calendar 15 Jun 17:55
eye 156
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Yevropa Ittifoqi a’zolari Ukraina va Moldovaga “yashil chiroq” yoqdi

image

Yevropa Ittifoqi davlatlarining doimiy vakillari Ukraina va Moldovaning ittifoqqa kirishi bo‘yicha muzokaralar olib borishni boshlashga kelishib oldilar. Bu haqda Yevropa Ittifoqi Kengashiga raislik qiluvchi Belgiya vakolatxonasi xabar berdi.

“Doimiy vakillar Ukraina va Moldovaning qo‘shilishi bo‘yicha muzokaralar asosini kelishib oldilar”, deya xabar beradi idora o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida. 

O‘tgan yilning noyabr oyi boshida Yevrokomissiya Ukraina va Moldova bilan Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarni boshlashni rasman tavsiya qilib, Kiyev va Kishinyov tomonidan bir qator shartlarni bajarish bo‘yicha muzokaralar asosini qabul qilishni shart qilib qo‘ygandi. Ayni damda ushbu ikki davlat bunday muzokaralarni boshlash uchun deyarli barcha shartlarni bajargan deb hisoblaydi.

Muzokaralarning birinchi raundi 25 iyun kuni boshlanadi. Shu bilan birga, bu jarayonning boshlanishi Bryussel uchun ham o‘ziga xos majburiyatlarni paydo qiladi. 

Ittifoq bir qancha davlatlarni uzoq yillardan buyon ostonada qoldirmoqda. Xususan, Turkiya 1999 yildan, Shimoliy Makedoniya 2005 yildan, Chernogoriya 2010 yildan, Serbiya 2012 yildan buyon Yevropa Ittifoqiga kirish uchun nomzodlar qatorida. Xorvatiya 2013 yilda Yevropa Ittifoqiga qo‘shilgan oxirgi davlat bo‘ldi. Bu jarayon uchun ham 10 yil vaqt talab etilgan.

Eslatib o‘tamiz, roppa-rosa bir hafta oldin Yevropa Komissiyasi Ittifoq a’zolariga Ukraina va Moldova bilan a’zolik bo‘yicha muzokaralarni boshlashni tavsiya qilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Feb 00:21
 
28
0
xs.uz

Olmaotaga qoʻna olmagan samolyotlar Toshkentga yoʻnaltirildi

Quyuq tuman tufayli Olmaota shahriga qoʻna olmagan ikkita reys Toshkentdagi muqobil aerodromga yoʻnaltirildi.'Loong Air' aviakompaniyasining Xanchjoudan Olmaotaga uchgan GJ8217 reysi 17-fevral kuni soat 23:05 Toshkentga qoʻndi. Yoʻlovchilar va ekipaj aʼzolari mehmonxonalarga joylashtirildi. Manzil aeroportga uchish mahalliy vaqt bilan soat 14:00 ga rejalashtirilgan.Bundan tashqari, 'Azimut' aviakompaniyasining Mineralne Vodi ' Olmaota yoʻnalishi boʻyicha AZO6141 reysi mahalliy vaqt bilan

26 Feb 17:06
 
30
0
xs.uz

AQSH Ukrainadagi urushni “konflikt” deb atashni boshladi

BMT Xavfsizlik Kengashi Ukrainadagi urushga oid AQSH tomonidan tayyorlangan 'Tinchlikka yoʻl' ('The Path of Peace') nomli rezolyutsiyani qabul qildi. Mazkur hujjat urushni tezroq yakunlashga chaqirsa-da, Rossiyani agressor sifatida nomlamagan.24-fevral kuni boʻlib oʻtgan ovoz berishda Xavfsizlik Kengashining 15 aʼzosidan 10 nafari rezolyutsiyani qoʻllab-quvvatladi. AQSH, Rossiya va Xitoy ham hujjatni maʼqulladi. Besh davlat, shu jumladan, Buyuk Britaniya va Fransiya ovoz berishda neytral q

28 Feb 01:19
 
31
0
xs.uz

Rossiyada qarovsiz qolgan ikki nafar bola Oʻzbekistonga olib kelindi

Rossiya Federatsiyasida ota-ona qaramogʻisiz qolgan 2 nafar bola Oʻzbekistonga olib kelindi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi axborot xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, bolalarning biri ota-onasining ishonchnomasi asosida Rossiyaga ketgan. Ikkinchisi esa 2023-yildan beri mehnat migratsiyasida, 9-sinf oʻquvchisi boʻlganidayoq opasining turmush oʻrtogʻi bilan Moskvaga borib, dastlab farrosh, keyinchalik esa qahvaxonada idish-tovoq yuvuvchi sifatida ishlab yurgan.Ikkala fuqaro ham

19 Feb 00:21
 
41
0
xs.uz

Saudiyada Ukraina taqdiri “hal” qilinmoqda (mi?)

Bugun AQSH va Rossiya vakillari Saudiya Arabistonida Ukrainadagi urushni tugatish masalasini koʻrib chiqmoqda. AQSH Davlat kotibi Marko Rubio va Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning ushbu muzokarasi Tramp va Putinning uchrashuvini taʼminlab berishi mumkin.Qayd etish kerakki, oʻtgan hafta Tramp maʼmuriyati Ukraina va Yevropasiz urushni hal qilishga kirishganidan keyin Yevropa davlatlari dushanba kuni Parijda favqulodda muzokaralar oʻtkazgandi.Xabar qilinishicha, Fransiyadagi uchras