Armaniston Tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan Bosh vazir Nikol Pashinyanning KXSHTdan chiqish haqidagi so‘zlari noto‘g‘ri qabul qilinganini aytdi. Bu haqda “News.am” nashri xabar berdi.
Mirzoyanning so‘zlariga ko‘ra, Pashinyan o‘z so‘zlari orqali Armaniston ittifoqdan chiqsa, unga umuman qaytmasligini nazarda tutib gapirgan.
Tashqi ishlar vaziri kimdir Armaniston Bosh vaziri mamlakatning KXSHTdan chiqishini aytsa, ular adashishini ta’kidlagan.
Ma’lumot uchun, Nikol Pashinyan 2024 yil fevral oyida Armanistonning KXSHTdagi ishtiroki muzlatilganini e’lon qilgandi. Mart oyida u agar Yerevan ittifoqdoshlarining Armaniston suveren hududi qayerda joylashgani va KXSHT mas’uliyat zonasi qayerda ekanligi haqidagi qarashlaridan qoniqmasa, ittifoqdan chiqishga ruxsat bergan edi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 12 iyun kuni parlamentdagi hukumat soati chog‘ida Nikol Pashinyan muxolifatchi deputat Tadevos Avetisyanning Armaniston KXSHTdan noroziligini bildirgan holda, nega ittifoqdan chiqmayotgani haqidagi savoliga javob berar ekan, “Siz bu bilan meni qo‘rqityapsizmi? Bizda hammasi yaxshi, qachon ketishimizni o‘zimiz hal qilamiz. Lekin ketsak, ortga qaytmaymiz”, degan edi.
Asadbek Komilov