calendar 23 Jun 16:35
eye 103
comments 0
comments Manba: postda.uz

TARIX – VATANPARVARLIK, MILLIY G‘URUR VA IFTIXOR MANBAYI

image

Tarixni kim yaratadi? Albatta, siz va biz. Ammo uni faqat tillarda emas, balki kelajak avlod uchun yozma holda qoldirish zarur. Buning uchun esa harakat va yetarli ma’lumotlar kerak...

Amir Temur va temuriylar saltanati dunyo tamaddunida o‘chmas iz qoldirgan. Shu sababdan ham temuriylar­ning zafarli yurishlari, ilm-fan ahliga ko‘rsatilgan e’tibor va tarix zarvaraqlaridan joy olgan boshqa olamshumul voqealar hamon muhokama etiladi.

Mustaqillik bizga tariximizni xolis va haqqoniy idrok etish, nomlari unutilishga mahkum etilgan ajdodlarimiz haqida to‘laqonli bilish imkoniyatini qaytardi. Mana shu imkoniyat tufayli tariximizning noma’lum sahifalari va qatag‘on etilgan bobolarimizga bag‘ishlab asarlar yozishga keng yo‘l ochildi.

Bergan imkoniyatlardan faqat iste’dodli va fidoyi olim-u adiblargina emas, butun «ilmiy-ijodiy faoliyati» davomida ulug‘ mutafakkirlarimizni, shu jumladan, Amir Temur va temuriylarni qoralab, ularga qarshi kurashib kelgan olimlik da’vosidagi kimsalar ham unumli foydalandi va foydalanishmoqda.

Har birimizning aziz Vatanimizga mehrimiz cheksiz. Shu buyuk mehr bizni jonajon yurtimizni asrab-avaylashga, hamjihat va ahil yashashga, yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlardan unumli foydalanishga undab turadi. Prezident ta’kidlaganidek, «eng muhimi, bugun xalqimiz dunyoqarashi o‘zgargan, ezgu maqsadlarga erishishga katta ishonchi shakllangan. Demak, Taraqqiyot strategiyamizda ko‘zlangan maqsadlar va undan keyingi qutlug‘ marralarni zabt etishimizga hech kimda shubha yo‘q».

Albatta, hech bir xalq o‘zli­gini anglagan holda, milliy madaniyati va qadriyatlarini asrab-avaylamasdan turib, boshqa xalqlarning qadriyatlariga hurmat bilan qaray olmaydi. Yangi O‘zbekistonning kuch-qudrati xalqimizning umuminsoniy qadriyatlariga sodiqligidadir. Jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichlarida ijtimoiy hodisa­larga munosabat xilma-xil tarzda namoyon bo‘ladi. Xu­susan, mustaqilligimizning bi­rinchi kunidan boshlab hayo­timizning barcha jabhalarida «qadriyatlar», «milliy tiklanish», «milliy ong», «milliy g‘urur» «milliy vatanparvarlik» kabi atamalar tez-tez ishlatiladigan bo‘lib qoldi. Bu bejiz emas, albatta.

Zotan, g‘ururimiz, Vatanimizga bo‘lgan mehr-muhabbat «Inson qadri uchun» tamoyiliga asoslanadi. Prezidentimiz iborasi bilan aytganda, «milliy qadriyatlarimizda alohida o‘rin tu­tadigan avlodlar o‘rtasidagi an’analar davomiyligini saqlash, urush va mehnat faxriylarining, muhtaram ota­xon va onaxonlarimizning hayotini yanada mazmunli qilish nafaqat vazifamiz, avvalo, insoniy burchimizga aylanmoq­da. Shuningdek, biz Yangi O‘zbekistonni barpo etishda azm-u shijoatli yoshlarimizni xalqimizning chinakam tayanchi va suyanchi, deb bilamiz».

Biz o‘z tariximizda hech qachon hech kimga hasad, yovuz niyat bilan qaramaganmiz va boshqalardan ham shuni talab qilishga haqlimiz. Lekin bu borada ham bizga qarshi qaratilgan ma’naviy va mafkuraviy tahdidlar davom etmoqda. Mafkura sohasida yurt ravnaqiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ma’naviy tajovuz – bu o‘zbek millati tarixini soxtalashti­rish, turli xil g‘ayriilmiy talqinlar, siyosiy shiorlar bilan bizni tariximizdan, sharafli o‘tmishimizdan judo qilishga urinish tarzida namoyon bo‘lmoqda. Bunday sharoitda barchamiz xalqimiz va yurtimizni, mustaqillikni asramog‘imiz lozim, buning uchun esa uning haqiqiy ta­rixini o‘rganish, avaylab himoyalash lozim.

Qadrlash degani – bu asrlar davomida ona yurtimizni, xalqimiz ozodligi va istiqlolini, erkin va farovon hayotini mardlik va shijoat bilan himoya qilgan fidoyi vatandoshlarni yodga olmoq, ularga munosib hurmat va ehtirom ko‘rsatmoqdir. Shu sabab ham ma’naviyatning ajralmas tarkibiy qismi bo‘lgan tarix fani istiqlol yillarida o‘zining haqiqiy vazifasini ado etishga – xalqning o‘zligini anglatishga xizmat qilishga kirishdi.

Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘qligi, tarix millat uchun ruhiy oziq ekanligi, ayni haqiqat. Shu bois haqqoniy tarixni tiklash, uning rivoji uchun barcha zaruriy shart-sharoit, imkoniyatlar yaratildi. Kun tartibiga haqqoniy tarixni birlamchi manbalar asosida yaratish, uni xolisona talqin etish, bahs-munozaralar asosida tarixiy haqiqatni tiklash vazifasi qo‘yildi. Tarix va hozirgi zamon voqeliklariga murojaat qilish bizning ijtimoiy tafakkurimizdan hayotni idrok etishning mavhum va aqidaparastlik qoliplarini yengib o‘tishni, mustaqil fikr yuritish va sodir bo‘layotgan jara­yonlarni xolisona baholay olish qobiliyatini talab etadi. Qotib qolgan eski aqidalardan voz kechish – tarix va o‘tmishdan voz kechish degani emas. Kechagi hayotdan, tarixdan hech qachon voz kechib bo‘lmaydi. Tarix qan­day bo‘lmasin, biz uchun hayotdan saboq va xulosalar chiqarish uchun xizmat qiladi.

Tarixini, o‘zligini anglab yetgan, qalbiga quloq solgan har bir inson o‘ziga, men bu foniy dunyoda nima ish qildim, yana qanday ishlar qilishga vaqtim va qurbim yetadi, degan savolni berishi kerak. Ana shu savol inson qalbini tozalaydi, uni savobli, ezgu ishlarga chorlaydi. Xullas, ma’naviyatda insonning imon-e’tiqodi, axloqi, tarix, hayot ma’nosini qanday tushunishi, ichki dunyosi namoyon bo‘ladi. Vatan, tarix, xalq oldidagi burchni ang­lash ham yuksak ma’naviyat belgisidir. 

Ma’naviy barkamol inson – o‘zining savobli ishlari bilan kechirgan hayotidan rozi ketadi. Tarixiy qadriyatlarga, ularni elga qaytarish, tanitishga bo‘lgan sa’y-harakatlardan ko‘zda tutilgan maqsad shuki, har bir inson o‘z umrini tabarruk zotlar kechirgan hayot bilan taqqoslarkan, ko‘nglidan men ana shu salaflarimizga munosib vorismanmi, degan savol o‘tsin. Ular shu qadar buyuk meros qoldiribdi, mendan nima qoladi, degan tuyg‘u bilan o‘z faoliyatini baholasin. Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, aynan yuqoridagi sabablarga ko‘ra, tarixni bilish va qadrlash milliy o‘zlikni anglash hamda ma’naviyat yuksalishi bilan uzviy bog‘liq masala hisoblanadi.

Sarvar SOBIROV tayyorladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jul 15:48
 
174
0
postda.uz

BUGUNGI DUNYONING GEOSIYOSIY MANZARASI

Ma’naviyat va ma’rifat darsiXIX asr boshida boshlangan to‘rtinchi sanoat inqilobi yutuqlari asosida shakllangan postindustrial modelning o‘z taraqqiyot yo‘lida jadal rivojlanishi kutilmagan oqibatlarga olib keldi. Ayniqsa, XXI asrga kelib, uning global modelga o‘tishi dunyodagi mavjud geosiyosiy vaziyatni o‘zgartirib yubordi. Bugunga kelib esa jahon arxitekturasining insoniyatni birlashtirishga qaratilgan yagona geosiyosiy modelini xavf ostida qoldirdi.Turli qarama-qarshi kuchlar v

11 Jul 15:13
 
42
0
xs.uz

Oʻtkir Hoshimovning “Nur borki, soya bor” asari xitoy tiliga tarjima qilindi

Tadbirda mamlakatimiz elchixonasi diplomatlari, Xitoy davlat matbuot muassasalari, nashriyot va bosma uylari vakillari, yetakchi adabiyotshunos olimlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.Asar Xitoyda ilmiy faoliyat bilan shugʻullanayotgan vatandosh Dildora Ismoilova tomonidan elchixona koʻmagida xitoy tiliga tarjima qilindi.Taqdimotda soʻzga chiqqanlar, Oʻzbekiston va Xitoy qadimiy Buyuk ipak yoʻlidagi koʻp asrlik tarix, boy madaniyat va noyob anʼanalarga ega mamlakatlar ekanligini taʼkid

11 Jul 15:13
 
32
0
xs.uz

Namanganda Forobiy qalamiga mansub nodir kitob topildi

Namanganda XI va XIV asrga oid noyob qilich, Baqtriya va Xitoy tangalari, Abu Nasr Forobiy qalamiga mansub nodir kitob topildi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati'xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, Axsikent arxeologiya parki tarkibidagi Yangi Axsi majmuasidagi bebaho eksponatlar soni yana oʻn adadga ortgan. Mutaxassislar tomonidan XI asrga oidligi aytilayotgan qilich jangdan chiqqan holatda saqlangan. U qattiq poʻlatdan Axsikent temirchilari tomonidan yasalgan.Ikkinchi aslaha

26 Jul 10:18
 
17
0
postda.uz

YЕTMISh YILLIK YO‘L

Adolatli, halol, mehnatsevar insonlar doimo xalqimizning hurmat-e'tiborida bo‘lgan. Uzoq yillar ichki ishlar organlarida samarali xizmat qilgan iste'fodagi podpolkovnik Shavkat Otajonov ham ana shunday fidoyi insonlardan biridir.Yoshlikdan ilm olishga, o‘qimishli, ma'rifatli inson bo‘lishga intilgan Shavkat Otajonov maktabni tamomlagach, Urganch davlat pedagogika institutida tahsil oldi. U 1975–1981-yillar Urganch tumanidagi maktabda o‘quvchilarga ingliz tilidan saboq berdi va kel