calendar 14 Jun 11:31
eye 45
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Ukraina va AQSH xavfsizlik shartnomasini imzoladi

image

Ukraina va Qo‘shma Shtatlar Italiyada bo‘lib o‘tgan G7 sammitida 10 yillik ikki tomonlama xavfsizlik shartnomasini imzoladi. Bu haqda "Reuters" xabar berdi.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy amerikalik mavqedoshi Jo Bayden bilan qo‘shma matbuot anjumanida kelishuv imzolangan kunni “tarixiy” deb atadi.

"Ushbu kelishuv barqaror tinchlikni kafolatlaydigan qadamlar haqidadir, shuning uchun u butun dunyoga foyda keltiradi", dedi Ukraina rahbari.

Shuningdek, Zelenskiy kelishuv Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi uchun “ko‘prik” ekanligini ta’kidladi.

O‘z navbatida, Jo Bayden Ukraina uchun barqaror tinchlik “mamlakatning o‘zini hozirgi tahdidlardan himoya qilish va kelajakdagi har qanday tajovuzni oldini olish qobiliyati bilan bog‘liq” ekanini ta’kidladi.

Ukraina allaqachon 16 davlat: Buyuk Britaniya, Germaniya, Islandiya, Daniya, Ispaniya, Shvetsiya, Norvegiya, Portugaliya, Belgiya, Latviya, Finlyandiya, Italiya, Fransiya, Kanada, Yaponiya va Niderlandiya bilan ikki tomonlama xavfsizlik shartnomalarini imzolagan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
29
0
qalampir.uz

Ukrainaliklarning 32 foizi Rossiyaga yerlarni berishga rozi bo‘ldi – so‘rovnoma 

Ukrainada aholi orasida tinchlikka erishish uchun Rossiyaga hududiy imtiyozlar berish borasida o‘tkazilgan so‘rovnomada qatnashganlarning 32 foizi tinch-totuv yashash uchun o‘zlari yashab turgan yerlarni Rossiyaga berishga rozi ekanligini bildirdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.  Kiyev xalqaro sotsiologiya instituti tomonidan 16-22 may kunlari Ukraina nazorati ostidagi hududda 1067 kishi ishtirok etgan so‘rov natijalariga ko‘ra, hududiy imtiyozlarga rozi bo‘lgan

16 Jul 15:40
 
51
0
qalampir.uz

Harris saylovdagi raqibini teledebatga chaqirdi

AQSH vitse-prezidenti Kamola Harris bo‘lajak saylovlarda Respublikachilar partiyasidan vitse-prezidentlikka nomzodi tasdiqlangan senator Jeyms Devid Vensni (Ogayo shtati) teledebat o‘tkazishga taklif qildi. Bu haqda AQSH Prezidenti Jo Baydenning saylovoldi shtabiga tayanib, “Politico” gazetasi xabar berdi. Manbaga ko‘ra, Harris Vensga nomzod sifatida tasdiqlanganidan keyin qo‘ng‘iroq qilib, “CBS tomonidan taklif qilingan vitse-prezidentlik debatida uchrashishlariga

26 Jul 10:19
 
38
0
qalampir.uz

Bayden nega prezidentlik poygasidan chiqishga qaror qilganini tushuntirdi

AQSH Prezidenti Jo Bayden demokratiyani saqlab qolish uchun ikkinchi muddatga saylanmaslikka qaror qildi. Bu haqda u kecha, 24 iyul kuni Amerika xalqiga murojaatida ma’lum qildi. “Prezident sifatida erishgan yutuqlarim, dunyodagi yetakchiligim, Amerika kelajagi haqidagi qarashlarim ikkinchi muddatga loyiq deb hisoblayman. Ammo demokratiyamizni saqlab qolish yo‘lida hech narsa to‘sqinlik qila olmaydi. Bu shaxsiy ambitsiyalarga ham tegishli”, deydi Bayden. BBC xabariga

10 Jul 09:43
 
96
0
qalampir.uz

Modi dunyodagi mojarolarni hal qilish yo‘lini aytdi

Hindiston dunyodagi barcha mojarolarni hal qilish uchun yagona tinch yo‘l bu muloqot deb hisoblaydi. Bu haqda bugun, 9 iyul kuni mamlakat Bosh vaziri Narendra Modi Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv chog‘ida so‘z ochdi. Qayd etilishicha, ikki davlat yetakchilari o‘rtasidagi uchrashuv tor doirada bo‘lib o‘rgan. Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning xabar berishicha, Putin va Modi Kremlda Rossiya-Hindiston munosabatlarini yanada rivojlantirish istiqboll