calendar 16 Jul 10:08
eye 72
comments 0
comments Manba: xs.uz

Muhiddin Madaminov Shveysariyadagi, Guldona Karimova Shri-Lankadagi shaxmat turnirini yutdi

image
Oʻzbekistonning 29-grossmeysteri Madaminov Shveysariyaning Bil shahrida boʻlib oʻtayotgan 'Biel Open' turnirida rapid yoʻnalishida 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Madaminov 9 imkoniyatdan 8 ochko jamgʻarib gʻolib boʻldi.

Bundan tashqari, shaxmat boʻyicha qizlar oʻrtasida Gʻarbiy Osiyo chempionatida oʻzbekistonlik qiz gʻolib boʻldi. Guldona Karimova 9 balldan 7 ochko toʻplagan holda birinchi, rossiyalik Galina Mixeyeva (6,5) ikkinchi oʻrinni egalladi. Gʻoliblar uchligini qozogʻistonlik Aydana Madi yakunladi (6,5). Musobaqa Shri-Lankada boʻlib oʻtdi.



Guldona 18 yoshlilar oʻrtasida Gʻarbiy Osiyo chempioni boʻlibgina qolmay, ayollar oʻrtasida xalqaro sport ustasi (WIM) unvonini ham qoʻlga kiritdi.

Avvalroq Rustam Qosimjonov 'Rustam Qosimjonov kubogi'da kuchli uchlikka ham kira olmagani haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jul 22:41
 
126
0
qalampir.uz

Bayden hafta oxirigacha saylov poygasidan chiqishi mumkin – OAV 

AQSH Prezidenti Jo Bayden Kongress yetakchilari, Demokratik partiya a’zolari va yaqin do‘stlarining bosimi ortib borayotgani sababli 20-21 iyul kunlari saylov poygasidan chiqishini e’lon qilishi mumkin. Bu haqda manbalariga tayanib, “Axios” portali xabar berdi. Manbalarning ma’lumotlariga ko‘ra, amaldagi Prezidentning partiyadoshlari, yaqinlari, shuningdek, saylov kampaniyasining eng yirik donorlari Bayden o‘z yoshi haqidagi jamoatchilik fikrini o‘zgartirmaydi, Kongr

12 Jul 22:58
 
97
0
qalampir.uz

Rossiya Mudofaa vaziri amerikalik mavqedoshi bilan qo‘ng‘iroqlashdi

AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin bugun, 12 iyul kuni Rossiya Mudofaa vaziri Andrey Belousov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Pentagon matbuot kotibi o‘rinbosari Sabrina Singx brifingda ma’lum qildi. "Bugun ertalab kotib Ostin Rossiya Mudofaa vaziri Andrey Belousov bilan telefonda gaplashdi", dedi Singx. Uning aytishicha, suhbat Rossiya tomonining tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan. Pentagon vakilining so‘zlariga ko‘ra, suhbat chog‘ida Ostin aloqa yo‘lla

19 Jul 17:50
 
56
0
qalampir.uz

Turkmanistonda birdaniga 3 milliard IP-manzil, xosting va CDN blokdan chiqarildi

Joriy yil iyul oyining birinchi kunlaridan boshlab Turkmanistonda internet blokirovkasi misli ko‘rilmagan darajada yengillashdi. Bu haqda “Turkmen.news” xabar berdi. Mamlakatning turli mintaqalaridagi foydalanuvchilar barcha xosting, kontent yetkazib berish tarmoqlari (CDN) va IP-manzillarning quyi tarmoqlari, “Turkmentelekom” va Ashxobod shahar telefon tarmog‘i provayderlaridan foydalanish mumkinligini aytmoqda. Shunday qilib, 3 milliard IP'ga kirish tiklandi.

03 Sep 21:35
 
7
0
xs.uz

Isroil BMTga tegishli mashinaga hujum uyushtirganini “aloqa xatosi” deb atadi

Isroil harbiy boʻlinmalari oʻrtasidagi 'aloqa xatosi' tufayli Gʻazoda BMTga tegishli Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) mashinasiga oʻq uzilganini maʼlum qildi. Bu haqda AQSHning BMTdagi elchisi oʻrinbosari Robert Vud BMT Xavfsizlik kengashining Gʻazo boʻyicha yigʻilishida aytib oʻtdi va Isroilni oʻz tizimidagi muammolarni hal qilishga chaqirdi.'Reuters' nashrining yozishicha, Vud, Isroil oʻz xatolari uchun javobgarlikni zimmasiga olishi va Isroil Mudofaa Kuchlari buni qaytarilmasligi uc