O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 11 iyun kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 11,95 so‘mga tushdi va 12 634,92 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi ham 202,54 so‘mga pastlab, 13 572,43 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 0,44 so‘mga tushib, 142,00 so‘mni tashkil etdi.