calendar 15 Jul 12:03
eye 38
comments 0
comments Manba: xs.uz

Sakkiz nafar kongressmen Trampga suiqasd uyushtirilishida Baydenni ayblamoqda

image
Sakkiz nafar respublikachi kongressmen AQSHning amaldagi prezidenti Jo Bayden oʻzidan oldingi prezident Donald Trampga suiqasd uyushtirilishida aybdor ekanini aytdi.

'Bayden kampaniyasining diqqat markazi shundaki, Donald Tramp avtoritar fashist, uni har qanday holatda ham toʻxtatish kerak. Bu ritorika bevosita Trampga suiqasd uyushtirishga olib keldi', deb yozdi Ogayo shtatidan respublikachi senator Jeyms Devid Vens oʻzining 'X' ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida.

Vakillar palatasi aʼzosi va Tramp tarafdori Uesli Xantning 'X' ijtimoiy tarmogʻida yozishicha, Baydenning ritorikasi siyosiy zoʻravonlikka olib kelgan.

Pensilvaniya shtatining Butler okrugining prokurori, kongressmen Mayk Kollinz Baydenga qarshi qotillikka undash ayblovlari qoʻyishi kerakligini taʼkidlamoqda.

Respublikachi Keyt Self esa har bir amerikalik amaldagi prezidentning Trampga qarshi zoʻravonlik qilinishiga undaganidan gʻazablanishi kerakligini aytdi.

Kongressmenlar Loren Boebert, Marsha Blekbern, Nik Lalota va Klaudiya Tenni ham ushbu suiqasdda Baydenni ayblamoqda.

Avval xabar berganimizdek, bugun AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampga suiqasd uyushtirildi.

Hodisa u Pensilvaniyada oʻz tarafdorlari bilan uchrashuv vaqtida yuz berdi. Tramp qulogʻidan yaralandi va xavfsizlik xizmati xodimlari qurshovida voqea joyini tark etdi.

Maxfiy xizmat oʻq uzgan odamni oʻldirgan. Hodisa oqibatida saylovoldi miting ishtirokchilaridan biri halok boʻlgan, yana ikki nafari ogʻir yaralangan.

AQSH prezidenti Jo Bayden Trampning tuzalib ketishi uchun ibodat qilayotganini aytdi. Keyinroq, Bayden Tramp bilan telefon orqali gaplashgani haqida xabarlar tarqaldi.

Federal qidiruv byurosi ushbu hodisa boʻyicha tergovda asosiy vazifani oʻz zimmasiga olgan.

Aniqlanishicha, Trampni oʻldirmoqchi boʻlgan shaxs Pensilvaniya shtatida yashagan 20 yoshli Tomas Metyu Kruks boʻlib chiqqan.

Vakillar palatasining Nazorat va javobgarlik qoʻmitasi Donald Trampga suiqasd boʻyicha tergov boshlagan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
49
0
qalampir.uz

Moskvada mashina portlatildi (video)

Bugun, 24 iyul kuni Rossiyaning Moskva shahri Sinyavinskaya ko‘chasidagi turarjoy binosi hovlisida noma’lum shaxs tomonidan shu yerda turgan avtomobil portlatib yuborildi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi. Toyota Land Cruiser rusumli ushbu mashina portlashi oqibatida ikki kishi jabrlangani haqida bir qator OAVda turlicha talqinlar keltirilmoqda. Ularning aksariyati transport vositasida Rossiya Mudofaa vazirligi ofitseri, sun’iy aloqa radiomarkazi boshlig‘i o‘rinbosari

15 Jul 12:02
 
33
0
qalampir.uz

Trampni otgan odamning shaxsi ochiqlandi (video)

Kecha, 13 iyul kuni AQSH prezidentligiga nomzod Donald Trampga Pensilvaniyadagi tarafdorlari bilan uchrashuv vaqtida noma’lum shaxs tomonidan o‘q uzilib, suiqasd uyushtirilgandi. Trampni otgan odamning shaxsi ochiqlandi. Bu haqda “The Washington Post” xabar berdi. Mamlakat Federal qidiruv byurosi Oq uyning sobiq rahbariga uyushtirilgan suiqasdni Pensilvaniya shtati, Betel-Park shaharchasida yashovchi 20 yoshli Tomas Metyu Kruks uyushtirganini tasdiqladi. Marhum Kruks shtatning

15 Jul 12:02
 
89
0
qalampir.uz

HAMAS qo‘mondoni o‘lganiga ishonmayman – Netanyaxu

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakat qo‘shinlari tomonidan G‘azoning markaziy qismiga qilingan hujumda HAMASning yuqori darajadagi qo‘mondoni o‘ldirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda u kecha, 13 iyul kuni Tel-Avivda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida so‘z ochdi. “HAMASning G‘azo sektoridagi harbiy qanoti qo‘mondoni Muhammad Deyf havo hujumida haqiqatan ham o‘ldirilganmi yoki yo‘qmi, bu Isroilga haliyam qorong‘u”, degan Bosh vazir.

17 Jul 09:41
 
82
0
qalampir.uz

Mishel Orbanning Ukraina bo‘yicha tinchlik takliflarini rad etdi

Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishel Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning tinchlik takliflarini rad etib, Ukraina bo‘yicha hech qanday tinchlik muzokaralarini Ukrainasiz o‘tkazib bo‘lmasligini aytdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi. Agentlik Mishelning Vengriya Bosh vaziriga yo‘llagan javob xati bilan tanishgan. Unda Yevropa Kengashi rahbari Yevropa Ittifoqining Kiyevga qurol yetkazib berishni ko‘paytirish siyosati “urush siyosati emas, aksincha” ekanligini