calendar 14 Jun 20:55
eye 61
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Yevropa chempionatidan Germaniya qancha foyda ko‘rishi aniq bo‘ldi

image

2024 yilgi futbol bo‘yicha Yevropa chempionati Germaniya g‘aznasiga 1 milliard dollar daromad keltirishi mumkin. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra,  daromadning asosiy qismi mamlakatga keladigan sayyohlar oqimi bilan bog‘liq.

Yevropa chempionatining ochilish o‘yinida “A” guruhi ishtirokchilari – Germaniya va Shotlandiya terma jamoalari to‘qnash keladi. Yevro-2024ning ochilish o‘yini 14 iyun kuni Myunxendagi “Alyans Arena”da bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:55 da boshlanadi.

Yevro-2024ning final bosqichiga Germaniyaning 10 ta shahridagi 10 ta stadion mezbonlik qiladi. Qit’a chempionati roppa-rosa bir oy – 14 iyulga qadar davom etadi.

Ma’lumot uchun, Yevropa chempionatining amaldagi g‘olibi Italiya terma jamoasi hisoblanadi. Italiyaliklar 2020 yilda Angliya poytaxti Londondagi “Uembli” stadionida Angliya terma jamoasini penaltilar seriyasida mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevro-2024 o‘yinlariga muxlislarning Falastin va Isroil bayroqlarini olib kirishi taqiqlangani xabar qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Jul 09:22
 
72
0
qalampir.uz

Parij-2024: O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasining yakuniy qaydnomasi e’lon qilindi

Tarixda ilk bor Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etadigan futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasining Parij mezbonlik qiladigan to‘rt yillikning eng yirik sport musobaqasi uchun qaydnomasi e’lon qilindi.  Reglamentga ko‘ra, turnir uchun yakuniy qaydnomadan 18 futbolchi o‘rin olgan. Yana 4 nafar futbolchi 18 nafar o‘yinchidan kimdir jarohat olsa, tarkibga qo‘shiladi.  Barcha futbolchilar 1-raqamdan 18-raqamgacha tartiblanadi. Qo‘shimcha 4 nafar fut

22 Jul 15:31
 
46
0
qalampir.uz

“Andijon” 200 ming dollarga futbolchi sotdi

“Andijon” futbol klubining 21 yoshli a’zosi Sherzod Esonov Rossiyaning “Akron” klubiga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda “Andijon” jamoasi matbuoti matbuot xizmati xabar berdi. Manbaga ko‘ra, yozgi transfer oynasida Tolyatti jamoasidan Esonov transferi bo‘yicha jiddiy taklif tushgan. Ikkala klub tomonidan olib borilgan muzokaralardan so‘ng Esonov “Akron” jamoasiga 200 ming AQSH dollariga transfer qilingan. Qayd etish joiz, “Akron&rdqu

11 Jul 15:12
 
121
0
xs.uz

Mbappe “Real Madrid”da qaysi raqamda oʻynashi rasman aniq boʻldi

Fransiyalik hujumchi Kilian Mbappe 'Real Madrid'da qaysi raqamda oʻynashi rasman aniq boʻldi.Kulbi sayti yangi mavsumda futbolchilar qaysi raqamlarda oʻynashini koʻrsatib oʻtdi.Unga koʻra, Mbappe '9', Kamavinga jamoani tark etgan Nachoning '6', Valverde esa Kroosning '8' raqamini olgan. Shuningdek, Fransiyalik tayanch yarimhimoyachi Chuameni '14', Arda Guler esa Valverdening '15' raqamida faoliyatini davom ettiradi. Ijaradan qaytgan Valyexoga esa '18' raqam nasib qildi.2009-yilgi mavsumda

26 Jul 10:19
 
40
0
qalampir.uz

Parij-2024: Argentinalik futbolchining qimmatbaho narsalari o‘g‘irlandi

Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Tiago Almadaning buyumlari futbol bo‘yicha Olimpiya o‘yinlarining guruh bosqichining ochilish bosqichi oldidan o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda Argentina olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xaver Maskerano “TyC Sports”ga bergan intervyusida aytdi. “Tiago Almadaning buyumlari o‘g‘irlangan, uzuklar va soatlar mashg‘ulotdan so‘ng yo‘qolgan, ammo biz bu haqda qayergadir murojaat qilishni istamadik”, deydi Maskerano