calendar 19 Feb 00:21
eye 102
comments 0
comments Manba: xs.uz

Saudiyada Ukraina taqdiri “hal” qilinmoqda (mi?)

image
Bugun AQSH va Rossiya vakillari Saudiya Arabistonida Ukrainadagi urushni tugatish masalasini koʻrib chiqmoqda. AQSH Davlat kotibi Marko Rubio va Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning ushbu muzokarasi Tramp va Putinning uchrashuvini taʼminlab berishi mumkin.

Qayd etish kerakki, oʻtgan hafta Tramp maʼmuriyati Ukraina va Yevropasiz urushni hal qilishga kirishganidan keyin Yevropa davlatlari dushanba kuni Parijda favqulodda muzokaralar oʻtkazgandi.

Xabar qilinishicha, Fransiyadagi uchrashuv mavzusi Yevropa qoʻshinlarini Ukrainaga joylashtirish va mintaqa ittifoqchilarining mudofaa xarajatlarini koʻpaytirish boʻlgan. Shuningdek, qitʼaning milliy xavfsizligi uchun muhim masalalar muhokama qilindi.

NATO kotibi Mark Ryutte Parij muzokaralari Yevropa rahbarlari uchun tinchlik jarayonini qoʻllab-quvvatlashda strategiya tuzish uchun imkoniyat yaratganini maʼlum qildi. Kotibning aytishicha, Ukraina tinchligini taʼminlashda mamlakatga tinchlikparvar kuchlar ham joylashtirilishi mumkin. Bu jarayonga Amerika ham qoʻshilishi muhim sanaladi. Shundagina Putin qaytib tajovuz qilmaydi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Parij sammitidan keyin Makron bilan suhbatlashib, Ukraina uchun ishonchli xavfsizlik kafolatlarini talab qilgan. Tramp maʼmuriyati vakili Pit Xegset Ukrainaning NATOga aʼzoligini soʻroq ostiga olishi, Yevropa xavfsizligi endi Amerika uchun ustuvor emasligini aytganidan buyon mintaqa tashvishga tushib qoldi. Tramp va Putin suhbati esa 'dard ustiga chipqon' boʻldi.

Undan tashqari juma kuni Myunxen xavfsizlik konferensiyasida nutq soʻzlagan AQSH vitse-prezidenti DJ Vens Yevropa vakillarini soʻz erkinligini taʼqib qilishda ayblagan.

Xalqaro strategik tadqiqotlar institutining Rossiya va Yevroosiyo boʻyicha katta xodimi Nayjel Gould-Devisga koʻra, Tramp hokimiyati jarayonni tezroq hal qilish asnosida shoshqaloqlik qilmoqda va bu bir qator zaif nuqtalarni ochib beradi. Bildirilishicha, ushbu harakat natijasida Putinning qoʻlida ekspluatatsiya qilish uchun koʻp imkoniyatlar toʻplanib qoladi.

Zelenskiy 'Ukrainasiz Ukraina haqida' tamoyiliga rozi emas. Agar Vashington Kiyevga xavfsizlik kafolatini bersa, Zelenskiy Qoʻshma Shtatlarni qiziqtirayotgan noyob yer minerallariga kirishga ruxsat beradi.

Maʼlumotlarga koʻra, Trampning Rossiya-Ukraina boʻyicha maxsus vakili Kit Kellog payshanba kuni Ukrainaga tashrif buyuradi va Zelenskiy uni frontdagi askarlar bilan uchrashtirmoqchi. Shunda u haqiqiy vaziyatni oʻz koʻzi bilan koʻradi.

Ayni soatlarda Saudiyada AQSH va Rossiya rasmiylari oʻrtasida muzokaralar davom etmoqda. CNN tomonidan Rossiya murosaga kelishga tayyormi yoki yoʻqmi, degan savolga Lavrov muzokaralarga jiddiy yondashish kerakligini aytgan, xolos.

Shuningdek, Zelenskiy bugun ertalab Turkiyaga yetib borgani maʼlum qilindi. Hozircha boshqa tafsilotlar maʼlum emas.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Apr 11:08
 
53
0
xs.uz

Kolumbiyada xavfli kasallik tarqalishi sababli favqulodda holat eʼlon qilindi

Kolumbiyada sariq isitma avj olgani sababli favqulodda holat eʼlon qilindi. Bu haqda mamlakat sogʻliqni saqlash vaziri Gilermo Alfonso Jaramillo 'Senal Colombia' telekanali orqali maʼlum qildi.'Prezident Gustavo Petro boshchiligidagi hukumat mamlakatda sogʻliqni saqlash boʻyicha favqulodda holat eʼlon qildi', dedi u oʻz chiqishida.Vazirning taʼkidlashicha, Kolumbiyada 74 ta infeksiya holati aniqlangan, ulardan 34 tasi oʻlim bilan yakunlangan.

17 May 21:47
 
31
0
xs.uz

Qozogʻistonda davlat xizmatchilariga “ChatGPT”dan foydalanishga taqiq qoʻyildi

Qozogʻiston hukumati davlat xizmatchilariga xizmat faoliyati davomida 'ChatGPT'dan foydalanishni taqiqladi. Bu haqda Raqamli rivojlanish vazirining oʻrinbosari Qanish Tuleushin maʼlum qildi.Unga koʻra, taqiq maʼlumotlar sizib chiqishining oldini olish maqsadida joriy etilgan. Shuningdek, xizmatchilarga muqobil sifatida Nazarboyev universiteti negizida ishlab chiqilgan mahalliy sunʼiy intellekt tizimi taklif etilgan.Bundan tashqari, u hozirda bajarilgan ishlar qay bir sunʼiy intellekt tizi

18 Apr 11:08
 
62
0
xs.uz

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Oʻzbekistonga keladi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 22html5-dom-document-internal-entity1-minus-end23-aprel kunlari rasmiy tashrif bilan Toshkentda boʻladi.'Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova maʼlum qildi.Tashrif davomida Toshkent shahrida Oʻzbekiston prezidenti bilan muloqot, shuningdek, mamlakatimiz tashqi ishlar vaziri bilan muzokaralar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.Xabarda aytilishicha, asosiy eʼtibor Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 2024-yil may oyida O

21 Apr 08:34
 
426
0
xs.uz

Isroilning Gʻazoga bergan navbatdagi zarbalari oqibatida yana 20 nafarga yaqin falastinlik halok boʻldi

Isroilning Gʻazo sektoriga bergan ertalabki zarbalari oqibatida 20 nafarga yaqin odam halok boʻlgan. Bu haqda 'Al-Jazira' telekanali Falastin tibbiy manbalarga tayanib xabar tarqatdi.'Juma kuni ertalabdan beri Isroilning Gʻazo sektorining shimoliy va janubiy hududlariga bergan zarbalari natijasida 17 falastinlik halok boʻldi', ' deyiladi xabarda.Telekanal maʼlumotlariga koʻra, bu safar Isroil tomonidan Xon-Yunis hududidagi turar-joy binolari va Jabaliyadagi qochqinlar joylashgan maktab bom