calendar 10 Jun 09:27
eye 65
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Fransiya va AQSH Eronga bosim o‘tkazadi – Makron

image

Fransiya va Amerika Qo‘shma Shtatlari Eronni "mintaqadagi vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan harakatlarini to‘xtatish" uchun bosim o‘tkazish niyatida. Bu haqda Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Yelisey saroyidagi muzokaralardan so‘ng AQSH Prezidenti Jo Bayden bilan qo‘shma matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

“Mamlakatlarimiz Eronga kerakli bosim o‘tkazishga qat’iy qaror qildi”, deydi Makron.

U Tehronni “mintaqadagi vaziyatni beqarorlashtirish, Isroil hududiga raketa hujumlari, shuningdek, yadroviy dastur bo‘yicha pozitsiyasi” uchun mas’ul deb hisoblashini aytdi.

Ma’lumot uchun, 13 aprel kuni kechqurun Eron Isroil tomon uchuvchisiz samolyotlar va raketalarni uchirgan va buni Damashqdagi Eron elchixonasi konsullik bo‘limiga Isroil tomonidan qilingan hujumga javob deb atagandi. Eron davlat matbuoti Isroilga qarshi hujumlar harbiy nishonlarni nishonga olganini aytdi. Isroil mudofaa kuchlari yahudiy davlati tomon uchayotgan 300 ga yaqin Eron snaryadlarining 99 foizi Nevatim aviabazasiga kichik zarar yetkazilganini ko‘rsatdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
44
0
qalampir.uz

Moskvada mashina portlatildi (video)

Bugun, 24 iyul kuni Rossiyaning Moskva shahri Sinyavinskaya ko‘chasidagi turarjoy binosi hovlisida noma’lum shaxs tomonidan shu yerda turgan avtomobil portlatib yuborildi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi. Toyota Land Cruiser rusumli ushbu mashina portlashi oqibatida ikki kishi jabrlangani haqida bir qator OAVda turlicha talqinlar keltirilmoqda. Ularning aksariyati transport vositasida Rossiya Mudofaa vazirligi ofitseri, sun’iy aloqa radiomarkazi boshlig‘i o‘rinbosari

26 Jul 10:19
 
30
0
qalampir.uz

Yevrokomissiya Slovakiyani “xorijiy agentlar” qonuni oqibatlaridan ogohlantirdi

Yevropa Komissiyasi, agar Slovakiya xorijdan mablag‘ oluvchi nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) uchun xorijiy agent maqomi to‘g‘risidagi mahalliy qonunni qabul qilishda davom etsa, unga qarshi rasmiy chora ko‘radi. Bu haqda Yevropa komissari Vera Yourova Bryusseldagi matbuot anjumanida ma’lum qildi. “Agar Slovakiya nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish borasida Vengriya yo‘lidan borsa, biz zudlik bilan qoidabuzarlikni bartaraf etish ta

26 Aug 12:29
 
27
0
xs.uz

Immunitetni infeksiyalarga qarshi qanday mustahkamlash kerak?

Immunitet ' inson organizmini zararli infeksiya va kasalliklardan himoya qiluvchi tizim. Shu bois uning mustahkam boʻlishi, virus va bakteriyalarga qarshi samarali kurashishi uchun bir qancha tavsiyalarga amal qilish lozim.1. Mukammal va muvozanatli ovqatlanish.Immunitet tizimining samarali ishlashi uchun turli vitamin va minerallarga boy oziq-ovqatlarni isteʼmol qilish zarur. Xususan, C vitamini (sitrus mevalar, qizil va yashil bulgʻori qalampiri, qovun, brokkoli), D vitamini ( sut mahsulotl

26 Jul 10:21
 
30
0
xs.uz

Netanyahu AQShda va Isroil qilmishlari (+video)

Isroilning Xon Yunisdagi qilmishlariXon Yunis oxirgi kunlarda qonga botirilmoqda. Isroil askarlari aholini hududni tark etishga chaqirganidan koʻp oʻtmay oʻqqa tutgan. Odamlar oziq-ovqat va suvsiz qolmoqda. Ularni evakuatsiya qiladigan hech kim yoʻq. Xon Yunisda faqat bitta Nosir shifoxonasi ishlayapti. Hududning tez tibbiy yordam xodimlari yetib bora olmaydigan joylari ham bor.Hududdan bir kunning oʻzida 150 mingdan ortiq odam qochishga majbur boʻlgan. Soʻnggi kunlardagi zarbalardan toʻ