calendar 12 Jun 09:33
eye 87
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

G‘arbiy Sohildagi to‘qnashuvda HAMAS qo‘mondoni halok bo‘ldi

image

 HAMAS qo‘mondoni Muhammad Jobir Abdo va uch nafar askar Ramalloh yaqinidagi qishloqda Isroil kuchlari bilan to‘qnashuv chog‘ida halok bo‘ldi. Bu haqda “Arab news” xabar berdi.

10 iyun kuni Isroil armiyasi va politsiyasining maxfiy kuchlari HAMAS vakillarining iziga tushgan va Ramalloh yaqinidagi qishloqda o‘ldirgan. 
Qayd etish joizki, G‘azodagi urush boshlanganidan beri G‘arbiy Sohilda zo‘ravonliklar kuchaygan. Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘shandan beri G‘arbiy Sohilda Isroil tomonidan otishmada 530 dan ortiq falastinlik o‘ldirilgan. Ularning aksariyati shiddatli norozilik namoyishlari yoki hibsga olish reydlari paytida halok bo‘lgan.

Isroil armiyasining ma’lum qilishicha, HAMASga qarshi sakkiz oydan ko‘proq vaqt ichida G‘azo janubidagi janglarda to‘rt nafar askar halok bo‘lgan.

“27 oktyabrda G‘azodagi quruqlikdan hujum boshlanganidan beri so‘nggi o‘limlar 298 nafar harbiy yo‘qotishga olib keldi”, deyiladi xabarda.

Toir Obidov 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 Jan 15:22
 
18
0
xs.uz

Trampning bosimi Daniyaning mudofaa xarajatlarini oshirishiga sabab boʻldi

Kopengagen mudofaa xarajatlarini oshirib, ittifoqchilari bilan muzokaralar olib bormoqda. Shuningdek, Daniya Arktika va Shimoliy Atlantika mintaqasida harbiy ishtirokini kuchaytirish rejalarini oshkor qilgan.Mamlakat dushanba kuni xavfsizlik uchun qoʻshimcha 2 milliard AQSH dollaridan koʻproq mablagʻ ajratishni eʼlon qildi. Bu islohot Yevropa davlati AQSH prezidenti Donald Trampning Grenlandiya ustidan nazoratni topshirish talabiga qarshilik koʻrsatayotgan bir paytda eʼlon qilindi.'Yevropa

27 Jan 00:54
 
23
0
xs.uz

Tolibon rahbariyatini qoʻlga olish uchun Bin Ladenga eʼlon qilgandan koʻra koʻproq mukofot puli ajratamiz — AQSH davlat kotibi

AQSH Tolibonning yuqori martabali rahbarlarini qoʻlga olish uchun Usama bin Laden uchun belgilangandan kattaroq mukofot eʼlon qilishi mumkin, deb xabar bermoqda 'Newsweek' nashri.Maʼlumotlarga koʻra, Tolibon garovda ushlab turgan amerikaliklarning soni avval xabar qilingandan koʻproq boʻlishi mumkin. Agar bu maʼlumotlar oʻz tasdigʻini topsa AQSH Tolibon rahbariyatini qoʻlga olish uchun katta miqdordagi mukofot puli berishini eʼlon qilgan.Taʼkidlanishicha, Tolibon hukumati 2022-yilnin

31 Jan 15:22
 
22
0
xs.uz

Germaniya va Fransiya Daniyani qoʻllab-quvvatlaydi

Daniya Bosh vaziri Mette Frederiksen AQSH prezidenti Donald Trampning Grenlandiya ustidan nazoratni oʻz qoʻliga olish haqidagi tahdidlariga qarshi turishda yordam soʻrab, boshqa Yevropa davlatlaridan buni olganini aytdi.Aytish kerakki, Tramp Daniyaning avtonom hududi Grenlandiyani AQSH milliy xavfsizligi uchun muhim ekanini aytib kelar ekan, hududni egallash uchun harbiy kuch ishlatishni istisno qilishdan bosh tortgan.Daniya Bosh vaziri Mette Frederiksen seshanba kuni Yevropaning uchta poytax

31 Jan 15:22
 
18
0
xs.uz

Mudofaa va ichki ishlar vazirlari qatnashgan choʻmilish tadbirida 7 kishi vafot etdi – Hindiston

Hindistonda millionlab odamlarning bir vaqtda choʻmilishi oqibatida kamida 7 kishi vafot etdi. Bu mamlakatda oʻtkazilayotgan 'Kumbh Mela' festivalida fojia yuz berdi, deb xabar bermoqda 'NBS News' nashri.Xabarda aytilishicha, 29-yanvar kuni festival ishtirokchilari choʻmilish tadbirini oʻtkazmoqchi boʻlishgan. Millionlab odamlarning bir vaqtda choʻmilishga urinishi oqibatida ommaviy tiqilinch yuzaga keldi. Natijada 7 kishi vafot etib, oʻnga yaqin inson jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan