calendar 12 Jun 23:23
eye 44
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Toshkentda avtokran chuqurga qulab tushdi

image

Kecha, 11 iyun kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumani  Cho‘ponota ko‘chasida avtokran quvurlarni almashtirish ishlari olib borilayotgan chuqurga qulab tushdi.  Mazkur holat yuzasidan Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, avtokran haydovchisi ta’mirlanayotgan teshikka juda yaqin kelgan. Uning e’tiborsizligi  oqibatida ta’mirlash ishlari olib borilayotgan chuqurga yaqin borib qolgan va avtokran o‘z og‘irligi bilan sirpanib, avtokran osti asfalt yer qatlamining o‘pirilishi  oqibatida avtokran bir tomonlama chuqurga tushib qolgan. 

“Avtokran haydovchisi va ta’mirlash xodimlari jabrlanmagan”, deyiladi munosabatda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:20
 
34
0
qalampir.uz

Farg‘onada 7,1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan o‘g‘rincha foydalangan korxona aniqlandi

Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida 7,1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan MCHJ aniqlandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” xabar berdi. Bildirilishicha, “O‘zenergoinspeksiya” Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi, IIB va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining viloyat boshqarmasi hamda gaz ta’minoti korxonasi hamkorligida  tadbir o‘tkazilgan. Natijada Marg‘ilon shahrida faoliyat yurit

17 Jul 16:53
 
106
0
qalampir.uz

Farg‘onada uyida “marixuana” saqlagan shaxs qo‘lga olindi

Farg‘ona viloyatida uyida “marixuana” saqlagan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi. Bildirilishicha, Qo‘shtepa tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro o‘z mahallasida o‘sgan yovvoyi nasha o‘simligini yulib olib, yashash xonadoniga keltirgan. Ularni quritib, turli idishlarga joylagan va noqonuniy ravishda saqlab kelgan. Qo‘shtepa tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaroning yotoqxonasidagi javo

15 Jul 20:47
 
167
0
xs.uz

Toshkentdagi dorixonadan hindistonlik erkakning jasadi topildi

Toshkent shahridagi dorixonalardan birining yuvinish xonasidan Hindiston fuqarosining jasadi topildi. Bu haqda 'Xalq soʻzi'ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.Bildirilishicha, joriy yilning 12-iyul kuni Yakkasaroy tumanida joylashgan xususiy firmada ishlab kelgan 61 yoshli Hindiston fuqarosi S.Sh.ning jasadi topilgan.Aniqlanishicha, u oʻsha kuni taxminan soat 12:00-13:00 lar oraligʻida firma binosi ichidagi yuvinish xonasida oʻzining chap bilak sohasi tomirlarig

26 Jul 10:21
 
36
0
xs.uz

Vladimir Putin va Si Szinpin Shavkat Mirziyoyevga tabrik yoʻlladi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tugʻilgan kuni munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin tabrik yoʻlladi.Prezident matbuot kotibining'xabar berishicha, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin oʻz maktubida Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Oʻzbekiston ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda salmoqli yutuqlarga erishganini, jahon maydonida oʻz mavqeyini mustahkamlaganini qayd etgan.'Davlatlarimiz oʻrtasidagi str