Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi 16-bog‘chada faoliyat yurituvchi tarbiyachi bog‘cha bolalarini kaltaklagani sababli ishdan olindi. Bu haqda Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan viloyat va tuman maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda tuman mas’ullari tomonidan ishchi guruh tuzilib, holat o‘rganilgan. Aniqlanishicha, tasvirda aks etgan ko‘ngilsiz hodisa tashkilot tarbiyachisi tomonidan sodir etilgan.
Videoda bog‘cha tarbiyachisi bolalarni ketma-ket yoniga chaqirib, shafqatsizlarcha yuziga va tana qismiga shippak bilan urgani aks etgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, DMTT tarbiyachisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinib, 2024 yil 19 iyun sanasidan e’tiboran egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda xodimlariga qo‘pol munosabatda bo‘lib, ularni urgan bog‘cha mudirasi jazoga tor.