calendar 18 Jun 10:13
eye 88
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Samarqandda Nexia 3 va yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor

image

Bugun, 15 iyun kuni Samarqand viloyatida sodir bo‘lgan Nexia 3 va yuk mashinasi ishtirokidagi YTH oqibatida ikki fuqaro vafot etdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea soat 12:10 larda Ishtixon tumani “Qirqyigit” mahallasi hududidan o‘tuvchi M-37 “Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi" avtomobil yo‘lining 61 kilometrida sodir bo‘lgan. Unda Nexia 3 rusumli avtomobil haydovchisi “Samarqand-Buxoro” yo‘nalishida o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib kelib, yo‘lning o‘ng tomon chetki qismida to‘xtab turgan “ISUZU NQR 71 PL” rusumli yuk avtomashinasining orqa tomonidan kelib urgan va yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Oqibatda Nexia 3 rusumli avtomobilning old o‘rindig‘ida bo‘lgan yo‘lovchisi olgan tan jarohati tufayli voqea joyida, orqa o‘rindiqda bo‘lgan yo‘lovchi esa olgan tan jarohati oqibatida tuman markaziy shifoxonasining jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

“Holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yilning yanvar – may oylari davomida poytaxt Toshkentda 29 kishi yo‘l-transport hodisalari qurboni bo‘lgani haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 Jan 15:20
 
27
0
xs.uz

“Hayotning oʻzi katta teatr...”

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Elimizning sevimli sanʼatkori, taniqli kino va teatr aktyori, Oʻzbekiston xalq artisti Muhammadsoli Yusupov bilan Fargʻona shahri koʻchalarida birga yursangiz, hamma kulib qarayotganini sezib qolasiz. Bu biroz noqulay, ammo yoningizdagi insonning xalqimiz orasida mashhurligini tushunib yetgach, ushbu holat tabiiy ekanligini anglaysiz.Bu aktyor dramaturg Sharof Boshbekov asari asosida sahnalashtirilgan 'Temir xotin' spektaklidagi Qoʻchqorboy roli orqali mashhur

31 Jan 15:21
 
32
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qoʻydi — Fotoreportaj

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-yanvar kuni poytaxtimizdagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar'qo'ydi. Marosimda Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi va hukumat vakillari, ziyolilar, shahar jamoatchiligi jam boʻldi.Bu el-yurtga xizmat unutilmasligi, hamisha eʼzozlanishidan dalolat. Shavkat Mirziyoyevning eʼtibori bilan Birinchi Prezidentimizning xotirasi abadiylashtirildi, u kishi tavallud topgan 30-yanvar har yili nishonlanadigan boʻldi. Toshkentda ilmiy-maʼrifiy yodgor

27 Jan 00:53
 
30
0
xs.uz

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi Shartnomani ratifikatsiya qilish qonuni muhokama qilindi

Senatning uchinchi yalpi majlisida 'O'zbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi o'rtasida ittifoqchilik munosabatlari to'g'risidagi Shartnomani (Dushanbe, 2024 yil 18 aprel) ratifikatsiya qilish haqida'gi Qonun ko'rib chiqildi.O'zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyatida Markaziy Osiyo davlatlari, ya'ni qo'shni mamlakatlar bilan aloqalarni yaxshilash, do'stona muhitni mustahkamlash hamda o'zaro hamkorlikni yanada yuqori darajaga olib chiqish masalalari alohida o'rin tutadi.

31 Jan 15:21
 
32
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qoʻydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-yanvar kuni poytaxtimizdagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qoʻydi.Marosimda Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi va hukumat vakillari, ziyolilar, shahar jamoatchiligi jam boʻldi.Bu el-yurtga xizmat unutilmasligi, hamisha eʼzozlanishidan dalolat. Shavkat Mirziyoyevning eʼtibori bilan Birinchi Prezidentimizning xotirasi abadiylashtirildi, u kishi tavallud topgan 30-yanvar har yili nishonlanadigan boʻldi. Toshkentda ilmiy-maʼrifiy yodgor