Xitoy tarixda birinchi marta Oyning narigi tomonidan tuproq namunalarini yig‘ib, ularni Yerga qaytaradigan uchuvchisiz kosmik kemani uchirdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Xitoyning eng katta raketasi Xaynan janubidagi Venchan sun’iy yo‘ldoshini uchirish markazidan og‘irligi 8 tonnadan ortiq bo‘lgan “Chan’e-6” zondi olib uchirildi. Zond raketadan ajralib chiqqach, Oy orbitasiga yetib borish uchun to‘rt-besh kun kerak bo‘ladi.
“Chan’e-6” Oyda doimiy tadqiqot stansiyasini yaratish bo‘yicha uzoq muddatli loyihaning bir qismidir. Bunday stansiyaning qurilishi Xitoy va uning hamkorlariga koinotni chuqur o‘rganish uchun forpostga aylanadi.
Xitoyning Oyni tadqiq qilish loyihasining bosh konstruktori U Veyren 2024 yil aprel oyida bo‘lib o‘tgan Xitoy kosmik konferensiyasida Xalqaro Oy Tadqiqot Stansiyasining "tayanch modeli" 2035 yilgacha qurilishini ma’lum qilgan.
Shunday qilib, Xitoy bunday yirik tashabbusni amalga oshirgan birinchi davlat bo‘ldi.