calendar 22 Jul 15:31
eye 46
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“Andijon” 200 ming dollarga futbolchi sotdi

image

“Andijon” futbol klubining 21 yoshli a’zosi Sherzod Esonov Rossiyaning “Akron” klubiga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda “Andijon” jamoasi matbuoti matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, yozgi transfer oynasida Tolyatti jamoasidan Esonov transferi bo‘yicha jiddiy taklif tushgan. Ikkala klub tomonidan olib borilgan muzokaralardan so‘ng Esonov “Akron” jamoasiga 200 ming AQSH dollariga transfer qilingan.

Qayd etish joiz, “Akron” o‘z tarixida ilk marta Rossiya Premer-ligasida ishtirok etadi. O‘tgan yili jamoa Rossiya birinchi ligasida bronza medallarga ega chiqib, elitaga chiqishni uddaladi.

Ma’lumot uchun, Sherzod Esonov 2022 yildan buyon “Andijon”da to‘p tepib kelayotgandi. Joriy mavsumda Esonov “Andijon” libosda 15 ta uchrashuvda  ishtirok etib, 2 ta gol muallifiga aylandi. Esonov O‘zbekiston U-20 jamoasi safida Osiyo chempioni bo‘lgan va o‘tgan yili Xanchjouda o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida bronza medalga ega chiqqan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

29 Jul 14:56
 
56
0
xs.uz

Murodjon Yoʻldoshev qozogʻistonlik dzyudochini magʻlub etdi. Navbatdagi raqib kim boʻladi?

Unda ishtirok etayotgan dzyudochimiz jahon chempionati sovrindori Murodjon Yoʻldoshev -73 kggacha boʻlgan vaznda qozogʻistonlik Daniyar Shamshayevni magʻlub etdi.Shu tariqa keyingi bosqichga yoʻl olgan sportchimizga AQSHlik taniqli sportchi Jek Yonezuka yoki moldovalik Adil Osmanov raqiblik qiladi.Avvalroq, dzyudochi Shukurjon Aminova afrikalik sportchini magʻlub etib keyingi bosqichga chiqqanligi haqida maʼlum qilingandi.

26 Jul 10:19
 
31
0
qalampir.uz

Makron bilan ko‘rishgan o‘zbekistonlik murabbiy bokschilarning imkoniyatini yuqori baholadi

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Fransiyaning Nansi shahridagi mashg‘ulotlarni yakunlab, hozirda Parijda Olimpiada bahslari uchun adaptatsiya jarayonlarini o‘tkazmoqda. Bu haqda terma jamoa murabbiyi Farrux Qilichev QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi. “Nansidagi ikki haftalik mashg‘ulotimiz tugadi. Bokschilar bahslarga a’lo darajada tayyorgarlik ko‘rdi. 5 yildan buyon mana shu jamoaga murabbiylik qilyapman. Bungacha hech qachon bolalar bugungidek yaxshi formada bo

26 Jul 10:19
 
40
0
qalampir.uz

Parijga sportchilar uchun O‘zbekistondan maxsus ovqatlar jo‘natildi

Parijda bo‘lib turgan O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolariga milliy taomlar jo‘natildi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi. “Yirik kompleks musobaqalarda sportchilarimiz hech qachon taomlardan qiynalmagan. Davlatimizning qo‘llab-quvvatlashi bilan har bir musobaqalarda atletlarimiz uchun milliy taomlarimiz keltiriladi", deyiladi manba xabarida. Qayd etilishicha, Parijda ham delegatsiya a’zolariga ovqatlanishlari uchun alohida sharoit ya