Joriy yilning 20 iyunidan 1 avgustiga qadar Temur Malik va Buyuk Ipak yo‘li chorrahasidagi “Buyuk Turon” ko‘prigi avtomobillar harakati uchun yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, ko‘prikning yopilishiga Mirzo Ulug‘bek tumani Temur Malik ko‘chasida bo‘layotgan rekonstruksiya va kengaytirish ishlari sabab bo‘lgan.
Buyuk Ipak yo‘lidan harakatlanayotgan avtoulovlar Temur Malik yo‘li bilan aylanib o‘tib, o‘z harakatini davom ettirishi mumkin. Transportlarning harakatini tartibga keltirish maqsadida ushbu yo‘llar kesishmasida maxsus svetoforlar o‘rnatilgan.
“Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!” deyiladi xabarda.