calendar 13 Jun 15:48
eye 86
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Toshkent viloyatida cho‘milishga borib, daryo o‘rtasida qolib ketgan bola qutqarildi

image

Toshkent viloyatidan oqib o‘tuvchi "Qorasuv" daryosi o‘rtasida qolib ketgan bola qutqarildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi. 

Keltirilishicha, joriy yilning 10 iyun kuni soat 13:50 da viloyat FVBga Yuqori Chirchiq tumani hududidan oqib o‘tuvchi “Qorasuv”  daryosi o‘rtasida bir bola qolib ketganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Ma’lum bo‘lishicha, bola daryoga cho‘milish maqsadida borgan hamda suzib xoldan toyib, daryo markazidagi orolchaga chiqib olgan. Suv oqimining tezligi yuqori bo‘lganligi sababli orqaga qaytishning imkoni bo‘lmagan.

Holat bo‘yicha viloyat FVB qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borgan. Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida orolchada qolib ketgan bola maxsus anjomlar yordamida sog‘-salomat qirg‘oqqa olib o‘tilgan. 

“Fuqarolardan suv havzalarida cho‘milayotganda xavfsizlik qoidalariga rioya etish hamda faqat ruxsat berilgan suv havzalarida cho‘milishni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 5 iyun kuni Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanidagi fermer xo‘jaligi yer maydonida joylashgan sun’iy suv havzasiga cho‘milish uchun tushgan uch nafar voyaga yetmagan bola ehtiyotsizliklari oqibatida cho‘kib, vafot etgandi.

Asadbek Komilov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 Jun 00:38
 
38
0
xs.uz

Prezidentimiz html5-dom-document-internal-entity1-quot-endEuronewshtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end direktorlar kengashi raisini qabul qildi

Toshkent investitsiya forumi doirasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 'Euronews' media xoldingi direktorlar kengashi raisi Pedro Vargasni qabul qildi.Ushbu yetakchi kompaniya bilan hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, 'Euronews'ning keng auditoriyasini O'zbekistonning boy madaniy-tarixiy merosi, mamlakatda ro'y berayotgan muhim siyosiy-iqtisodiy jarayonlar, shuningdek, uning investitsion va turizm salohiyati to'g'risida xabardor qilish masalalari ko'rib chiqildi.Davlatim

18 Jun 21:55
 
180
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Xitoy” ikkinchi sammitida nutq soʻzladi

Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti hurmatli Qosim-Jomart Kemelovich Toʻqayevga samimiy qabul va 'Markaziy Osiyo ' Xitoy' ikkinchi sammiti yuqori darajada tashkil etilgani uchun bildirilgan minnatdorlik soʻzlariga qoʻshilaman.Xitoy Xalq Respublikasi Raisi hurmatli Si Szinpin janoblariga mintaqa davlatlari bilan doʻstlik va hamkorlikni mustahkamlashga qatʼiy sodiqligi uchun tashakkur aytaman.Sizning 'Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlarini oʻzaro hurmat, o

13 Jun 00:38
 
23
0
xs.uz

Jenevada oʻtgan maxsus konferensiyada Oʻzbekiston tajribasi ilgʻor namuna sifatida eʼtirof etildi

Konferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha Milliy komissiya raisi Tanzila Narbayeva 'Bolalar mehnatiga barham berishda Oʻzbekiston tajribasi' mavzusida maʼruza qildi. U oʻz chiqishida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi va shaxsiy tashabbuslari tufayli ushbu yoʻnalishda amalga oshirilgan qatʼiy chora-tadbirlar yuksak natija berganini taʼkidladi.Tadbirda Oʻzbekistonning bolalar

18 Jun 21:55
 
180
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev “Toshkent-Sharqiy” aeroportida qurilish ishlarini koʻzdan kechirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 18-iyun kuni 'Toshkent-Sharqiy' aeroporti qurilishini koʻzdan kechirdi.Mamlakat ravnaq topib, jozibadorligi oshgani sari tashqi aloqalar, investitsiyalar oqimi koʻpayib boradi. Shunday iqtisodiy oʻsish surʼatini inobatga olib, yurtimizda transportning barcha tarmoqlari rivojlantirilmoqda. Bu, oʻz navbatida, yana ishbilarmonlik aloqalari jadallashishiga sharoit yaratmoqda.Jumladan, 'Toshkent-Sharqiy' aeroporti ham qayta qurilmoqda. Avvalo, 4 kilometr uzunlikdagi