calendar 13 Jun 13:03
eye 32
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Toshkentda 3 ta avtomobil ishtirokidagi YTHda bir haydovchi halok bo‘ldi

image

Bugun, 13 iyun kuni Toshkentda uchta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea soat 01:00 larda Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasida sodir bo‘lgan. 1997 yilda tug‘ilgan haydovchi M.A. boshqaruvida bo‘lgan Malibu-2, 1992 yilda tug‘ilgan A.Z. boshqaruvida bo‘lgan Lacetti hamda 1991 yilda tug‘ilgan P.L. boshqaruvida bo‘lgan Lada rusumli avtomashinalar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Yo‘l transport hodisasi oqibatida Malibu-2 avtomashina haydovchisi olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.

“Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda,” deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 9 iyun kuni Navoiy viloyatida sodir bo‘lgan dahshatli YTH oqibatida 6 kishi halok bo‘lgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jul 14:27
 
70
0
qalampir.uz

Farg‘onada advokatlar 50 ming dollar olayotganda qo‘lga tushdi (video) 

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi departament bilan hamkorlikda joylarda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda advokatlar pora bilan qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi. Farg‘ona shahridagi holatda advokatlik firmalarida ishlovchi 2 nafar advokat o‘zaro til biriktirgan va 2023 yilda sud hukmi bilan 6 yil 8 oy muddatga qamalib, hozirda jazo muddatini o‘tayotgan mahkumning jinoyat ishini viloyat sudi tomonidan taftish tartibid

22 Jul 14:10
 
68
0
qalampir.uz

“Chorvoq”dan ikki kishining o‘ligi chiqdi

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani “Burchmulla” MFY hududida joylashgan “Chorvoq suv ombori” havzasida sodir bo‘lgan suv-transport hodisasi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi. Voqea joriy yilning 20 iyul kuni taxminan soat 13:30 da sodir bo‘lgan. 19 yoshli Q.F.  “Yamaxa” rusumli gidroskuterni haydab borayotib, boshqaruvni yo‘qotgan va suv havz

11 Jul 15:12
 
76
0
xs.uz

Parlament soʻrovi natijalari koʻrib chiqildi

Senatning 54-yalpi majlisida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning sifat tarkibini yaxshilash, oʻsimlik va hayvonot dunyosini asrash hamda kadastrini yuritish holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament soʻrovi natijalari koʻrib chiqildi.Parlament soʻroviga berilgan javob orqali respublikamizda oʻziga xos, noyob, qimmatli tabiiy obyektlar va majmualarni, oʻsimliklar va hayvonlarning fondini saqlab qolish, shuningdek, tabiiy jarayonlarni oʻrganish maqsadida muhofaza etilad

27 Jul 22:20
 
131
0
qalampir.uz

Samarqandda er xotinini pichoqlab, o‘ldirdi

Samarqand  viloyatida er xotinini pichoqlab, o‘ldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga  ma’lum qildi. Bildirilishicha, joriy yilning 24 iyul kuni taxminan soat 16:11 da Pastdarg‘om tumani O‘rta Charxin mahallasida yashovchi 1998 yilda tug‘ilgan R.R. va uning turmush o‘rtog‘i 2000 yilda tug‘ilgan Sh.M. o‘rtasida nizo yuzaga kelgan. Oqibatda R.R.  ayolining turli joylariga oshxona pichog‘i bilan shikast yetkazib