calendar 23 Jun 16:56
eye 75
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Qashqadaryoda fuqaro talabani sakkiz marta pichoqladi

image

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida fuqaro talabani pichoqladi. Bu haqda viloyat Prokuraturasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 22 iyun kuni  soat 08:30 larda fuqaro M.E o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan Qarshi davlat universiteti talabasi fuqaro S.T. bilan universitet hududida o‘zaro janjallashib, S.T.ning tanasini turli sohalariga o‘zi bilan olib kelgan pichoqni 8 marotaba sanchib, og‘ir tan jarohati yetkazgan. Shundan so‘ng fuqaro M.E. o‘zining qorin bo‘shlig‘iga pichoq sanchib, o‘ziga-o‘zi tan jarohati yetkazgan.

Holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan fuqaro M.E.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25-moddasi (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) hamda 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Jabrlanuvchi hozirda shifoxonada tibbiyot xodimlari nazorati ostida davolanmoqda. Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan. Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari shahar prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda”, deyilgan xabarda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jan 00:53
 
28
0
xs.uz

Issiqxona gazlarining chiqarilishini tartibga solishga oid qonun nima uchun rad etildi?

Senatning navbatdagi yalpi majlisida 'Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash to'g'risida'gi Qonun ko'rib chiqildi.Mamlakatimizda iqlim o'zgarishining oldini olish, uning salbiy ta'sirini kamaytirish borasida muayyan ishlar' amalga oshirilmoqda.Biroq sohani tartibga soluvchi qonun va normativ baza yaratilmaganligi issiqxona gazlarining chiqarilishini kamaytirishda iqtisodiy, texnologik va ekologik yo'nalishlar bo'yicha xalqaro hamkorlikni yo'lga qo'yish imkoniyatlarini cheklamoqda.Sohani x

31 Jan 15:21
 
22
0
xs.uz

Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi

Prezidentning 2025-yil 24-yanvardagi qaroriga koʻra, Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Namangan muhandislik-qurilish instituti va Namangan toʻqimachilik sanoati instituti negizida Namangan davlat texnika universiteti tashkil etiladi.Bu qaror hududda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ishlab chiqarish korxonalari bilan sanoat hamkorligini kuchaytirish maqsadida qabul qilingan.Yangi universitet muhandislik, qurilish, toʻqimachilik, axborot

31 Jan 15:20
 
21
0
xs.uz

“Hayotning oʻzi katta teatr...”

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Elimizning sevimli sanʼatkori, taniqli kino va teatr aktyori, Oʻzbekiston xalq artisti Muhammadsoli Yusupov bilan Fargʻona shahri koʻchalarida birga yursangiz, hamma kulib qarayotganini sezib qolasiz. Bu biroz noqulay, ammo yoningizdagi insonning xalqimiz orasida mashhurligini tushunib yetgach, ushbu holat tabiiy ekanligini anglaysiz.Bu aktyor dramaturg Sharof Boshbekov asari asosida sahnalashtirilgan 'Temir xotin' spektaklidagi Qoʻchqorboy roli orqali mashhur

31 Jan 15:21
 
25
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qoʻydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-yanvar kuni poytaxtimizdagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qoʻydi.Marosimda Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi va hukumat vakillari, ziyolilar, shahar jamoatchiligi jam boʻldi.Bu el-yurtga xizmat unutilmasligi, hamisha eʼzozlanishidan dalolat. Shavkat Mirziyoyevning eʼtibori bilan Birinchi Prezidentimizning xotirasi abadiylashtirildi, u kishi tavallud topgan 30-yanvar har yili nishonlanadigan boʻldi. Toshkentda ilmiy-maʼrifiy yodgor