calendar 10 Jun 13:05
eye 60
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Belgiya Bosh vaziri iste’foga chiqyapti

image

Belgiya Bosh vaziri Aleksandr De Kroo o‘zining "Ochiq Flamand liberallari va demokratlari" (Open VLD) partiyasi milliy va Yevropa parlamenti saylovlarida yirik mag‘lubiyatga uchragach, iste’foga chiqishini e’lon qildi. Bu haqda bugun, 10 iyunga o‘tar kechasi "Euronews" xabar berdi.

"Biz bu saylovda mag‘lub bo‘ldik. Men kampaniyaning yuzi bo‘ldim. Bu biz kutgan natija emas. Men to‘liq javobgarlikni o‘z zimmamga olaman. Bu biz uchun juda og‘ir oqshom bo‘ldi, men ertaga Bosh vazirlikdan iste’foga chiqaman, ammo liberallar kuchli, biz qaytamiz", degan De Kroo.

DPA agentligiga ko‘ra, Kroo bu gaplarni aytayotgan paytida ko‘zlarida yosh bo‘lgan.

Qayd etilishicha, Aleksandr De Kroo bugun, 10 iyun kuni Belgiya qiroli Filippga hukumat rahbari lavozimini tark etish niyati haqida xabar beradi. Mutaxassislar saylov natijalaridan keyin yangi hukumatni shakllantirish bo‘yicha shiddatli muzokaralarni kutmoqda. 2019 yilgi saylovlardan so‘ng hukmron koalitsiya deyarli 500 kundan keyin tuzilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
72
0
qalampir.uz

Ukraina Rossiya bilan muzokaralarga tayyor – Kuleba 

Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba mamlakatda harbiy harakatlar boshlanganidan beri birinchi marta rasmiy tashrif bilan Xitoyga bordi. Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashuvda u Kiyev Moskva bilan muzokaralarga tayyor ekani, lekin bu faqat “adolatli shartlar” asosida bo‘lishi kerakligini aytdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi. “Dmitriy Kuleba Ukrainaning izchil pozitsiyasini isbotladi, ya’ni Rossiya vijdonli muzokaralar olib borishga tayyor

08 Sep 16:45
 
5
0
xs.uz

Pokrovskda vaziyat qanday? Zelenskiy Germaniyada

Ukraina harbiy qoʻmondoni Aleksandr Sirskiy Ukrainaning Kursk viloyatiga hujumini himoya qilib chiqdi. Rasmiylarning taʼkidlashicha, hujum Rossiyaning Pokrovsk shahriga intilishini sekinlashtirgan va bu strategiyaning bir qismidir. 'CNN'ga koʻra, Sirskiy Pokrovskni yoʻqotmaslik uchun hamma narsani qilmoqda. Qoʻmondonning qoʻshimcha qilishicha, dushman soʻnggi 6 kun ichida bir metr ham siljimagan. Kiyev Kurskning 1,300 kvadrat kilometr hududini nazorat qilayotgani aytilmoqda.Payshanba kuni

26 Jul 17:24
 
67
0
qalampir.uz

Harris Netanyaxuga HAMAS bilan tezda kelishuvga erishish zarurligini aytdi

AQSH vitse-prezidenti Kamola Harris Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga HAMAS bilan G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvni imkon qadar tezroq tuzish zarurligini aytdi. Bo‘lajak saylovlarda Demokratik partiyadan nomzod sifatida ko‘rsatilishi Amerika yetakchisi Jo Bayden tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Harris bu haqda Oq uyda Netanyaxu bilan uchrashuvidan so‘ng ma’lum qildi. "Men hozirgina Bosh vazir Netanyaxu bilan ochiq va konstruktiv suhbatlas

23 Jul 11:35
 
76
0
xs.uz

Xon Yunisda bombardimon, Boku—Yerevan kelishuvi va Janubiy Xitoy dengizi taqdiri

Bayden poygadan chiqdiAQSHning amaldagi yetakchisi Jo Bayden prezidentlik poygasini tark etishini va davlat rahbari lavozimiga qayta saylanish uchun kurashmasligini maʼlum qildi. Shunday qilib, u barcha saylov tadbirlarida ishtirok etishni toʻxtatadi.Shu bilan birga, u muddatining oxirigacha AQSH prezidenti sifatida qolishini taʼkidladi.'Oʻylaymanki, men saylov poygasidan chiqishim va muddatimning qolgan qismida prezident sifatidagi masʼuliyatimni bajarishga eʼtibor qaratishim partiyam va