calendar 19 Jun 11:55
eye 74
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Sirdaryoda avtomobil yo‘lovchilari bilan kanalga cho‘kib ketdi

image

Sirdaryo viloyatida Nexia-2 haydovchisi va yana to‘rt nafar yo‘lovchi kanalga cho‘kib ketdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Keltirilishicha, joriy yilning 17 iyun kuni soat 13:00 larda Nexia-2 rusumli avtomashina viloyatning Shirin shahridagi Mirzo Ulug‘bek mahallasini Nurobod mahallasi bilan bog‘lab turuvchi “Janubiy Mirzacho‘l” kanali ustidagi transport vositalarining o‘tishi uchun mo‘ljallangan ko‘prikda boshqarib borayotib, nazoratni yo‘qotgan hamda yo‘nalishga nisbatan chap tomondagi ko‘prik to‘sinlariga urilib, kanalga tushib ketgan. Oqibatda mashinada bo‘lgan haydovchi va 4 nafar yo‘lovchi hodisa joyida cho‘kib ketgan.

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining qutqaruv guruhi g‘avvoslari tomonidan olib borilgan tezkor-qutqaruv ishlari davomida kanaldan haydovchi va uch nafar yo‘lovchining jasadi hamda avtomashina topilib, suvdan olib chiqilgan. Hozirda avtomobilda bo‘lgan bir nafar yo‘lovchini qidirib topish ishlari olib borilmoqda.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryoga bir vaqtning o‘zida 11 kishi cho‘kib ketgani xabar qilingandi.

Asadbek Komilov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

29 Jul 13:48
 
74
0
qalampir.uz

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kontrakt narxi oshirildi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kontrakt narxi oshirildi. Bu haqda oliygoh matbuot xizmati xabar berdi. Bildirilishicha, universitet hamda Diplomatik akademiyaning Kuzatuv kengashi 2024/2-qarori bilan 2024-2025 o‘quv yili bakalavriat va magistraturada shartnoma asosida o‘qitish to‘lov-shartnoma yangilangan miqdori tasdiqlangan. Yangilangan to‘lov-shartnoma miqdori quyidagicha belgilandi: 1-bosqich talabalari uchun stipendiyasiz – 29 million 428 ming so

12 Jul 17:47
 
143
0
xs.uz

Salkam 76 million soʻmlik tamaki mahsulotlari musodara qilindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlanganini maʼlum qildi.Departament Yangiyer shahar boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tadbirda qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqarolar A.A. va Sh.B. fuqaro M.X.ga xorijda ishlab chiqarilgan jami 1 390 quti 'Esse change' nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotini 38,9 million soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan us

17 Jul 13:55
 
107
0
xs.uz

Yoshlar tashabbusi bilan futbol maydoni taʼmirlandi

' Tumandagi 20-maktabga qarashli futbol maydonini taʼmirlashga muhtojligi 'Tashabbuskor Yoshlar Markazi' jamoat birlashmasi tomonidan koʻtarildi, ' deydi Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi direktori Hamid Jumayev. ' Shu asosda jamoat birlashmasi raisi Ilhom Toshpoʻlatov tomonidan tayyorlangan loyiha gʻolib topilib, taʼmirlash ishlariga 22 million soʻm davlat granti ajratildi. Ushbu mablagʻ evaziga taʼmi

16 Jul 16:49
 
74
0
qalampir.uz

Toshkentda issiq suv quvuri yorilib ketdi (video)

Toshkent shahridagi “Fayziobod GAI” hududida issiq suv quvuri yorilib ketdi. Bu haqda Mirobod tumani hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, Toshkent shahrida issiqlik tarmoqlarini gidravlik sinovdan o‘tkazish ishlari davom etmoqda. Ayni holat gidravlik sinov vaqtida “Fayziobod GAI” hududida ro‘y bergan va shu joyning o‘zida barcha choralar ko‘rilgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. “Joriy yilning 20 iyundan 2 avgustgacha T