calendar 12 Jun 11:36
eye 64
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Ronaldu jahon rekordini o‘rnatdi

image

Portugaliya terma jamoasi va “Al-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu professional o‘yinlar soni bo‘yicha mutlaq jahon rekordini o‘rnatdi.

12 iyunga o‘tar kechasi Portugaliya va Irlandiya terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va bu o‘yinda 39 yoshli Ronaldu dubl qayd etdi.

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu uchrashuv hujumchi uchun prof darajadagi 1226-o‘yin bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u  1225 ta o‘yin o‘tkazgan Braziliya terma jamoasining sobiq darvozaboni Rojerio Senini ortda qoldirdi.

Umumiy hisobda, Ronaldu milliy chempionatlarda 698 ta uchrashuvda ishtirok etdi. Portugaliyalik futbolchi kubok turnirlari va superkuboklarda 101 o‘yin o‘tkazdi. Krishtianu xalqaro klublar musobaqalarida 220 ta, Portugaliya terma jamoasida esa 207ta uchrashuvda maydonga tushdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
30
0
qalampir.uz

XXI asrning eng yaxshi MMA jangchilari e’lon qilindi

Amerikalik jangchi Jon Jons XXI asrning aralash yakkakurashlari bo‘yicha eng yaxshi 10 nafar jangchilar reytingida 1-o‘rinni egalladi. Bu haqda ESPN xabar berdi. Bu borada kuchli uchlikka kanadalik Jorj Sent-Per va braziliyalik Anderson Silva  kiritilgan. Rossiyalik jangchilar Habib Nurmuhammedov va Fyodor Yemelyanenko 5 va 6-o‘rinlarda qayd etilgan. XXI asrning eng yaxshi 10 nafar MMA jangchisi: 1. Jon Jons (27-1-0-1); 2. Jorj Sent-Per (26-2); 3. Anderson Silva (34-11-

11 Jul 15:12
 
55
0
xs.uz

Rustam Qosimjonov “Rustam Qosimjonov kubogi”da kuchli uchlikka ham kira olmadi

Toshkentda 8-9-iyul kunlari 'Rustam Qosimjonov kubogi ' 2024' musobaqasi boʻlib oʻtdi. Musobaqaning mukofot jamgʻarmasi 50 ming AQSH dollarini tashkil etgan. Musobaqaning vaqt nazorati 'Rapid 15+10' shaklida boʻlib, Nodirbek Abdusattorov 6.5 ochko bilan gʻolib boʻldi. Ikkinchi oʻrinni Javohir Sindorov 6 ochko bilan, uchinchi oʻrinni esa eronlik shaxmatchi Parham Maghsoodloo 5.5 ochko bilan qoʻlga kiritdi. Rustam Qosimjonov esa oʻzining nomi bilan atalgan turnirda atigi 5.5 ochko bila

18 Jul 18:51
 
91
0
qalampir.uz

Nostandart harakatlar Madrimovni yanada kuchliroq qiladi – Krouford

Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) kamari sohibi, o‘zbekistonlik Isroil Madrimov o‘zining nostandart harakatlari bilan kuchli hisoblanadi. Bu haqda Madrimovning bo‘lajak raqibi Terens Krouford “Daily Mail”ga bergan intervyusida aytdi. “Harakatchanlik, kuch, gabaritlar va nostandart harakatlar uni yanada xavfli qiladi. Bularning barchasi Madrimovga mening avvalgi raqiblarimdan boshqacha bo‘lishga imkon beradi. Men uchun barchasi oddiy kechadi deb, o‘ylayman&rdq

20 Jul 10:37
 
86
0
qalampir.uz

Ispaniya terma jamoasi sardori “Milan”ga ko‘chib o‘tdi

Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Alvaro Morata Italiyaning “Milan” klubi futbolchisiga aylandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi. Ma’lum bo‘lishicha, 31 yoshli forvardning “Milan” bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan va yana bir yilga uzaytirilishi mumkin. Alvaro Morata “Milan” safida 7-raqamda to‘p tepadi. Faoliyati davomida Morata “Real”, “Yuventus”, “Chelsi” va “Atletiko”