calendar 15 Jun 11:54
eye 46
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Andijonda g‘alla maydoni yonib ketdi (video)

image

Kecha, 14 iyun kuni Andijon viloyatida g‘alla maydoni yonib ketdi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, yong‘in viloyatning Izboskan tumani hududida joylashgan “Nurullo saxovati” chorvachilik fermer xo‘jaligida sodir bo‘lib, hodisa oqibatida 8 gektarlik g‘alladan bo‘shagan yer maydonining 1 gektar qismi yonib ketgan.

FVBning qo‘shimcha qilishicha, hozirda hodisaga sababchi shaxslar aniqlanmoqda va tegishliligi bo‘yicha qonuniy chora ko‘riladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda g‘alla dalasi yonib ketgani haqida xabar berilgandi.

Asadbek Komilov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

10 Jul 10:49
 
77
0
qalampir.uz

Baxtiyor Saidov Malayziya Bosh vaziri qabulida bo‘ldi

Bugun, 9 iyul kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Kuala-Lumpurda Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim qabulida bo‘ldi. Bu haqda TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.  U Bosh vazirga Prezident Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomlarini yetkazgan.  “O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar barcha sohalarda, ayniqsa, oliy darajadagi uchrashuvlardan so‘ng misli ko‘rilmagan sur’atlarda rivojlanib bormoqd

12 Jul 17:57
 
110
0
xs.uz

Oʻzbekistonda sport tadbirlari orqali yoshlar qamrovini 10 million nafarga yetkazish rejalashtirilmoqda – Nurbek Salomov

Qayd etilishicha, aholining jismoniy tayyorgarligini baholash maqsadida 11 ta yosh toifalari boʻyicha aholidan sport sinovlari qabul qilish tizimi yanada takomillashtirilib, bu borada alohida elektron platforma ishga tushirildi.Shuningdek, bugunga qadar 23 turdagi normativlar boʻyicha sinovlarni topshirish istagini bildirgan 4,2 million nafar yoshlar elektron roʻyxatdan oʻtdi va ularning 3,2 million nafaridan sport sinovlari qabul qilindi. Joriy yil umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari va ol

26 Jul 10:20
 
46
0
qalampir.uz

Berdimuhamedov Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 24 iyul kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Turkmaniston milliy yetakchisi Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan samimiy qutlab, mustahkam sog‘lik va farovonlik, qardosh O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi. “O‘zbekiston bilan Turkmanist