calendar 19 Jun 09:55
eye 136
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Messi Ali Daiga yetib oldi

image

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi terma jamoalar miqyosida eng ko‘p gol urish bo‘yicha 2-o‘ringa ko‘tarildi. 

Bugun, 15 iyun tongida Argentina-Gvatemala o‘rtoqlik o‘yinida Messi dubl qayd etdi va terma jamoadagi gollari sonini 108 taga yetkazib, bu ko‘rsatkich bo‘yicha eronlik afsonaviy futbolchi Ali Daiga yetib oldi.

Bu borada rekord Portugaliya terma jamoasi safida 130 ta gol urgan Krishtianu Ronalduga tegishli.

36 yoshli Messi 2006 yildan buyon 5 ta Jahon chempionatida ishtirok etdi. Umumiy hisobda, Messi Argentina terma jamoasi safida barcha turnirlarda 182 ta o‘yin o‘tkazib, 108 ta gol va 56 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Messi Argentina terma jamoasi tarkibida Qatarda bo‘lib o‘tgan 2022 yilgi Jahon chempionatida g‘olib chiqdi. Oxirgi mundial finalida Argentina terma jamoasi Fransiyani penaltilar seriyasida mag‘lub etdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Jun 02:45
 
133
0
xs.uz

Namangan “O‘zbek botirlari” Gran-prisiga mezbonlik qildi

Bahslar yunon-rum va erkin kurash bo'yicha o'tkazildi. Unda O'zbekiston terma jamoasining asosiy tarkib vakillari ham qatnashdi. Bu orqali murabbiylar shtabi sportchilarimizning yil davomida kutib turgan jahon chempionati va boshqa nufuzli musobaqalarga tayyorgarligini ko'zdan kechirib oldi.

04 Jun 02:45
 
143
0
xs.uz

“Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilarihtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end sport musobaqalarining sport kurashlari bo‘yicha mintaqaviy bosqichiga start berildi

Musobaqada Baliqchi, Bo'ston, Ulug'nor, Shahrixon tumanlarining 15-17 yosh toifasidagi iqtidorli sportchilari kurash maydonida o'zaro kuch sinashmoqda.

13 Jun 00:40
 
36
0
xs.uz

“JCH-2026”ga Osiyodan toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmani qoʻlga kiritgan terma jamoalar maʼlum

'A' guruhida Eron KXDRni 3:0 hisobida magʻlub etib, guruh gʻolibiga aylandi. Oʻzbekiston esa Qatar ustidan yirik gʻalabaga erishib (3:0), mundialga yoʻllanmani muddatidan avval taʼminlab boʻlgan holda saralashni yuqori notada yakunladi. Qirgʻiziston va BAA oʻrtasidagi uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi, ammo bu natija ikki jamoa uchun ham hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlmadi.'V' guruhida Janubiy Koreya va Iordaniya allaqachon toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmani qoʻlga kiri

04 Jun 02:45
 
147
0
xs.uz

Nukusda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

Qizg'in bahslarga boy bo'lgan musobaqa yakuniga ko'ra:16 ' 21 yoshlilar orasida:1-o'rin: Beruniy tumani 'Shabboz' MFY2-o'rin: Qorao'zak tumani 'Dosnazarov' MFY3-o'rin: Qo'ng'irot tumani 'Sanoat' MFY.22 ' 30 yoshdagilar orasida:1-o'rin: Mo'ynoq tumani 'Jayhun' MFY2-o'rin: Shumanay tumani 'Momiy' MFY3-o'rinni Xo'jayli tumani 'Uzumzor' MFY jamoalari egalladi.Musobaqa yakunida g'oliblar tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan diplom, qimmatbaho sovg'alar va O'zbekiston Respublikasi bosqichiga yo'llan