Misr Gʻazoda 2 kunlik sulh oʻrnatish boʻyicha taklif bilan chiqdi
HAMAS tomonidan 2023-yil 7oktyabr kuni Isroil hududidagi hujum paytida qoʻlga olingan 251 asirdan 97 nafari Gʻazoda saqlanmoqda, jumladan, Isroil harbiylari ularning 34 nafari halok boʻlganini daʼvo qilmoqda. Oʻtgan noyabr oyida bir hafta davom etgan sulh davomida 100 dan ortiq asir ozod etilgan.
As-Sisi bu rejaning Isroilga yoki HAMASga rasman taqdim etilganiga aniqlik kiritmadi. Ammo Qatar poytaxti Doxada Markaziy razvedka boshqarmasi va Isroilning Mossad direktorlari ishtirokida mojaroni bartaraf etish harakatlari qayta boshlandi. Bu reja haqida Isroil va HAMAS tomonidan hech qanday izoh berilmagan.
Misr, Qatar va Qoʻshma Shtatlar bilan bir qatorda bir necha oydan beri bilvosita muzokaralarda vositachilik qilib, unchalik muvaffaqiyat qozonmadi. Yakshanba kuni Isroil Mudofaa vaziri Yoav Gallant muzokaralarda 'ogʻriqli yon berishlar' zarurligini va faqat harbiy harakatlar mamlakatning urush maqsadlariga erisha olmasligini aytdi.
Tahlilchilarga koʻra, AQSH, Misr va Qatar bilan Netanyahu bu safar koʻproq narsani qoʻlga kiritishi mumkinligini yozmoqda. Shuningdek, ular urushning davom etishi Isroil yetakchisining manfaatlariga toʻgʻri kelishini yozgan.
'Al-jazeera' xabariga koʻra, dushanba kuni Gʻazo shahrining Shujaya mahallasida bir guruh odamlarga qilingan hujumda uch kishi halok boʻlganini maʼlum qildi. Mahalliy nashrlarning aytishicha, yana bir falastinlik Nuseyrat qochqinlar lagerida isroilliklarning alohida zarbasi qurboni boʻlgan.
Avvalroq Gʻazo shimolidagi Shati qochqinlar lageriga koʻchirilgan falastinliklar joylashgan Asma maktabiga zarba berilib, kamida 11 kishi, jumladan, uch nafar jurnalist halok boʻlgani haqida xabar berilgan edi.
Yakshanba va dushanba kuni ertalab Isroilning Gʻazo boʻylab uyushtirgan reydlari natijasida kamida 53 kishi halok boʻldi. Baʼzi maʼlumotlarda aytilishicha, bir yildan buyon 170 nafar jurnalist oʻldirilgani aytilsa, Nyu-Yorkda joylashgan Jurnalistlarni himoya qilish qoʻmitasi Gʻazoda oʻldirilgan jurnalistlar sonini 131 nafar deb hisoblaydi. Falastin-amerikalik jurnalist Netanyahuning maqsadi Gʻazoni yashashga yaroqsiz qilishdan boshqa strategiyasi yoʻqligini maʼlum qildi.
'Al-Jazeera' jurnalistining aytishicha, hududning shimoldagi manzarasi dahshatli darajada tus olgan, odamlar suv va oziq-ovqat soʻrayapti, umidsizlikda qolib, tashlab ketilganini his qilmoqda.
Oʻzbekistonning Afgʻonistondagi yangi elchisi tayinlandi
Oybek Usmonov Oʻzbekistonning Afgʻonistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. Bu haqda 'Dunyo' axborot agentligi xabar berdi.Diplomat 62 yoshda. Toshkent davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning filologiya va sharqshunoslik fakultetini tamomlagan, 2020html5-dom-document-internal-entity1-minus-end2024-yillarda Pokistondagi elchi lavozimida ishlagan. Pashtu-dari va ingliz tillarini biladi.Oybek Usmonov 1998-yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida fao
Misr Gʻazoda 2 kunlik sulh oʻrnatish boʻyicha taklif bilan chiqdi
Yakshanba kuni Qohirada boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida As-Sisi 48 soatlik janglar va mahbuslar almashinuvi ortidan kelasi 10 kun ichida koʻproq muzokaralar olib borilishini maʼlum qildi va muzokarachilar tinchlik kelishuviga erisha oladi degan umidda.HAMAS tomonidan 2023-yil 7oktyabr kuni Isroil hududidagi hujum paytida qoʻlga olingan 251 asirdan 97 nafari Gʻazoda saqlanmoqda, jumladan, Isroil harbiylari ularning 34 nafari halok boʻlganini daʼvo qilmoqda. Oʻtgan noyabr oyida bir hafta
Pokistondagi vokzal yaqinida portlash: 20 dan ortiq odam halok boʻldi
Pokistonning Kvetta shahridagi vokzal yaqinida yuz bergan portlashda kamida 21 kishi halok boʻldi, 30 kishi jarohat oldi. Poyezd kelishidan oldin vokzal kassasida portlash sodir boʻlgan. Qurbonlar soni ortishi mumkin, deydi rasmiylar. Jabrlanganlar shahar shifoxonasiga yetkazilgan. Kvettada favqulodda holat eʼlon qilindi. Politsiya voqea yuzasidan tergov olib bormoqda. Asosiy versiyalar orasida terakt ham bor. Pokiston oʻzining dastlabki yillaridanoq turli siyosiy kuchlar hukumatlari t
“Dahshatli“, “gʻayritabiiy“, “halokatli oqibatlarga olib keladi” — Xalqaro hamjamiyat Isroilning UNRWA faoliyatini taqiqlashini keskin qoralab chiqdi
Isroil parlamentining Falastinlik qochqinlarga yordam berish va ishlarni tashkil etish boʻyicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharq agentligi (UNRWA) faoliyatini taqiqlashi halokatli oqibatlarga olib keladi.Bu fikrlarni Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Gebreyesus aytib oʻtdi.Dushanba kuni Isroil Knesseti (parlamenti) BMTning Yaqin Sharq agentligining Isroilda, shuningdek, u nazorat qiladigan hududlarda faoliyatini taqiqlashga qaratilgan qonun loyihalarini m