calendar 15 Jun 09:25
eye 91
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

NATO Ukrainani ta’minlash uchun 3 ta yirik harbiy baza yaratmoqchi – Orban

image

NATO o‘z mamlakatlari hududida uchta yirik harbiy baza yaratishni va ulardan Ukrainaga qurol yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban “Kosut” radiostansiyasining ertalabki dasturida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.

Orban, agar bu bazalar Ukraina bilan chegaradosh mamlakatlarda, xususan Polsha, Ruminiya va Slovakiyada tashkil etilsa, ular harbiy nishonga aylanishidan xavotirda ekanligini bildirdi. Bosh vazirning ta’kidlashicha, yaqin atrofda joylashgan Vengriya ham o‘z xavfsizligi haqida qayg‘uradi va bu harakatlarda ishtirok etmaydi.

"Mintaqa davlatlari – Polsha va Ruminiya Ukraina mojarosiga qanday munosabatda bo‘ladi? Ular oldingi chiziqqa eng yaqin bo‘lganlari uchun ukrainaliklarga eng ko‘p yordam bera oladilar deb o‘ylashadi. Slovaklar esa bu borada ehtiyotkor”, deydi Bosh vazir.

Hukumat rahbari Vengriya NATOning Ukrainadagi missiyasida ishtirok etishni istamasligini bir necha marta tasdiqladi. Bu missiya Ukraina armiyasi uchun qurol-yarog‘ yetkazib berishni muvofiqlashtirish va harbiy kadrlar tayyorlashdan iborat. U 12 iyun kuni Budapeshtga tashrif buyurgan NATO Bosh kotibi Yens Stoltenbergdan Vengriya o‘z hududidan tashqaridagi alyans operatsiyalarida ishtirok etmasligi haqida kafolat olganini eslatdi.

"Biz NATOga a’zo 31 davlat tomonidan tinchlik pozitsiyasidan urush pozitsiyasiga o‘tishimiz uchun katta bosim ostida ekanimiz aniq.  
Muammo shundaki, NATOning 32 davlatidan 31 tasi ruslarni mag‘lub etishni xohlaydi va urishayotgan tomonlar – Ukraina va Rossiya bu mojaroni jang maydonida hal qilish mumkinligiga ishonib, bir-biriga taslim bo‘lishni xohlamaydilar”, deydi Viktor Orban.

Siyosatchi bu urushning ma’nosi yo‘q ekanligi va jang maydonida hech qanday yechim mavjud emasligiga ishonishini qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Viktor Orban Vengriya NATOning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashiga veto qo‘ymaslikka rozi bo‘lganini aytgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Jun 02:45
 
128
0
xs.uz

AQSHda NATOning Rossiyaga qarshi rejasi haqida ogohlantirildi

NATO Rossiya bilan qarama-qarshilikni tugatishni rejalashtirmayapti. Bu haqda AQSHning sobiq diplomati Jeyms Jatras aytib oʻtdi.'Ular bu xalqaro hayotning doimiy xususiyatiga aylanishini xohlaydilar. Ular yangi sovuq urushni xohlaydilar', ' deya ogohlantirdi u.Ekspertning fikricha, Gʻarb Ukraina muammosini hal qilishdan mutlaqo manfaatdor emas va Rossiyani zaiflashtirishga doimiy urinishlarga eʼtibor qaratgan.'Ular istagan oxirgi narsa ' Yevropada toʻlaqonli xavfsizlik tuzilmasiga oʻxshagan

15 Jun 10:46
 
91
0
xs.uz

“...Huquqiy, siyosiy, harbiy yoki maʼnaviy nuqtayi nazardan oqlab boʻlmaydi”, “Ochiq-oydin tajovuz…”, “Nomaqbul voqea” — xalqaro hamjamiyat Isroilning hujumiga qanday munosabatda

Bugun, 13-iyun tonggida Isroil Eronga zarbalar berib, yadroviy inshootlar, raketa zavodlari va harbiy qoʻmondonlarni nishonga oldi. Eron ommaviy axborot vositalari va guvohlar portlashlar haqida xabar berishdi.Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu buni 'Isroil tarixida hal qiluvchi lahza' deb taʼriflar ekan, operatsiya 'qancha kerak boʻlsa, shuncha' davom etishi kutilayotgani, unda Eron yadroviy olimlarini ham nishonga olinganini aytdi.Oʻz navbatida, uzoq vaqtdan beri yadroviy faoliyati tinc

31 May 08:50
 
104
0
xs.uz

Nodirjon Turgʻunov Oʻzbekistonning Iordaniyadagi elchisi etib tayinlandi

Oʻzbekistonning Iordaniyaga yangi tayinlangan elchisi Nodirjon Turgʻunov ushbu mamlakat TIVga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi, deb'xabar bermoqda''Dunyo' axborot agentligi.Maʼlum qilinishicha, kecha, 28-may kuni Nodirjon Turgʻunov Iordaniya Tashqi ishlar va xorijdagi vatandoshlar bilan ishlash vazirligi bosh kotibi Majid al-Qatarna bilan uchrashgan. Suhbat chogʻida Oʻzbekiston-Iordaniya munosabatlarini jadallashtirish, shuningdek, BMT, Islom hamkorlik tashkiloti kabi xalqaro tashk

31 May 08:50
 
118
0
xs.uz

AQSH sudi Tramp qoʻygan bojlarni toʻxtatish haqida qaror chiqardi

Sud qaroriga koʻra, Tramp bu tariflarni joriy etar ekan oʻz vakolatlaridan foydalanishda chegaradan oshib ketgan. Maʼmuriyat 10 kun ichida tariflarni bekor qilish jarayonini yakunlashi kerak.Uch nafar sudyadan iborat hayʼat qarorida aytilishicha, u 1977-yildagi Xalqaro favqulodda iqtisodiy vakolatlar toʻgʻrisidagi qonunga asoslanib, AQSHda favqulodda holat eʼlon qilib, katta tariflar joriy qilgan vaqtida oʻz vakolatlaridan chetga chiqqan.Shuningdek, AQSH Konstitutsiyasiga koʻra, Kongres