Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oila aʼzolari bilan birgalikda poytaxtimizning Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 59-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, ovoz berishda ishtirok etdi.
Mamlakatimiz Konstitutsiyasining 128-moddasida fuqarolar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga ega ekani belgilangan. Ovoz berish huquqi, oʻz xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlangan.
Saylovda beshta: Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati ' Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasi, 'Milliy tiklanish' demokratik partiyasi, Ekologik partiya, Xalq demokratik partiyasi hamda 'Adolat' sotsial-demokratik partiyasi ishtirok etmoqda. Bu muhim voqea 'Mening tanlovim ' obod Vatanim' shiori ostida, rivojlangan ijtimoiy-siyosiy muhitda oʻtmoqda.
Oʻzbekiston tarixida ilk bor Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovlari aralash saylov tizimi, yaʼni majoritar-proporsional tizim asosida oʻtkazilmoqda. Deputatlarning 75 nafari bevosita majoritar tizim asosida, yaʼni saylovchilar oʻzlariga maqbul nomzodlarga ovoz berishi yoʻli bilan, qolgan 75 nafari esa proporsional tizim boʻyicha siyosiy partiyalarga berilgan ovozlar asosida saylanishadi.
Saylov qonunchiligi ilgʻor demokratik standartlarga mos ravishda tubdan takomillashtirildi. Jumladan, saylov organlarining Markaziy saylov komissiyasi boshchiligidagi yangi tizimi joriy etildi, jamiyat hayotida xotin-qizlarning rolini oshirish maqsadida siyosiy partiyalar tomonidan deputatlikka nomzodlar koʻrsatishda ayollarning ulushi kamida 40 foiz boʻlishi belgilandi.
Joriy yilgi saylovlarning yana bir eʼtiborli jihati ' bu jarayon ishtirokchilarining oʻzaro munosabatlari toʻliq raqamlashtirilgan holda 'E-Saylov' axborot tizimi orqali amalga oshirilganida namoyon boʻldi. Mazkur axborot tizimi saylovlarning ochiqligini yuqori bosqichga olib chiqdi.
Mamlakatimizdagi saylovlar yuqori demokratik tamoyillar asosida, ochiq va shaffof tarzda oʻtmoqda. Fuqarolar ham amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarga xayrixoh boʻlgan holda saylovlarda faol ishtirok etishmoqda.
Davlatimiz rahbari 59-saylov uchastkasiga kelgan odamlar bilan suhbatlashdi. Xorijiy kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan ham muloqot qildi. Ular saylovlar ochiq, yuqori saviyada oʻtayotganini, aholining ijtimoiy-siyosiy faolligi oshganini taʼkidlashdi.
Nuroniylar mamlakatimizga tinchlik-farovonlik, Prezidentimizga sogʻlik-omonlik tilab duolar qildi.
Barcha saylov uchastkalarida saylovchilar uchun qonunchiligimizda belgilangan sharoitlar yaratilgan. Joylarda 5 ming 770 ta okrug va 11 ming 28 ta, jumladan, 40 ta xorijiy mamlakatda 57 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan.
Saylov jarayonini kuzatishda MDH, SHHT, Turkiy davlatlar tashkiloti, shuningdek, YEXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosining toʻlaqonli missiyasi tarkibida 850 nafardan ziyod xorijiy va xalqaro kuzatuvchilar ishtirok etmoqda.
Davlatimiz rahbari saylov uchastkasiga kelgan odamlar bilan suhbatlashdi. Oʻz yurti va yashayotgan hududi taqdiriga daxldorligini his qilib, saylovlarda faol qatnashayotgan fuqarolarga minnatdorlik bildirdi.
Kichik halqa avtomobil yoʻlining bir qismi vaqtincha yopildi
Maʼlum qilinishicha, koʻcha bugun, 16-noyabr kuni 08:00 dan 24:00 gacha yopiladi.Bunga Olmazor tumanida olib boriladigan yoʻl taʼmirlash ishlari sabab boʻladi.
Xizmatda jarohatlangan harbiylar moliyaviy himoyaga ega boʻladi
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrugʻi bilan harbiy xizmatchilar va maxsus unvonlarga ega xodimlar uchun davlat majburiy sugʻurtasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Ushbu nizom davlat xizmatida yaradorlik yoki nogironlikka duch kelgan harbiy xizmatchilarga sugʻurta toʻlovlarini amalga oshirishni belgilaydi. Hujjat 2024-yil 8-noyabrdan kuchga kirgan. Bu haqda 'Norma.uz' xabar berdi.Nizomga koʻra, sugʻurtalangan shaxs favqulodda holatlarda yoki harbiy xizmat davomida
Ayrim texnik vositalar soliq va bojdan ozod qilinadi
Qonun bilan Soliq kodeksiga maxsus vakolatli davlat organi tomonidan olinadigan tezkor qidiruv tadbirlari tizimi texnik vositalarining respublika hududiga olib kirilishini soliq solishdan ozod qilishni nazarda tutuvchi qoʻshimchalar, shuningdek, mazkur texnik vositalar aksiz soligʻi solinadigan obyekt hisoblanmasligiga doir qoʻshimcha kiritilmoqda.Bojxona kodeksiga yuqorida koʻrsatilgan texnik vositalarni boj toʻlashdan ozod qilish tarzida tarif imtiyozlari berilishini nazarda tutuvchi qoʻ
Qoʻlda terilgan paxta narxi 2500 soʻm etib belgilandi
Qayd etilishicha, bugungi kungacha tijorat banklari tomonidan (qoʻl terimi uchun) 1500 soʻmdan kredit mablagʻlari ajratilib, terimchilarga ushbu miqdordagi summa har bir kilogramm uchun berib kelingan. Bu oʻz navbatida bir muncha qiyinchilik tugʻdirib, terimchilarni mavsumiy ishga jalb qilish holatlarida noqulay vaziyatni keltirib chiqarayotgan edi.'Mazkur holatlarni har tomonlama hisoblab va undan keyin terimchilarni moddiy ragʻbatlantirishni yanada kuchaytirish maqsadida bugundan boshlab