calendar 14 Jun 20:00
eye 49
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Putin Ukrainaga bosqinni to‘xtatish bo‘yicha tahdidli shartini aytdi

image

Ukraina qo‘shinlari Donetsk va Lugansk xalq respublikalari (tan olinmagan – tahr.), Zaporoje va Xerson viloyatlarining butun hududidan olib chiqilishi kerak – shunda Rossiya muzokaralarga tayyor bo‘ladi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 14 iyun kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati bilan uchrashuvda aytib o‘tdi. 

“Ukraina qo‘shinlari Donetsk, Lugansk xalq respublikalari, Xerson va Zaporoje viloyatlaridan, aynan ushbu viloyatlarning Ukrainaga kirish vaqtida mavjud bo‘lgan ma’muriy chegaralari doirasidagi butun hududidan, to‘liq olib chiqilishi  kerak. Kiyev bunday qarorga tayyor ekanligini e’lon qilishi va qo‘shinlarni ushbu hududlardan haqiqiy olib chiqishni boshlashi, shuningdek, NATOga qo‘shilish rejalaridan voz kechgani haqida rasman ma’lum qilishi bilan biz tomonimizdan darhol, xuddi shu daqiqada o‘t ochishni to‘xtatish va muzokaralarni boshlash to‘g‘risida buyruq beriladi”, deydi davlat rahbari. 

Putin Ukraina shunday qarorga kelsa, va’da berganidek, o‘t ochishni zudlik bilan to‘xtatishini takror aytdi. 

Prezident muzokaralarni boshlash uchun Rossiya tomonining shartlari “oddiy” ekanini ta’kidlab, Moskva doimo tinchlikka intilganini tushuntirdi.

Uning bildirishicha, Rossiya, shuningdek, agar Kiyev shunday qaror qabul qilsa, Ukraina bo‘linmalari Donbass va Novorossiyadan to‘siqlarsiz va xavfsiz olib chiqilishini kafolatlaydi. 

“Tabiiyki, ayni paytda biz Ukraina bo‘linmalari va qo‘shinlarining to‘siqsiz va xavfsiz olib chiqib ketilishini kafolatlaymiz. Biz, albatta, bunday qaror – ham qo‘shinlarni olib chiqish, ham blokka kirmaslik, ham Rossiya bilan muloqotni boshlash to‘g‘risida (Ukrainaning kelajakdagi mavjudligi shunga bog‘liq) – Kiyevda mustaqil ravishda qabul qilinishini kutmoqchimiz”, deydi Putin. 

Uning fikricha, Ukraina rasmiylari qaror qabul qilishda hukmron voqelikka tayangan holda, G‘arb buyrug‘i bilan emas, Ukraina xalqining haqiqiy milliy manfaatlaridan kelib chiqishi kerak.  

“Lekin, bunday bo‘lishiga nisbatan katta shubhalar bor”, deydi Putin Kiyev o‘z ixtiyori bilan qaror qabul qilishiga shubha bildirib.

Uning ogohlantirishicha, Kiyev va G‘arbning Rossiyaning yangi tinchlik taklifidan voz kechishi taklif qilingan shartlarning o‘zgarishiga olib keladi, chunki Kiyev uchun jang maydonidagi vaziyat yomonlashadi.  

“Agar Kiyev va G‘arb poytaxtlarida ham avvalgidek rad etsalar, oxir-oqibat, bu ularning biznesi, qon to‘kilishining davom etishi uchun siyosiy va ma’naviy javobgarligidir. Shubhasiz, hududdagi,  jangovar aloqa chizig‘idagi voqeliklar Kiyev rejimi foydasiga o‘zgarmaslikda davom etadi va muzokaralarni boshlash shartlari boshqacha bo‘ladi”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, ushbu yig‘ilishda Putin Donbass, Xerson va Zaporoje viloyatlari aholisining Rossiya bilan birga bo‘lish irodasi buzilmas va bu masala abadiy yopiqligini aytgandi. 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:40
 
13
0
xs.uz

Toʻfon tufayli Floridaning besh milliondan ortiq aholisi evakuatsiya qilindi

'Milton' toʻfoni tufayli AQSHning Florida shtatida yashovchi besh milliondan ortiq odam evakuatsiya qilindi. 'New York Times' nashrining yozishicha, bu shtat tarixidagi eng yirik evakuatsiyalardan biri hisoblanadi.'5,5 milliondan ortiq odam Floridaning gʻarbiy sohilini tark etishga majbur boʻldi. Bu shtat tarixidagi eng yirik evakuatsiyalardan biri', ' deyiladi manbada.Gazetaning yozishicha, rasmiylar shtat aholisini eng yaqin boshpanalarga borishga va uzoqqa ketmaslikka chaqirgan. Aholi evak

09 Oct 12:40
 
14
0
xs.uz

Yevropa Ittifoqi Ukrainani qulay shartlar asosida tinchlikka tayyorlaydi — Yevrokomissiya vitse-prezidenti

Yevropa Ittifoqi (YI) Ukrainaning Kiyevga tinchlikni qulay shartlarda muhokama qilish imkonini beradigan holatda boʻlishini taʼminlashi kerak. Bu haqda YI davlatlarining boʻlajak sammitiga tayyorgarlik haqida gapirar ekan, Yevrokomissiya vitse-prezidenti Marosh Shefchovich maʼlum qildi.'Bizning maqsadimiz Ukrainaning tinchlikni qulay shartlarda muhokama qilish va YIga toʻlaqonli aʼzo boʻlish yoʻlini tayyorlash imkonini beradigan holatda boʻlishini taʼminlash boʻlishi kerak', dedi Shef

09 Oct 12:40
 
16
0
xs.uz

Gʻazodagi inqirozning bir yilligi va Isroil — Livanning oʻzaro toʻqnashuvi

Dushanba kuni ertalab 'Hizbulloh' raketalari Isroilning uchinchi yirik shahri Hayfaga zarba berdi. Bu Gʻazo urushining bir yilligi kuni va Isroil Livan janubiga quruqlikdan bostirib kirishini kengaytirishga tayyorlanayotgan pallaga toʻgʻri keldi.Bundan oldin Gʻazoda Isroilga qarshi kurashayotgan HAMASning ittifoqchisi, Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlangan 'Hizbulloh' 'Fadi 1' raketalari bilan Hayfa janubidagi harbiy bazani nishonga olganini va 65 km uzoqlikdagi Tiberiyaga yana hujum uyushtir

09 Oct 12:40
 
14
0
xs.uz

KXDR Janubiy Koreya bilan bogʻlovchi barcha yoʻllarni yopib qoʻydi

Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) Koreya xalq armiyasi Bosh shtabi 9-oktyabrdan boshlab oʻz hududini 'asosiy dushman' davlat Janubiy Koreya bilan bogʻlovchi barcha avtomobil va temir yoʻllarni toʻsib qoʻyish va toʻxtatib turish ishlarini olib borishini, shuningdek, mudofaa tuzilmalarini mustahkamlashini maʼlum qildi.Markaziy telegraf agentligida eʼlon qilingan Bosh shtab bayonotida aytilishicha, Koreya yarim orolidagi dushman kuchlarning qarama-qarshilik isteriyasi tobora kuchay