calendar 13 Jun 17:26
eye 42
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Janubiy Koreya Prezidenti rafiqasi bilan O‘zbekistonga keldi

image

Bugun, 13 iyun kuni Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol rafiqasi Kim Gon Xi bilan birgalikda O‘zbekistonga keldi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh vaziri matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov ma’lum qildi.

Oliy martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi. Qisqa suhbatdan so‘ng, Koreya Prezidenti turmush o‘rtog‘i hamrohligida o‘zlari uchun ajratilgan qarorgohga jo‘nab ketdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Yun Sok Yol rafiqasi Kim Gon Xi bilan birgalikda 13-15 iyun kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Tashrif davomida Janubiy Koreya Prezidenti Toshkent va Samarqand shaharlarida bo‘lishi rejalashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Yun Sok Yol Turkmaniston va Qozog‘istonda bo‘lgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:03
 
37
0
xs.uz

Sakkiz nafar kongressmen Trampga suiqasd uyushtirilishida Baydenni ayblamoqda

Sakkiz nafar respublikachi kongressmen AQSHning amaldagi prezidenti Jo Bayden oʻzidan oldingi prezident Donald Trampga suiqasd uyushtirilishida aybdor ekanini aytdi.'Bayden kampaniyasining diqqat markazi shundaki, Donald Tramp avtoritar fashist, uni har qanday holatda ham toʻxtatish kerak. Bu ritorika bevosita Trampga suiqasd uyushtirishga olib keldi', deb yozdi Ogayo shtatidan respublikachi senator Jeyms Devid Vens oʻzining 'X' ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida.Vakillar palatasi aʼzosi va T

11 Jul 15:36
 
146
0
xs.uz

Dogʻistonlik general oʻz uyida oʻlik holatda topildi

U 2023-yil iyunidan buyon Rossiya Mudofaa vazirligining davlat ekspertizasi boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi. Xandayevning oʻlimi tafsilotlari, jumladan, sababi va qayerda ekanligi oshkor etilmagan. Ayrim manbalarga koʻra, u oʻz uyida oʻlik holda topilgan.Rossiyaning Dogʻiston Respublikasi Shamilskiy tumani rahbari Magomed Gasanov Xandayevning jasadi dafn etish uchun Maxachqalʼaga olib kelinganini tasdiqladi. U tugʻilib oʻsgan Genta qishlogʻida dafn etiladi.Taxminlar

15 Jul 12:03
 
49
0
xs.uz

Bayden Putinni «qassob», Trampni esa «laycha» deya haqorat qildi

AQSH prezidenti Jo Bayden 24 soat ichida ikkinchi marta Rossiya yetakchisi Vladimir Putinni haqorat qildi.U Detroytdagi chiqishi chogʻida Vladimir Putin va prezidentlik saylovidagi raqibi Donald Trampga nisbatan haqoratomuz soʻzlarni ishlatdi.'Menga uzoq vaqtdan beri tanish boʻlgan oʻsha qassob Putin Ukrainaga bostirib kirganida, Tramp shunday degan edi. Men buni oʻylab topmayapman. U uni daho deb atagan, bu ajoyib boʻlganini aytgandi', dedi Bayden.Bu Jo Baydenning soʻnggi 24 soat ichida

11 Aug 03:44
 
22
0
xs.uz

Isroil moliya vaziri Gʻazodagi odamlarni ochlikdan oʻldirish “adolatli va axloqiy” ish ekanligini bildirdi

Isroil moliya vaziri Betsalel Smotrich Gʻazo haqidagi soʻnggi izohlari uchun xalqaro tanqidga uchradi. Smotrich HAMAS tomonidan garovga olinganlarni ozod qilish uchun Gʻazodagi odamlarni ochlikdan oʻldirish 'adolatli va axloqiy' boʻlishini bildirgan. Bu haqda 'The Guardian' nashri xabar bermoqda.Isroil rasmiysining soʻzlari Yevropa Ittifoqi, Fransiya va Buyuk Britaniyaning noroziligiga sabab boʻldi va ular Isroil hukumatini Moliya vazirining bayonotlari boʻyicha tushuntirish berishini so