calendar 15 Jun 09:12
eye 104
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Uchqo‘rg‘on tumaniga yangi hokim tayinlandi

image

Dilshod Mirxanov Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumaniga hokim etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, bugun, 14 iyun kuni bo‘lib o‘tgan xalq deputatlari Uchqo‘rg‘on tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rilgan va unda deputatlar viloyati hokimining Uchqo‘rg‘on tumani hokimi Muhammad Abduhakimovich Haydarovni lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi qarorini bir ovozdan ma’qullab, Dilshod Abdullayevich Mirxanovni tuman hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi qarorini tasdiqladi. 

Ma’lumot uchun, Dilshod Mirxonov 1985 yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. 2006 yilda Namangan muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan. Mutaxassisliklari – qurilish muhandisi va iqtisodchi.

Mehnat faoliyatini viloyat “Qumak Madad” uy-joy mulkdorlari shirkatida mutaxassis sifatida boshlagan. 2015-2017 yillarda viloyat hokimligi Yagona buyurtmachi injiniring kompaniyasi moliya va xo‘jalik shartnoma munosabatlari bo‘limi bosh mutaxassisi, 2017-2019 yillarda esa sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar bo‘limi mutaxassisi lavozimlarida ishlagan. Bundan tashqari, Namangan viloyati hokimligi kommunal xo‘jaligi, “Qishloq qurilish invest” MCHJ IK hududiy filiali rahbari bo‘lib ishlagan. 

Tayinlovga qadar viloyat Bosh qurilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Asadbek Komilov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 Jan 15:21
 
19
0
xs.uz

Dorixonalar orqali giyohvandlik vositalarini berish tartibi belgilandi

Oʻzbekistonda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni dorixonalar orqali berish tartibi qayta koʻrib chiqilib, uning aniq meʼyorlari belgilandi. Mazkur tartib Adliya vazirligi tomonidan 27-yanvar kuni rasmiy davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan 'Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash, realizatsiya qilish, berish, taqsimlash va hisobga olish tartibi toʻgʻrisida'gi nizom asosida amalga oshiriladi.Yangi nizomga koʻra, giyohvandlik vositalari do

31 Jan 15:21
 
18
0
xs.uz

Tergovda shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlari yanada kuchaytiriladi

Oʻzbekiston Respublikasida tergov faoliyati jarayonida shaxs huquqlari va erkinliklarini himoya qilish tizimini mustahkamlash boʻyicha muhim huquqiy oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda. 2025-yil 28-yanvarda qabul qilingan yangi qonunga (OʻRQ-1022-son) muvofiq, jinoyat-protsessual qonunchiligiga qator oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.Ushbu oʻzgarishlar tergov sudyalari vakolatlarini aniq belgilash hamda sudga qadar ish yuritish jarayonida protsessual qarorlarni sanksiyalash tartibini m

31 Jan 15:20
 
19
0
xs.uz

Bayonnoma tuzilgan “BYD Song” avtomobilini olib ketayotgan YPX inspektori YTHga uchradi

30-yanvar kuni Fargʻona viloyati Oltiariq tumanida yoʻl-transport hodisasi oqibatida 17 yoshli bola vafot etdi, deya xabar bermoqda viloyat YHXB.Taʼkidlanishicha, 20 yoshli fuqaro M.Gʻ. amakisiga tegishli 'BYD Song EV' avtomobilini tegishli hujjatlarsiz boshqargani aniqlanib unga maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.Shundan soʻng YPX inspektori R.Q. mashinani jarima maydonchasiga olib ketayotganida 17 yoshli X.N. ustoziga tegishli 'Damas' avtomobilini haydovchilik guvohnomasiz boshqarib,

27 Jan 00:53
 
18
0
xs.uz

Endi oʻqituvchilar ovoz yigʻib yurishmaydi(mi?)

'Tashabbusli byudjet' jarayonlarini oʻtkazish hamda moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.Yangi tartibga koʻra, har yili tuman va shaharlar byudjetida 10 tadan kam boʻlmagan, koʻpi bilan 30 ta loyiha uchun yetarli mablagʻlar rejalashtiriladi hamda 10 tadan ortiq loyihalar uchun mablagʻlar tuman yoki shahar aholisining tegishli hududning aholi sonidagi ulushidan kelib chiqib taqsimlanadi.Shuningdek, oʻzini-oʻzi moliyalas