calendar 26 Jun 19:45
eye 141
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Jizzaxda aliment to‘lashdan qochib yurgan ota 15 sutkaga qamaldi

image

Jizzax viloyatida bolasiga aliment  to‘lashdan qochib yurgan ota 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda viloyat Majburiy ijro byurosi xabar berdi.  

Qayd etilishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarbdor tumanlararo sudi qarzdor  I.T. hisobidan undiruvchi G.Sh foydasiga farzandlari ta’minoti uchun aliment undirishni belgilagan. Olib borilgan ijro harakatlariga qaramasdan qarzdor aliment pulini to‘lamasdan bo‘yin tovlab kelayotgani aniqlangan.

“Qarzdorligi bugungi kun holatiga 10 mln so‘mdan oshganligi uchun qarzdor otaga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi 4-qismiga asosan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada aliment to‘lashdan qochib yurgan ota tungi klubdan topilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:49
 
38
0
xs.uz

31-may kuni harorat 37 darajagacha isiydi

'Oʻzgidromet' 31-may kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 16-18 daraja, kunduzi 28-30 daraja boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi,'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat

31 May 08:49
 
52
0
xs.uz

Toshkent metropolitenining 2 ta bekati 3 oyga yopiladi

Qayd etilishicha, jahon tajribasidan kelib chiqqan holda, yangi qurilgan metro yoʻnalishlarida metro poyezdlar harakati va yoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlash hamda sifatli xizmat koʻrsatish maqsadida, yer usti estakadalari va bekatlari maʼlum muddat foydalangandan soʻng, rejali profilaktik ishlar amalga oshiriladi.Shu munosabat bilan metropolitenning 'Texnopark ' Qipchoq' bekatlari oraligʻida bosqichma-bosqich 3 oy muddatga moʻljallangan rejali profilaktik ishlar amalga oshiriladi.Ani

31 May 08:49
 
39
0
xs.uz

CEFR imtihoni natijalari eʼlon qilindi

2025-yil 25-apreldan 23-mayga qadar boʻlib oʻtgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari rasman eʼlon qilindi. Bu haqda 'Bilim va malakalarni baholash agentligi' xabar bermoqda.Qayd etish kerakki, ushbu test sinovi orqali talabgorlarning xorijiy til boʻyicha bilim va koʻnikmalari baholandi. Natijalar my.gov.uz portalida joylashtirilgan boʻlib, har bir ishtirokchi 'Mening arizalarim' boʻlimi orqali oʻz natijalari bilan tanishishi mumkin.Test sinovidan muvaffaqiyatli

31 May 08:49
 
33
0
xs.uz

Samarqanddagi koʻchalardan biriga Rim shahri nomi berildi

Oliy darajadagi O'zbekiston-Italiya muzokaralari yakunida xalqaro Kongress-markazida Samarqand shahridagi ko'chaga Rim shahri nomini berishga bag'ishlangan tantanali marosim o'tkazildi.O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu qaror chuqur tarixiy va madaniy aloqalar, strategik sheriklik munosabatlarining hozirgi yuksak darajasini inobatga olgan holda, shuningdek, O'zbekiston va Italiya xalqlari o'rtasidagi do'stlik va o'zaro hurmat ramzi sifatida qabul qilinganini ta'kidladi.