calendar 23 Jun 16:37
eye 225
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasiga rais tayinlandi

image

Halilillo Sobirjonovich To‘raxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi lavozimiga saylandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 53-yalpi majlisida qaror qabul qilindi.

Halilillo Sobirjonovich To‘raxo‘jayev 1972 yil 21 yanvarda Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, huquqshunos, 1-darajali adliya maslahatchisi. 

U 1997 yil Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1991 yilda Toshkent shahar Yashnobod tumani sudining kureri lavozimida ishlashdan boshlagan. 1992-2008 yillarda sud tizimida turli lavozimlarda mehnat qilgan.

Shuningdek, u faoliyati davomida quyidagi lavozimlarda ishlagan:

  • 2008-2014  yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat maslahatchisi xizmatining adliya va sud idoralari faoliyati masalalari bo‘yicha yetakchi inspektori;
  • 2014-2017  yillarda Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi raisi;
  • 2017 yil 12 aprelidan 12 dekabriga qadar – Prezidentning Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati davlat maslahatchisi o‘rinbosari; 
  • 2017 yildan 2020 yilgacha – Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori ;
  • 2020 yil iyundan 2021 yil yanvarigacha – Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining raisi;
  • 2021 yil fevralida – Oliy sud raisining o‘rinbosari, Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi;

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshov lavozimga qayta tayinlangani haqda ma’lum qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Sep 16:44
 
34
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev BMT vakilini qabul qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-sentyabr kuni BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) bosh direktori Syuy Dunyuyni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimidagi nufuzli'tarmoq tuzilmasi rahbari shu kunlarda Toshkent shahrida o'tkazilayotgan Dengizga chiqish imkoniyati bo'lmagan mamlakatlar oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror rivojlanish maqsadlari bo'yicha xalqaro forum doirasida mamlakatimizda bo

09 Oct 12:39
 
22
0
xs.uz

YXHT kuzatuvchilari – Fargʻona saylov komissiyasida

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Ayni kunlarda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT)ning uzoq muddatli kuzatuvchilari ' Benedikt Uilyams va Mixael Xausmann Fargʻona viloyatida saylovga tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanishmoqda.Fargʻona viloyati hududiy saylov komissiyasi raisi Erkinjon Nuraliyev bilan yuzma ' yuz muloqotda xorijlik kuzatuvchilar bir qator shahar ' tumanlarda boʻlib saylovchilar bilan suhbatlashgani hamda saylovga tayyorgarlik jarayonlari bilan bogʻliq

09 Oct 12:39
 
21
0
xs.uz

Bilimli oʻquvchilar munosib ragʻbatlantirildi

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Andijon shahridagi 43-umumtaʼlim maktabining 10-sinf oʻquvchisi Dilobar Abduvahobova 8,5 ballik IELTS sertifikatini qoʻlga kiritdi. Bu Andijon farzandlari ichida hozirgacha kuzatilgan eng yaxshi natija hisoblanadi.Andijon shahridagi 4-umumtaʼlim maktabining 4-sinf oʻquvchisi Muhammadsaid Tursunov aynan shu til fanidan 7.0 ballik IELTS sertifikatiga ega boʻldi. Bu bilan u dunyoning 140 dan ortiq davlatida grant asosida oʻqish va Oʻzbekistondagi ingliz tili

03 Sep 21:35
 
26
0
xs.uz

“Yangi Oʻzbekiston” bogʻida Oʻzbekiston mustaqilligining 33 yilligiga bagʻishlangan bayram tadbiri boshlandi

Davlatimiz rahbari koʻp millatli xalqimizni bugungi ulugʻ ayyom bilan chin qalbdan tabriklab, barchaga oʻzining yuksak hurmati, ezgu tilaklarini izhor etdi.'Mana shu hayajonli daqiqalarda hammamiz milliy istiqlolimiz naqadar bebaho neʼmat ekanini, uning tarixiy ahamiyatini yanada chuqur his etmoqdamiz.Aynan mustaqillik tufayli milliy davlatchiligimiz qayta tiklandi. Oʻzbekiston yangi tarixiy davrga qadam qoʻydi. Aynan istiqlol tufayli jahon hamjamiyatidan munosib oʻrin egalladik. Bu bilan