calendar 20 Jun 09:42
eye 72
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Mirziyoyev o‘qituvchilar oyligini oshirishni aytdi

image

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 19 iyun kuni maktabgacha va maktab ta’limi sifatini oshirish, pedagoglar malakasini oshirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Unda Davlat rahbari maktablarda bilimli va izlanuvchan pedagoglar ko‘payishini doimiy rag‘batlantirish zarurligini aytib, 2025 yilning sentyabr oyidan oliy va birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilarning oylik maoshini oshirish taklifini berdi.

Shuningdek, attestatsiyadan o‘tolmagan, tajribasi yetarli bo‘lmagan o‘qituvchilar uchun alohida dastur ishlab chiqib, malakasini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Prezident maktabi tajribasi asosida, Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida bog‘cha va maktablarning rahbar hamda pedagoglarini har 5 yilda malakasini oshirish tizimi yo‘lga qo‘yilishi ham belgilandi. Shu bilan birga, hududlardagi 11 ta pedagogika kollejini Malaka oshirish markazlari tasarrufiga o‘tkazib, xorijdan trenerlarni jalb etish vazifasi qo‘yildi.

Bundan tashqari, Prezident maktabi baholash tizimi yangi o‘quv yilidan yana 1 mingta maktabda qo‘llana boshlaydi. Ularga 182 ta ixtisoslashgan hamda 500 ta tajribadan o‘tgan maktab biriktiriladi.

Asadbek Komilov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:03
 
73
0
qalampir.uz

O‘zbekistonda ichimlik suvi uchun ijtimoiy norma joriy etiladimi?

O‘zbekistonda ichimlik suvi uchun ijtimoiy norma belgilash rejasi yo‘q. Bu haqda “O‘zsuvta’minot” AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari Xurshid Rahmatullayev AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, suv bu — hayotiy ehtiyoj, uni cheklashga yoki qandaydir limit qo‘yishga hozircha hech qanday ehtiyoj mavjud emas. “Bu mening mas’ul shaxs sifatidagi fikrim. Qozog‘istonda bo‘layotgan jarayonlarni biz ham kuzatib tu

28 Jul 02:32
 
119
0
xs.uz

Toshkentda shifokorlarni kaltaklagan “mushtumzoʻr”larga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Avvalroq Toshkent shahri Sergeli tumanida ikki nafar shifokor bemor va uning tanishlari tomonidan ayovsiz kaltaklangani haqida xabar berilgan edi. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilganini maʼlum qildi.Bildirilishicha, Toshkentdagi 1-son shahar klinik shifoxonasida ikki nafar shifokorga tan jarohati yetkazgan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Gumonlanuvchilar protsessual ta

18 Jul 10:21
 
88
0
qalampir.uz

Tashqi ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq Ilhom O‘tkurovich Haydarov O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi. Ilhom Haydarov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Ukrainadagi Favqulodda va muxtor elchisi (2006-2009 yillarda) lavozimlarida ishlagan. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil oxirid

18 Jul 16:19
 
64
0
xs.uz

Davlat rahbarlari Oʻzbekiston-Qirgʻiziston hamkorligini yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab oldilar

Mazkur sammitga tayyorgarlik doirasida Hukumatlararo komissiya yigʻilishi, biznes forumi, Rektorlar forumi, Avlodlar muloqoti va qator madaniy tadbirlar muvaffaqiyatli oʻtkazilgani taʼkidlandi.Savdo, sanoat kooperatsiyasi, energetika, transport, qishloq va suv xoʻjaligi, xavfsizlik, madaniyat va boshqa muhim yoʻnalishlardagi hamkorlik natijalari tanqidiy tahlil qilindi.Muzokaralar davomida tomonlar parlamentlar, hukumatlar, vazirliklar, idoralar va hududlar, ishbilarmonlar, ekspertlar va ja