calendar 18 Jun 11:20
eye 73
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Shveysariya Ukraina bo‘yicha navbatdagi konferensiya Yevropada o‘tkazilmasligini aytdi

image

Shveysariyaning Byurgenshtok shahrida bo‘lib o‘tgan forumga o‘xshash Ukraina bo‘yicha navbatdagi konferensiya, katta ehtimol bilan, Yevropa davlatlarida o‘tkazilmaydi. Bu haqda Shveysariya Tashqi ishlar federal departamenti xalqaro xavfsizlik departamenti rahbari Gabriel Lyuxinger ma’lum qildi. 

“Bu (konferensiya), albatta, Yevropada yoki G‘arbda o‘tkazilmaydi. Biz Byurgenshtokda manfaatdor davlatlar bilan muzokaralar olib bordik”, deydi u SRF teleradiokompaniyasiga bergan intervyusida. 

Lyuxinger tadbir tashkilotchisi bo‘lishi mumkin bo‘lgan davlatlar “tez orada harakat qiladi” degan fikrni bildirgan.  

Shveysariya TIV vakilining ta’kidlashicha, navbatdagi konferensiyada Rossiya qandaydir tarzda ishga qo‘shilishi kerak. Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoysiz mojaroni hal qilishning ham imkoni yo‘q. 

“Byurgenshtokda [Xitoyni konferensiyaga] jalb qilishning iloji yo‘qligidan xafa bo‘ldim”, deydi u. 

Lyuxinger Shveysariya Xitoy vakillari bilan aloqada ekanligini va Rossiya bilan munosabatlarni saqlab turishini qo‘shimcha qilgan. 

Ukraina bo‘yicha konferensiya Ukraina tomonining tashabbusi bilan 15-16 iyun kunlari Byurgenshtokda bo‘lib o‘tdi. 14 iyun kuni e’lon qilingan ishtirokchilarning rasmiy ro‘yxatiga 91 davlat, Serbiyaning Kosovo mintaqasi va 8 xalqaro tashkilot kiritilgan. Forumning yakuniy kommyunikesini 15 davlat: Armaniston, Bahrayn, Braziliya, Vatikan, Hindiston, Indoneziya, Iordaniya, Iroq, Kolumbiya, Liviya, Meksika, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Tailand va JAR imzolamadi. Rossiya Byurgenshtokga taklif qilinmadi. BMT a’zolarining aksariyat delegatsiyalari, xususan Ozarbayjon, Belarus, Venesuela, Misr, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Kuba, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Efiopiya qatnashmagan. 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jun 10:46
 
94
0
xs.uz

Isroil Eronning barcha dronlarini urib tushirdi va yana Eron hududiga zarba berdi

Isroil mudofaa kuchlari Eron dronlarini muvaffaqiyatli tutib olgan. Bu haqda 'Ynet' axborot portali xabar bermoqda.Yahudiy davlati armiyasi 13-iyun, juma kuni Eronga hujum qildi. Isroil armiyasi bu operatsiyani 'Eronning yadroviy qurol ishlab chiqarish salohiyatini jilovlash uchun ogohlantiruvchi hujum' dedi.Hujumlar Natanzdagi uranni boyitish markazi, ballistik raketa infratuzilmasi, olimlar va harbiylar yashayotgan hududlar, qurol omborlari va harbiy laboratoriyalarga qaratilgan.Eronning IRNA

08 Jun 02:27
 
41
0
xs.uz

Tramp va Mask omma oldida janjallashdi

AQSH prezidenti Donald Tramp oʻzining sobiq doʻsti va ittifoqchisi, milliarder Ilon Maskni birinchi marta oshkora tanqid qildi. U tadbirkordan hafsalasi pir boʻlganini aytdi va Maskning 'Tesla' va 'SpaceX' kompaniyalariga davlat subsidiyalarini toʻlashni toʻxtatishni taklif qildi. Bunga javoban Mask uning yordamisiz respublikachi hech qachon prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozona olmasligini aytdi va Trampni voyaga yetmaganlarni zoʻrlashga aloqadorlikda aybladi. Sobiq doʻstlar oʻrtasi

18 Jun 21:56
 
194
0
xs.uz

Isroilning “keng va qabih maqsadlari” bor — Turkiya prezidenti

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan Tel-Avivning harakatlarini qoralab, Isroil ' Eron mojarosini diplomatik yoʻl bilan hal qilishga chaqirdi.'Juma kunidan beri shaxsan men ham, tashqi ishlar vazirimiz ham Isroil va Eron oʻrtasidagi mojaroga barham berish boʻyicha diplomatik saʼy-harakatlarni faol davom ettirmoqdamiz', ' deydi Erdogʻan.Uning qoʻshimcha qilishicha, Isroilning Eron yadroviy inshootlariga hujum qilish bahonasida amalga oshirgan tajovuzi yanada kengroq va qabih maqsadlarn

04 Jun 02:45
 
130
0
xs.uz

AQSHda NATOning Rossiyaga qarshi rejasi haqida ogohlantirildi

NATO Rossiya bilan qarama-qarshilikni tugatishni rejalashtirmayapti. Bu haqda AQSHning sobiq diplomati Jeyms Jatras aytib oʻtdi.'Ular bu xalqaro hayotning doimiy xususiyatiga aylanishini xohlaydilar. Ular yangi sovuq urushni xohlaydilar', ' deya ogohlantirdi u.Ekspertning fikricha, Gʻarb Ukraina muammosini hal qilishdan mutlaqo manfaatdor emas va Rossiyani zaiflashtirishga doimiy urinishlarga eʼtibor qaratgan.'Ular istagan oxirgi narsa ' Yevropada toʻlaqonli xavfsizlik tuzilmasiga oʻxshagan