Qozog‘istonning sobiq milliy iqtisodiyot vaziri Kuandik Bishimbayev va uning qarindoshi Baxitjan Bayjanovning apellyatsiyasi 26 iyunga belgilangandi. Bu haqda Ostona sudi matbuot xizmati xabar berdi
Hukm ustidan apellyatsiya shikoyati mahkumlar va ularning himoyachilari tomonidan berilgan.
“Ular o‘z murojaatlarida Bayjanovni qilmishlarida jinoyat tarkibi yo‘qligi sababli uni oqlashni, Jinoyat kodeksining 99-moddasi 2-qismi 5-bandi bo‘yicha Bishimbayevga qo‘yilgan ayblov bo‘yicha hukmni o‘zgartirishni, uning harakatlarini moddaning 3-qismiga qayta tasniflashni so‘rashgan. Jinoyat kodeksining 106-moddasiga ko‘ra, jazoni o‘zgartirilgan kvalifikatsiyasiga muvofiq qisqartirish, shuningdek, hukmni bekor qilish va ishni yangi sud muhokamasiga jo‘natish so‘ralgan”, deyiladi sud bayonotida.
Ma’lumot uchun, 13 may kuni Ostona sudi sobiq vazir Kuandik Bishimbayevni 24 yilga ozodlikdan mahrum qilgandi. U o‘ta shafqatsizlik bilan sodir etilgan qotillik, shuningdek, turmush o‘rtog‘i Saltanat Nukenovani qiynoqqa solishda aybdor, deb topildi. Sud, shuningdek, Bishimbaevning harakatlarini xavfli retsediv jinoyat deb tan olgan. Hukm kuchga kirsa, sobiq vazir jazo muddatining 16 yilini o‘tab, faqat 2040 yilgacha shartli ravishda ozod qilinish uchun ariza berishi mumkin.
Baxitjon Bayjanov o‘ta og‘ir jinoyatni yashirganlikda aybdor deb topilib, to‘rt yilga ozodlikdan mahrum etildi.