Telegram asoschisi Pavel Durov yozni Markaziy Osiyoda o‘tkazadi. Bu haqda uning o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi kanalida ma’lum qildi.
"Dubayda havo isib bormoqda va mening do‘stlarim Fransiyaning janubi kabi ajoyib joylarga ketishmoqda. Fransiya fuqarosi sifatida men Fransiya eng yaxshi dam olish joyi ekanligiga qo‘shilaman. Telegram bosh direktori sifatida men ta’tilga chiqmayman. Buning o‘rniga men g‘ayrioddiy joylardan foydalanuvchilarimiz bilan uchrashishda, ishlashda davom etaman. Bu yozda men Markaziy Osiyoda hayot qandayligini ko‘rish, odamlar Telegram'dan qanday foydalanishini va ularning raqamli ehtiyojlarini o‘rganishga qaror qildim", deb yozadi Durov .
Ma’lumot uchun, oldinroq Durov Dubaydagi jazirama issiq sabab telefonining yelimi ko‘chib ketganini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Pavel Durov amerikalik jurnalist, "Fox News" telekanali sobiq boshlovchisi Taker Karlsonga intervyu berib, boyligi taxminan 15,5 milliard dollarga yetgani, u barcha pullarini o‘z hisob raqamida saqlab, dabdabali hayot kechirishni istamasligini aytgandi.