calendar 14 Jun 17:19
eye 36
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Dunyo bo‘ylab majburiy ko‘chirilish rekord darajaga yetdi – BMT

image

Bu yil va o‘tgan yili dunyoda majburiy ko‘chirishning tarixan yuqori darajasi kuzatildi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi boshqarmasining 2024 yilga mo‘ljallangan yillik hisobotida aytiladi. Uning matni BMT matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan. 

Hisobot mualliflarining qayd etishicha, 2024 yil may oyida ichki ko‘chirilganlar soni 120 million kishiga ko‘paygan.

“Bu ko‘rsatkich ketma-ket 12 yil davomida o‘sib bormoqda. Buning sababi davom etayotgan inqirozlar va yangi mojarolar”, deyiladi xabarda. 

BMT ko‘rsatkichlarning keskin oshishiga asosiy sabab Sudandagi mojaro bo‘lib, buning oqibatida  2023 yil oxirigacha 10,8 million kishi o‘z uyini tark etishga majbur bo‘lgan. 

Bundan tashqari, o‘tgan yili Kongo Demokratik Respublikasi va Myanmadagi janglar tufayli millionlab odamlar o‘z uylarini tashlab ketgan. 

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi hisob-kitoblariga ko‘ra, G‘azo sektori aholisining qariyb 75 foizi (taxminan 1,7 million kishi) o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan. 

Shu bilan birga, Suriya mamlakat ichida va tashqarisida ko‘chirilganlar soni bo‘yicha rekord o‘rnatadi: 13,8 million kishi o‘z chegaralari ichida va chet elga majburan ko‘chirilgan.

“Ulkan va ortib borayotgan bu raqamlar ortida son-sanoqsiz insoniy fojialar yotadi. Bu azob-uqubatlar xalqaro hamjamiyatni majburiy ko‘chirilish sabablarini bartaraf etish uchun shoshilinch choralar ko‘rishga undashi kerak”, deydi BMTning qochqinlar bo‘yicha Oliy komissari Filippo Grandi. 

BMT Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi hisobotida ta’kidlanishicha, mojarolar tufayli o‘z uylarini tashlab ketgan odamlarning aksariyati o‘z mamlakatlaridan ham bosh olib ketgan. Bu raqam 68,3 millionga yetgan, bu ko‘rsatkich so‘nggi besh yil ichida qariyb 50 foizga ortganini anglatadi. Bundan tashqari, qochqinlar va xalqaro himoyaga muhtoj shaxslar soni 43,4 million kishiga ortgan. 

“Urishayotgan tomonlar urushning asosiy qonunlari va xalqaro huquqni hurmat qilishni boshlash vaqti keldi. Gap shundaki, mojarolarni bartaraf etish, inson huquqlari poymol etilishiga barham berish va iqlim inqirozini hal qilish bo‘yicha hamkorlik hamda birgalikdagi sa’y-harakatlarsiz ko‘chirilganlar soni ortib boraveradi”, deydi Grundi.

Hisobotga ko‘ra, 2023 yilda dunyo bo‘ylab besh milliondan ortiq ichki ko‘chirilganlar va bir millionga yaqin qochqin uylariga qaytgan. O‘sha yili ko‘chirilganlar soni 154,3 ming kishiga ko‘paydi. 

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi o‘tgan yili millionlab odamlar uylariga qaytganini aytib, bu ma’lumotni umid chaqnashi deb atadi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Volker Turkning so‘zlariga ko‘ra, yechimlar allaqachon mavjud.

“Biz Keniya kabi davlatlar qochqinlar integratsiyasi bo‘yicha yetakchilik qilayotganini ko‘rdik – lekin bu tomonlardan haqiqiy majburiyatlarni olishlarini talab qiladi”, deydi u.

Volker Turk, shuningdek, qochqinlar va ularni qabul qiluvchi jamoalar birdamlik va yordamga muhtojligini qo‘shimcha qildi. 

“Ular jamiyatga qo‘shilsa, jamiyatga hissa qo‘shishi mumkin va buni qiladilar”, deydi komissar.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Jul 10:08
 
71
0
xs.uz

Muhiddin Madaminov Shveysariyadagi, Guldona Karimova Shri-Lankadagi shaxmat turnirini yutdi

Oʻzbekistonning 29-grossmeysteri Madaminov Shveysariyaning Bil shahrida boʻlib oʻtayotgan 'Biel Open' turnirida rapid yoʻnalishida 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Madaminov 9 imkoniyatdan 8 ochko jamgʻarib gʻolib boʻldi.Bundan tashqari, shaxmat boʻyicha qizlar oʻrtasida Gʻarbiy Osiyo chempionatida oʻzbekistonlik qiz gʻolib boʻldi. Guldona Karimova 9 balldan 7 ochko toʻplagan holda birinchi, rossiyalik Galina Mixeyeva (6,5) ikkinchi oʻrinni egalladi. Gʻoliblar uchligini qozogʻistonli

26 Jul 10:19
 
28
0
qalampir.uz

AQSH Xitoyga qarshi sanksiyalar kiritdi

Qo‘shma Shtatlar olti nafar Xitoy fuqarosi va beshta Xitoy kompaniyasiga qarshi sanksiyalar joriy qilmoqda. Bu haqda AQSH Moliya vazirligi xabar berdi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, olti nafar xitoylik hamda tashkilotlar KXDRning ballistik raketa va kosmik raketa dasturiga yordam beruvchi tovarlarni xarid qilishda ishtirok etgan. Shuningdek, Qo‘shma Shtatlar xalqaro sanksiyalarni amalga oshirish uchun barcha vositalarni qo‘llash, jumladan, noqonuniy xarid tarmoqlarini kesish n

10 Jul 22:36
 
79
0
qalampir.uz

Belarus Polsha chegarasida Xitoy bilan harbiy mashg‘ulot boshladi (video)

Belarus Mudofaa vazirligi NATO va Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lgan Polsha chegarasidan atigi bir necha mil narida Xitoy bilan harbiy mashg‘ulotlar boshlaganini e’lon qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.   11 kun davom etadigan ushbu harbiy mashg‘ulotlar NATOning Vashingtondagi 75 yilligiga bag‘ishlangan sammiti arafasida start oldi. Mudofaa vazirligiga ko‘ra, terrorizmga qarshi o‘quv mashg‘ulotlari doirasida har ikki davlat harbiylari tungi sharoitda

26 Jul 10:19
 
31
0
qalampir.uz

Rossiya Ukrainaga yana dron va raketalar bilan hujum qildi

Rossiya qo‘shinlari bugun, 25 iyul kuni Ukrainaga 38 ta Shahed-131/136 jangovar dronlari bilan hujum qildi. Bu haqda Ukraina Harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni Nikolay Oleshuk o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi. Oleshukning yozishicha, 25 ta dron havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan urib tushirilgan. Odessa viloyatining janubidagi va Ukrainaning markaziy hududlaridagi infratuzilma ob’ektlari hujumga uchragan. Havo hujumidan mudofaa kuchlari Kiyev, Odessa, Xerson, Nikolayev, S