calendar 15 Jul 20:47
eye 168
comments 0
comments Manba: xs.uz

Toshkentdagi dorixonadan hindistonlik erkakning jasadi topildi

image
Toshkent shahridagi dorixonalardan birining yuvinish xonasidan Hindiston fuqarosining jasadi topildi. Bu haqda 'Xalq soʻzi'ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Bildirilishicha, joriy yilning 12-iyul kuni Yakkasaroy tumanida joylashgan xususiy firmada ishlab kelgan 61 yoshli Hindiston fuqarosi S.Sh.ning jasadi topilgan.

Aniqlanishicha, u oʻsha kuni taxminan soat 12:00-13:00 lar oraligʻida firma binosi ichidagi yuvinish xonasida oʻzining chap bilak sohasi tomirlariga va boʻyin sohasiga ustara yordamida jarohat yetkazib, oʻz joniga qasd qilgan.

'S.Sh. vafotidan oldin oʻzi tomonidan ingliz va rus tillarida moddiy qiyinchilikka tushib qolganini, oʻz joniga oʻzi qasd qilganini va ushbu holat boʻyicha hech kimga hech qanday daʼvosi yoʻqligini, faqatgina uning jasadini Hindistonga joʻnatilishini iltimos qilib, xat yozib qoldirgan', deydi Hayot Shamsutdinov.

Qoʻshimcha qilinishicha, hozirda ushbu holat yuzasidan Yakkasaroy tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jul 11:44
 
70
0
qalampir.uz

O‘zbekistonga qaysi davlatlardan eng ko‘p ko‘chib kelishmoqda?

Doimiy yashash uchun boshqa mamlakatlarga ko‘chib ketayotgan o‘zbekistonliklarning 81,5 foizi Qozog‘istonni tanlamoqda. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi. Qayd etilishicha, dastlabki yarim yil davomida besh ming nafardan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qator davlatlarga doimiy yashash maqsadida ko‘chib ketgan. Ko‘chganlarning asosiy qismini 4 128 kishi tashkil qilib, ular Qozog‘istonga ko‘chib ketgan. Shu bilan birga, Rossiyaga 760 kishi, Qirg‘izistonga 34 kishi, Janubi

26 Jul 10:20
 
36
0
qalampir.uz

Qashqadaryoda do‘kon egasi bolaga tan jarohati yetkazdi (video)

Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida do‘kon egasi voyaga yetmagan 12 yoshli bolani kaltakladi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 16 iyun kuni 2012 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan O.A. onasi S.N. tomonidan xarid uchun savdo do‘koniga yuborilgan. Do‘kon egasi 1976 yilda tug‘ilgan O.G‘. ismli erkak esa bolaning boshiga hech kim yo‘q joyga nega kirganligini so‘rash vaji bilan bir necha marotaba urib, unga tan jarohati yetkazgan. &n

12 Jul 12:36
 
102
0
xs.uz

Test sinovlari oʻtkaziladigan binolar roʻyxati eʼlon qilindi

Unda quyidagi maʼlumotlar aks etgan:Test sinovlarini oʻtkaziladigan binolar roʻyxati bilan quyidagi havola orqali (uzbmb.uz) tanishish mumkin.Shuningdek, 'Abituriyent ruxsatnomasi'da berilgan QR-kod orqali bino joylashgan manzilni aniqlash imkoni mavjud.

26 Jul 10:21
 
37
0
xs.uz

Paxta-toʻqimachilik klasterlariga tegishli Prezident farmoni eʼlon qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 'Paxtachilik sohasi korxonalarining iqtisodiy-moliyaviy holatini yaxshilashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi farmonni imzoladi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar qildi.Maʼlum boʻlishicha, farmonga koʻra, paxta-toʻqimachilik klasterlarini moliyaviy sogʻlomlashtirishga qaratilgan bir qator choralar belgilanmoqda. Xususan, qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi kredit resurslari hisobidan 2023-y