda milliy tarbiyamiz kitoblar qatida, tokchalarda qolib ketayotgani tufayli ayrim yoshlarning muomala odobida bir qator nuqsonlar sezilmoqda.

 Bunga g‘arb adabiyotini o‘qib, ulardan faqat o‘z manfaatiga xizmat qiladigan, «Boshqalar bilan ishing bo‘lmasin, o‘zingning ishing bitsa bo‘ldi» qabilidagi «yoqimli» o‘gitlarni o‘zlashtirib olayotgani ham sabab bo‘lishi mumkin. Masalan, mashhur Deyl Karnegining «Qanday qilib ko‘proq do‘stga ega bo‘lish va odamlarda yaxshi taassurot qoldirish mumkin?» degan asarini o‘qigan kishi undan «Yengilning ostidan, og‘irning ustidan o‘tish, o‘z manfaati amalga oshishi uchun miyig‘ida soxta kulgular yasash, asosan to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri bo‘lsin, xo‘jayinlarning gapini ma’qullash, qanday qilib bo‘lmasin, o‘z ishini bitirib olish taktikasini o‘rganadi, xolos. 

Sharq falsafasi esa unday emas. Olganing emas, berganing o‘zingniki, deydi. Bajartirganing emas, bajarganing seniki. Bu amallarni esa oshkora emas, xufyona bajar, hatto o‘ng qo‘ling berganini chap qo‘ling bilmasin, deydi. «Buyuk yoki e’tiborli bo‘lmoqni istasang mayli, lekin o‘zni baland tutma, kamtar bo‘l», deydi buyuk mutafakkir Sa’diy Sheroziy.

Manmanlik, kibr-u havo 

qilmasin boshingni band,

Baland bo‘lmak istasang, 

tutmagin o‘zni baland.

Muxtasar aytganda, muomala madaniyati xodimning ma’naviy qiyofasini belgilaydi. Ma’naviy qiyofa esa kitob o‘qish, bilim olish, ko‘rgan-bilganlardan xulosa chiqarish orqali shakllanadi. 


Shuhrat Ro‘ziyev,

o‘z muxbirimiz.



Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
44
0
postda.uz

БОРИ ЭЛГА ЯХШИЛИҒ ҚИЛҒИЛКИ, мундин яхши йўқ

Бир қўшиқ тарихиЎзбекистонда хизмат кўрсатган санъат арбоби, таниқли режиссёр Мақсуд Юнусов ўзи суратга олаётган «Бобур» видеофильми учун қўшиқ ижро этадиган хонанда излаб юрган кезлари. Бир куни танишларидан бири унга: «Бугун Олтиариқдан «Ёшлар куйлаганда» концерт да

20 Mar 12:50
 
12
0
postda.uz

СЕҲРЛИ МУСИҚА ВА ЧИРОЙЛИ ОВОЗ

Анъанага кўра, жорий йилнинг 22 февраль куни ИИВ Маданият саройида Алоҳида намунали-кўргазмали оркестрнинг “Халқ манфаатлари йўлида хизмат қиламиз” деб номлаган ҳисобот концерти бўлиб ўтади.Бадиий раҳбар ва бош дирижёр, подполковник Муқимжон Маҳмудов бошчилигидаги жам

20 Mar 12:50
 
23
0
postda.uz

NAHOTKI, TO‘G‘RI O‘G‘RIGA SHERIK BO‘LSA...

Ona tilim – jon-u dilimYaqinda Germaniyada yashayotgan qizinikida bir muddat mehmon bo‘lib kelgan akamizdan safar taassurotlarini so‘raganimizda shunday dedi:– Nemis o‘qituvchilari hayot tarzi haqida gapirar ekan, ular chetdan borib ishlayotganlarga: «Sizlar farzandlaringiz bilan uyda bemalol o‘z tilingizda gaplashavering, ammo nemis tilini bolangizga biz, o‘zimiz o‘rgatamiz», – der ekan. Avvaliga hayron bo‘ldik, deydi qizim. Keyin buning sababi nimada, deb so‘rabdi.«Siz

20 Mar 12:50
 
25
0
postda.uz

«ЖАСЫЛ» ЭКОНОМИКА –РАӮАЖЛАНЫӮ КЕПИЛИ

Руӯхый-ағартыӯшылық сабағыПүткил дүнья мәмлекетлери қатары, мәмлекетимиздиң де «жасыл» экономикаға өтиӯ мәселеси ең әҳмийетли турмыслық зәрүрлик болып тур. Көпшилик ӯатанласларымыз «жасыл» экономика дегенде тек ғана энергетика тараӯын реформалаӯдан ибарат деп есапла