calendar 13 Jun 11:28
eye 103
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Qoraqalpog‘istondagi to‘yda yo‘l talashib, mashinalarini to‘qnashtirgan haydovchilarga ma’muriy ish qo‘zg‘atildi (video)

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanida o‘tkazilgan to‘yda haydovchilar yo‘l talashib, atayin bir nechta mashinalarni to‘qnashtirgani aks etgan videolavha tarqaldi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, kecha, 12 iyun kuni Kegeyli tumanida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan A.N.ning nikoh to‘yi o‘tkazilgan. Kuyov Nukus shahrida joylashgan to‘yxonadan Mercedes mashinasida to‘y sayliga chiqqan. To‘y kortejida jami 9 ta mashina Nukus shahridan Kegeyli tumaniga qarab harakatlangan.

Fuqaro A.N. to‘y sayli boshlanishidan oldin kim u o‘tirgan mashina orqasidan birinchi bo‘lib yetib borsa, o‘sha haydovchiga 200 AQSH dollar berishini va’da qilgan. To‘y saylida qatnashgan mashinalar haydovchilari kortej Kegeyli tumaniga yetib kelgach, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, tumanning Nurli quyosh ko‘chasida kuyov o‘tirgan Mercedes ortidan yo‘l talashib, bir-biri bilan to‘qnashgan.

Holat bo‘yicha olib borilgan surishtiruv ishlari davomida tan jarohati olgan fuqarolar aniqlanmagan. To‘y saylida ishtirok etgan 9 ta mashina jarima maydoniga qo‘yilib, haydovchilarga ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Hozirda haydovchilarga nisbatan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bo‘yicha ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan. 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Jul 11:23
 
50
0
xs.uz

Sirdaryoda sotuvchi QR kodli chek soʻragan bolaning yuziga tarsaki tushirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda 12 yoshli bolani doʻkon sotuvchisi urgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan sotuvchiga maʼmuriy javobgarlikka oid ish qoʻzgʻatildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani maʼlum qildi.Maʼlum qilinishicha, 20-iyul kuni bolalar ombudsmaniga bolaning onasi D.J. murojaat qilib, farzandi (2011-yilda tugʻilgan) Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi doʻkonda xarid qilganda QR kodli chek soʻragani uchun sotuvchi bolani haqoratlab, bir necha bor uning yuziga urganini bil

15 Jul 12:03
 
47
0
qalampir.uz

13 yoshli qizni o‘ldirishda gumonlangan erkak qidiruvga berildi

Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida 13 yashar qizni o‘ldirib, qochib ketganlikda gumon qilinayotgan erkak qidiruvga berildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi. Bildirilishicha, Yangiyer shahar Obod yurt mahallasi Samarqand ko‘chasi 8-uy, 7 xonadonda yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan Xolto‘rayev Yo‘ldoshali Ashurovich og‘ir turdagi jinoyat sodir etganlikda gumonlanib qidirilmoqda. Alohida belgilari: bo‘yi 170-175 sm atrofida, bug‘doyrang, ozg‘indan ke

26 Jul 10:21
 
33
0
xs.uz

Tojikiston Prezidenti ham Shavkat Mirziyoyevni tugʻilgan kuni bilan tabrikladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan 24-iyul kuni boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqotida Oʻzbekiston-Tojikiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari'koʻrib chiqildi.Tojikiston yetakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sogʻlik va oilaviy baxt-saodat, birodar Oʻzbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq t

16 Jul 23:33
 
169
0
xs.uz

Oʻzbekistonda shoir Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻli tavalludining 200-yilligi keng nishonlanadi

Qarorga koʻra, shoirning 'Tanlangan asarlar' toʻplami oʻzbek va qoraqalpoq tillarida nashr qilinadi. Uning hayoti va faoliyatiga bagʻishlab yaratilgan badiiy, ilmiy-ommabop asarlar qayta chop etiladi va taqdimotlari oʻtkaziladi.Davlat buyurtmasiga binoan Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻlining hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan sahna asarlari hamda 'Ajiniyoz' badiiy-publitsistik filmi yaratiladi. Nukus shahrida shoir ijodiga bagʻishlangan 'Ayt, sen Ajiniyozning qoʻshiqlaridan' mavzusida mamlaka