calendar 24 Jun 19:22
eye 80
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Mirziyoyev va Putin telefon orqali muloqot qildi

image

Bugun, 24 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Mirziyoyev Dog‘istonda sodir etilgan terrorchilik harakatlari munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi, halok bo‘lganlarning oilalariga ta’ziya va dalda so‘zlarini bildirdi.

“O‘zbekiston Prezidenti bu g‘ayriinsoniy zo‘ravonlikni qat’iy qoraladi hamda xavfsizlik sohasidagi umumiy tahdidlarga qarshi kurashda tegishli tuzilmalar o‘rtasidagi faol hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirdi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, 26-28 may kunlari Rossiya Federatsiyasi Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ham muhokama qilindi.
Kelgusidagi, shu jumladan ko‘p tomonlama tashkilotlar doirasidagi tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 23 iyun kuni kechqurun Dog‘istonda ikkita terakt sodir bo‘lgandi. Jangarilar Maxachqal’a va Darband shaharlariga hujum qilgan va oqibatda 15 dan ortiq politsiyachi, bir necha tinch  aholi  hujum qurboniga aylandi. https://qalampir.uz/news/1-3-103070 Mirziyoyev terrorchilik harakatlari oqibatida ko‘plab huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari va fuqarolar qurbon bo‘lgani munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga maktub yo‘llab, chuqur hamdardlik bildirdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

29 Oct 20:48
 
3
0
xs.uz

Samarqandda “Nexia” va yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir boʻldi

Qayd etilishicha, hodisa yilning 27-oktyabr kuni tongda roʻy bergan. Haydovchi 'Nexia' mashinasi bilan Jomboy tumani Gʻazira mahallasi hududidan oʻtgan yoʻlda ketayotib, oʻzi tomonda yoʻl chetida nosoz holda toʻxtab turgan 'Kamaz' yuk mashinasining old oʻng tomoniga urilgan.Oqibatda 'Nexia' haydovchisi ogʻir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Shifokorlarning muolajasiga qaramasdan u kasalxonada vafot etgan.Taʼkidlanishicha, YHXB mutasaddilari va aholi vakillari ishtirokida

29 Oct 20:48
 
3
0
xs.uz

Qoraqoʻrgʻonda sel oqiza olmaydigan koʻprik qurildi

Qudratilla NAJMIDDINOV/'Xalq soʻzi'. Namangan viloyati Chust tumanining qoʻshni Qirgʻiz Respublikasi bilan chegaradosh Qoraqoʻrgʻon mahallasida 4,5 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Hududdan oʻtgan Koʻkseraksoy ustiga hashar yoʻli bilan qurilgan koʻprikni tez-tez sel olib ketishi jiddiy muammoga aylangan edi. Aholining tegishli idoralarga murojaati bilan masala yaqinda yechimini topdi ' koʻprik yangilandi. Yangilanibgina qolmay, har qanday selga bardosh bera oladigan qilib butunlay

25 Sep 13:14
 
21
0
xs.uz

Yerfurush qoʻlga olindi

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Asaka tumanida 'Yoshlar sanoat zonasi'ga tegishli 5 sotixdan iborat yer maydonini sotishga urinayotgan shaxs qoʻlga olindi. Tuman ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻlimida faoliyat olib boruvchi fuqaro tanishiga ushbu maydonni mol-mulki bilan birgalikda tuman hokimligi masʼullari yordamida rasmiylashtirib berishni vaʼda qilgan. Shunga muvofiq u umumiy ovqatlanish shoxobchasida 20 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtda huquqni muhofaza qilish idoralari

29 Oct 20:49
 
4
0
xs.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev saylovda ovoz berdi

Bugun mamlakatimizda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari kengashlariga saylovlar boʻlib oʻtmoqda.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oila aʼzolari bilan birgalikda poytaxtimizning Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 59-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, ovoz berishda ishtirok etdi.Mamlakatimiz Konstitutsiyasining 128-moddasida fuqarolar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga ega ekani belgilangan. Ovoz berish huquqi, oʻz xohish-irod