calendar 19 Jun 14:18
eye 123
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Kanada Navalniyning qoni uchun o‘ch olishda davom etmoqda 

image

Kanada rossiyalik muxolifat yetakchisi Aleksandr Navalniyga yomon munosabatda bo‘lgan va uning o‘limiga aloqador Rossiyaning 13 nafar yuqori martabali huquq-tartibot organlari amaldorlariga nisbatan yangi cheklovlar joriy qildi. Bu haqda mamlakat hukumati xabar berdi.

Hukumatga ko‘ra, ushbu cheklovlar Rossiyada sodir etilgan inson huquqlarining qo‘pol va muntazam ravishda buzilishiga javoban belgilangan. 

“Kommersant” gazetasining qayd etishicha, Kanada Tashqi ishlar vazirligi inson huquqlari buzilishi bilan bog‘liq maxsus choralar to‘g‘risidagi nizomda 111 kishini sanab o‘tgan. E’lon qilingan so‘nggi 13 ta ism orasida esa Federal Jazoni ijro etish xizmatining to‘rt nafar vakili, uchta prokuror, uchta sudya, ikkita tergovchi va Navalniy qamoqqa olingan axloq tuzatish koloniyasining rahbari bor.

“Rossiya bilan bog‘liq sanksiyalar uning Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini jiddiy buzishi, shuningdek, Rossiyada sodir etilgan inson huquqlarining mensilmasligiga javoban “Iqtisodiy maxsus choralar to‘g‘risida” gi qonunga muvofiq kiritildi”, deyiladi Kanada hukumatining hujjatida.

Sanksiya qoidalari aktivlarni muzlatish va cheklov joriy etilgan shaxslar uchun xizmatlarni taqiqlashni o‘z ichiga oladi. Xususan, ular har qanday mulk orqali operatsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq har qanday turdagi moliyaviy yoki boshqa tegishli xizmatlarni ko‘rsatish, tovarlarni taqdim etish hamda moliyaviy yoki tegishli xizmatlarni ko‘rsatishni cheklashdan iboratdir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Aleksandr Navalniyning rafiqasi Yuliya Navalnaya Putinni prezident sifatida tan olmaslikka chaqirgani haqida xabar berilgandi.

Asadbek Komilov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 Jun 00:39
 
81
0
xs.uz

Isroil hujumiga Eronning javob zarba berish rejasi tayyor — “The New York Times”

Eron Isroil tomonidan hujum sodir etilgan taqdirda yahudiy davlatiga yuzlab ballistik raketalardan foydalangan holda javob zarbasi berish rejasini ishlab chiqqan.Bu haqda AQSHning 'The New York Times' gazetasi yuqori martabali Eron rasmiysiga tayanib xabar tarqatdi.'Eron harbiylari va hukumat amaldorlari Isroilning ehtimoliy zarbasiga javob choralarini muhokama qilish uchun allaqachon uchrashishgan. Tehron Isroilga yuzlab ballistik raketalardan foydalangan holda zudlik bilan qarshi hujumni oʻz

31 May 08:50
 
39
0
xs.uz

Falastinda oziq-ovqat tarqatish atrofida mojaro kuchaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda ochlikdan aziyat chekkan falastinliklarning BMT omboriga bostirib kirgani aks etgan. HAMASning maʼlum qilishicha, omborga kirgan 5 kishi otib oʻldirilgan. Maʼlumotlarga koʻra, guruh BMTdan olingan mahsulotlarni aholiga yuqori narxlarda sotishni rejalashtirgan.Isroil qariyb ikki oy davomida Gʻazoga gumanitar yordam kirishini cheklagan edi. Faqatgina oʻtgan haftadan boshlab yuklar qayta kiritila boshlandi. Endi yordam tarqatishni HAMAS emas, AQSHning

17 May 21:47
 
443
0
xs.uz

Isroilning navbatdagi hujumlari oqibatida Gʻazoda yana ellik nafardan ortiq odam halok boʻldi

Chorshanba kuni Isroilning Gʻazo sektoriga bergan navbatdagi zarbalari oqibatida halok boʻlganlar soni 50 nafardan oshdi. Bu haqda 'Al-Jazira' telekanali Falastin tibbiy manbalariga tayanib xabar tarqatdi.'Isroilning chorshanba kuni ertalabdan Gʻazoga bergan zarbalari oqibatida 56 kishi halok boʻldi', ' deyiladi manbada.Avvalroq, Gʻazo sektori shimolidagi Jabaliya shahri va shu nomdagi lagerning bombardimon qilinishi oqibatida 30 nafardan ortiq odam halok boʻlgani xabar qilingandi.Falastin

13 May 14:38
 
140
0
xs.uz

Tramp Rossiya va Ukraina muzokaralaridan chiqadi. Agar…

Amerika Qoʻshma Shtatlari prezidenti Donald Tramp Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi muzokaralarni talab qilmoqda, boʻlmasa jarayondan chiqib ketishini aytgan.Uning maxsus vakili Stiv Uitkoffga koʻra, kelishuv boʻyicha muzokaralarning asosiy mavzulari Kiyevni hududlardan voz kechishga koʻndirish, Zaporojye atom elektr stansiyasidan foydalanish va Ukrainaning Dnepr hamda Qora dengizga kirishi haqida boʻladi. Uitkoff, shuningdek, prezident Vladimir Putinning roziligisiz Ukraina boʻyicha tinchl