calendar 29 Oct 20:48
eye 27
comments 0
comments Manba: xs.uz

Qoraqoʻrgʻonda sel oqiza olmaydigan koʻprik qurildi

image
Qudratilla NAJMIDDINOV/'Xalq soʻzi'. Namangan viloyati Chust tumanining qoʻshni Qirgʻiz Respublikasi bilan chegaradosh Qoraqoʻrgʻon mahallasida 4,5 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Hududdan oʻtgan Koʻkseraksoy ustiga hashar yoʻli bilan qurilgan koʻprikni tez-tez sel olib ketishi jiddiy muammoga aylangan edi. Aholining tegishli idoralarga murojaati bilan masala yaqinda yechimini topdi ' koʻprik yangilandi. Yangilanibgina qolmay, har qanday selga bardosh bera oladigan qilib butunlay qayta qurildi.

Zamonaviy koʻprikning uzunligi 42, eni 7 metrga teng, ikki yonida piyodalar yoʻlakchasi ham bor. Pudratchi tashkilot ' 'Cone stru projek invest' masʼuliyati cheklangan jamiyati quruvchilari obyektni roppa-rosa 70 kunda bitkazib berdi. Uni barpo etish uchun davlat byudjetidan 1 milliard 900 million soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi.



' Yoʻl, koʻprik qurish xalqimizda eng savob va ezgu ishlardan hisoblanadi, ' deydi 'Qoraqoʻrgʻon' mahalla fuqarolar yigʻini raisi Meliqoʻzi Toʻxtayev. ' Mustahkam koʻprik nafaqat bizning mahallamiz, balki yon-atrofdagi Qala, Beruniy, Vatanparvar aholi punktlari ahlining mushkulini ham oson qildi.

Mahalla raisining aytganicha bor. Keng va ravon koʻprikdan qatnayotganlar borki, uni bunyod etganlarga minnatdorlik bildirmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Nov 03:17
 
18
0
xs.uz

Qashqadaryoda “Cobalt”ni tosh bosib qolishi oqibatida Vengriya fuqarolari vafot etgani maʼlum boʻldi

Avvalroq Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi Taxtaqoracha dovonida ulkan tosh 'Cobalt' mashinasini bosib qolgani haqida'xabar berilgan edi. Oʻzbekistonning Budapeshtdagi elchixonasi halok boʻlganlar orasida Vengriya fuqarolari borligini'maʼlum qildi.'Oʻzbekistonning Vengriyadagi elchixonasi Qashqadaryo viloyatida toshlar qulab tushishi oqibatida ikki nafar Vengriya fuqarosining fojiali halok boʻlgani haqidagi xabarni chuqur qaygʻu bilan qabul qildi.Vafot etganlarning yaqinlariga va oila

09 Oct 12:39
 
45
0
xs.uz

Oʻzbekistonda Marburg virusi xavfi sabab nazorat kuchaytirildi

Oʻzbekistonda marburg virusi isitmasini oldini olish va uning ehtiyot choralari kuchaytirilmoqda. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati'xabar berdi.Bildirilishicha, Oʻzbekistonda bu kasallik boʻyicha 'jiddiy xavotirga oʻrin yoʻq'. Shunday boʻlsa ham davlat chegarasini kesib oʻtish joylarida faoliyat yuritayotgan sanitariya nazorat punktlarining (SNP) hushyorligi oshirilgan.Xususan, marburg isitmasi bilan kasallanishni oldini olish maqsadida:Maʼlumot

11 Nov 03:17
 
15
0
xs.uz

Ayrim tadbirkorlarga toʻlangan soligʻining bir qismi qaytarib beriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining Qarori bilan umumiy ovqatlanish, turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga byudjetga toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining bir qismini qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik Nizomi tasdiqlandi'Huquqiy axborot' kanalining'xabar berilishicha,'vaqtinchalik Nizomga koʻra, 2024-yil 1-oktyabrdan boshlab turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga ' byudjetga to

25 Sep 13:14
 
34
0
xs.uz

Ushbu sport turiga tegishli tashkilotlar uchun foyda soligʻi 3 yil muddatga 50 foizga kamaytiriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 'Xokkey sport turini rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Qarori qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, xokkey sport turi boʻyicha terma jamoalar va sport klublari uchun sport zaxirasini yaratish, iqtidorli sportchilarni saralash (seleksiya)ning raqamlashtirilgan tizimini joriy qilish xokkey sport turini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlaridan biri etib belgila