calendar 13 Jun 14:31
eye 47
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Buyuk Britaniya G7 sammitida Ukrainaga 300 mln dollardan ortiq mablag‘ ajratadi

image

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak Italiyada bo‘lib o‘tadigan G7 sammitida Kiyevning shoshilinch gumanitar, energiya va barqarorlik ehtiyojlarini qo‘llab-quvvatlash uchun Ukrainaga 242 million funt sterling (taxminan 309 million dollar) ajratmoqchi. Bu haqda Buyuk Britaniya hukumatining rasmiy bayonotida ma’lum qilindi.

“Ushbu moliyalashtirish Buyuk Britaniyaning Ukraina bilan davom etayotgan xalqaro birdamligini va Rossiya tajovuzkorligi natijasida yuzaga kelgan shoshilinch ehtiyojlarga nisbatan moslashuvchanligimizni namoyish etadi”, deyiladi bayonotda. 

Shuningdek, Rossiyaning o‘qqa tutishidan jabr ko‘rgan Ukrainaning energetika infratuzilmasini qo‘llab-quvvatlash muhimligini ham ta’kidlab o‘tilgan. Bildirilishicha, Sunak hukumatining G7 sammitidagi ustuvor vazifasi hamkorlar bilan Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun muzlatilgan Rossiya aktivlaridan qanday foydalanishni kelishib olishdan iborat.

“Le Monde” gazetasining yozishicha, G7 davlatlari Rossiyaning muzlatilgan aktivlari hisobiga Ukrainaga 50 milliard dollar ajratishga kelishib olgan. Taxminlarga ko‘ra, Kiyevga bu pullar kreditga beriladi va Ukraina uni Rossiya Markaziy bankining G‘arb mamlakatlarida joylashgan aktivlaridan o‘tkazilgan foizlar hisobidan to‘laydi.

Asadbek Komilov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Jul 09:06
 
68
0
qalampir.uz

Italiya Bosh vazirini “pakana” degan jurnalist jarimaga tortildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Italiya Bosh vaziri Jorjiya Melonining bo‘yini masxara qilgan jurnalist 5 ming yevro jarimaga tortildi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi. Italiya sudi ijtimoiy tarmoqlarda Bosh vazir Jorjiya Melonining bo‘yini masxara qiluvchi post joylagan jurnalist Julia Kortesega 5 ming yevro tovon puli to‘lashi haqida sud qarorini o‘qib eshittirdi. Sud qaroriga ko‘ra, Kortesening X ijtimoiy tarmog‘ida yozgan ikkita tviti tuhmatli va tanani sharmanda qilishga

26 Jul 17:57
 
73
0
qalampir.uz

Bayden Netanyaxuni G‘azo masalasi bo‘yicha tezroq sulh tuzishga chaqirdi

AQSH Prezidenti Jo Bayden Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni imkon qadar tezroq o‘t ochishni to‘xtatish va G‘azoda garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuvga erishishga chaqirdi. Bu haqda kecha, 25 iyul kuni Oq uyda e’lon qilgan bayonotda ma’lum qildi.  Bildirilishicha, Netanyaxu bilan uchrashuvda Bayden yana bir bor G‘azoda gumanitar yordamni ko‘paytirish va tinch aholi himoyasini yaxshilashga chaqirgan. “Yordam yetkazib berish yo‘lidagi barch

21 Jul 17:08
 
83
0
xs.uz

Hindistonda xavfli virus tarqalmoqda

Hindiston gʻarbidagi Gujarat shtatida 50 kishi xavfli Chandipura virusini yuqtirib olgan.Shtat sogʻliqni saqlash vaziri Rushikesh Patelning aytishicha, u bilan zararlangan 16 kishi hayotdan koʻz yumgan. Boshqa shtatlarda ham uchta holat qayd etilgan.Patelning qoʻshimcha qilishicha, virus haqidagi maʼlumotlar Gujaratdagi barcha qishloqlar va sogʻliqni saqlash markazlariga yetkazilgan.Chandipur virusi hasharotlar chaqishi orqali yuqadi. U Hindistonning Maxarashtra shtatidagi qishloq sharafig

03 Sep 21:35
 
17
0
xs.uz

Ilon Maskga tegishli kompaniya Qozogʻistondagi 1800 ta maktabni internet bilan taʼminladi

Qozogʻiston hukumati SpaseX kompaniyasining 'Starlink' terminallari yordamida deyarli 1,8 ming maktabni internetga uladi. Bu haqda Report.az xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, hozirda orbitada 4500 dan ortiq 'Starlink' sunʼiy yoʻldoshlari mavjud. Ushbu yoʻldoshlar orqali Qozogʻistondagi 1800 ta maktab endi internet bilan toʻla taʼminlanadi.'Raqamli infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha faol ishlar olib borilmoqda, bugungi kunda 1757 ta maktabda 'Starlink' sunʼiy yoʻldoshli internet tar