calendar 29 Oct 20:48
eye 22
comments 0
comments Manba: xs.uz

Andijonda elektr energiyasi taʼminoti yaxshilandi

image
Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Qish fasli yaqinlashgani sari aholini elektr energiyasi taʼminoti bilan bogʻliq tashvishlari ortadi. Shu bois 'Hududiy elektr tarmoqlari' AJning Andijon hududiy filiali tomonidan 71 ta MFYda sohaga oid muammolarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, Andijon shahridagi 'Bogʻi eram' MFYda 100 dan ortiq aholi xonadonlarida taʼminot sifati yaxshilandi.

' Har yili kuz-qish mavsumida elektr energiyasi taʼminotida uzilishlar kuzatilardi, ' deydi ushbu mahallada yashovchi Sobirjon Soyibnazarov. ' Ayniqsa, yogʻingarchilik paytlari chiroqsiz oʻtirardik. Mahallamizda olib borilgan saʼy-harakatlar tufayli mavsumni betalafot oʻtkazadigan boʻldik. Buning uchun hududimizga 26 ta temir beton tayanchlar oʻrnatilib, 1000 metr masofaga elektr uzatish tarmogʻi tortildi. 1 ta transformator ishga tushirildi.

Rejaga binoan, 32,9 km. tarmoq tortish, 56 ta transformatorlarni ishga tushirish hamda 1177 ta temir beton tayanchlarni oʻrnatish orqali hamyurtlarimizning elektr energiyasiga ehtiyojini toʻliq qondirish koʻzda tutilgan.








Doʻstlaringiz bilan ulashing

29 Oct 20:48
 
28
0
xs.uz

Raqobat qoʻmitasi “Davr bank”ka nisbatan moliyaviy jarima qoʻlladi

Qayd etilishicha, Raqobat qoʻmitasi tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida, 'Davr bank' ATB tomonidan eʼlon qilingan tashqi reklamalarda 'Davr mobile' ilovasida 50 mln soʻmgacha onlayn mikrokredit' mazmunidagi reklama axboroti berilganligi aniqlangan. Bu reklamada mikroqarzning 43 foiz yillik ustamasi, oylik ish haqi talab etilishi kabi talablar koʻrsatib oʻtilmagan.Shuningdek, Toshkent shahridagi LED monitorli reklama obyektlarida 'Tadbirkorlar uchun 5 milliard soʻmgacha kredit, 24

29 Oct 20:49
 
20
0
xs.uz

Saylov jarayonlari boshlandi — Fotoreportaj

Toshkent shahri Sergeli tumanidagi tashkil etilgan 170-saylov uchastkasida ovoz berish jarayonlari boshlandi. Ma'lumot uchun 170-saylov uchastkasida saylovchilar soni 1453 nafarni tashkil qiladi. 27 nafar saylovchi muddatdan oldin ovoz bergan.Foto: Sirojiddin Vohidov, Yunus Bo'riyev / 'Xalq so'zi''

09 Oct 12:39
 
37
0
xs.uz

Rahbar kadrlarni baholash markazi tashkil etiladi

'Rahbar kadrlarni baholash markazini tashkil etish toʻgʻrisida'gi Hukumat Qarori qabul qilindi. Qarorga koʻra, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi muassisligida Rahbar kadrlarni baholash markazi tashkil etiladi. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi: ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar asosida davlat fuqarolik xizmatchilari uchun bazaviy, alohida lavozim yoki lavozimlar guruhi uchun kompetensiyalar modeli hamda indikatorlarini ishlab chiqish; davlat fuqarolik

29 Oct 20:49
 
23
0
xs.uz

Yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslardan yoʻqolgan ID-kartasini almashtirishda davlat boji undirilmaydi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan ayrim qonun hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.Qonunga koʻra, 'Davlat boji toʻgʻrisida'gi Qonunga oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar, yolgʻiz yashovchi keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar yoʻqolgan yoxud yaroqsiz holga kelgan ID-kartasini yoki biometrik pasportini almashtirishda davlat bojini toʻlashdan ozod qilinishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda. Shuningdek, 'Inson' ijtimoiy xi